16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:25
Jamiyat 👁 248

Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Yurt tinchligi va barqaror rivoji, avvalo, aholi oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar samarasiga bogʻliq. Mamlakatimizda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jazo muddatini oʻtab qaytgan shaxslarni jamiyatga moslashtirish va ularni qayta jinoyat sodir etishdan saqlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, haftaning har payshanba kuni “Profilaktika kuni” sifatida belgilanib, shu kuni turli targʻibot va tushuntirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Profilaktika kuni doirasida mahallalarda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan seminarlar, turli profilaktik reydlar va ish oʻrinlarini yaratishga doir amaliy uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi majlislar zalida Probatsiya xizmati nazoratida turgan, jazo muddatini oʻtab qaytgan shaxslar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, tuman prokurori, adliya maslahatchisi Bahrom Masharipov hamda tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Muhammadali Xojamuratov ishtirok etdi.

Uchrashuvda Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalarda kriminogen vaziyatni bartaraf etish, probatsiyadagi shaxslarning ijtimoiy hayotga qaytishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy yoʻnalishda qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, mahalla faollari, psixologlar va profilaktika inspektorlari oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash orqali har bir fuqaroning holati individual oʻrganilishi lozimligi taʼkidlandi.

Mutasaddi rahbarlar tomonidan qayd etilganidek, bugungi kunda probatsiyada turgan shaxslarga qayta hayotni boshlash, mehnat faoliyati bilan band boʻlish, taʼlim olish va tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu esa ularning jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishlariga zamin yaratadi.

Uchrashuv davomida probatsiyadagi shaxslar oʻz muammo va takliflari bilan murojaat qilishdi. Jumladan, ishga joylashish, kasb-hunar oʻrganish, ijtimoiy yordam olish masalalari yuzasidan bildirilgan har bir murojaat batafsil oʻrganilib, tegishli choralar belgilandi va ijobiy hal etiladigan boʻldi.

Albatta, bunday uchrashuvlar probatsiyadagi shaxslarga nafaqat huquqiy yordam, balki maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularni jamiyatda munosib oʻrin egallashiga xizmat qiladi. Inson shaʼni va qadr-qimmati yuksak qiymatga ega boʻlgan bugungi islohotlar davrida “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili amalda oʻz ifodasini topmoqda. Shu boisdan, profilaktik tadbirlarning tizimli va taʼsirchan tashkil etilishi jamiyat xavfsizligi hamda fuqarolar manfaatlarini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019