16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:33
Fan va taʼlim 👁 289

Yoshlarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida tadbirlar tashkil etildi

Yoshlarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida tadbirlar tashkil etildi

Joriy oʻquv yilining yakunlanishi arafasida Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumida aholini ish bilan taʼminlash, yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, taʼlim va mehnat bozori oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlash maqsadida qator muhim tadbirlar tashkil etildi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri hamda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan “Karera kuni” hamda boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi shular jumlasidandir.

Tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman boʻlimi davlat ijrochisi, 3-darajali yurist Quanish Qurbanaliyev, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomurodov, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Maʼmurjon Temirboyev, texnikum direktori Shuxrat Matirzayev, Amudaryo tumani IIB huzuridagi Probatsiya boʻlimi boshligʻi Ruslan Iskandarov hamda boshqa hamkor tashkilotlar va tijorat banklari vakillari faol ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida tumandagi 34 ta korxona va tashkilot 176 ta boʻsh ish oʻrni bilan qatnashdi. Unda 148 nafar fuqaro, jumladan, ishsizlar, probatsiya hisobiga olinganlar, aliment toʻlovchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar, maktab va texnikum bitiruvchilari ishtirok etdi. Yarmarka yakunida 21 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, shundan 2 nafari probatsiya hisobidagilardir. Shuningdek, 7 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida 9–11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari texnikumdagi taʼlim yoʻnalishlari, amaliy ustaxonalar, taʼlim jarayoni va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar. Shuningdek, ularga maxsus bukletlar tarqatildi.

Ayni paytda texnikum 936-oʻringa moʻljallangan boʻlib, 100-oʻrinli yotoqxona va 100-oʻrinli oshxona faoliyat koʻrsatmoqda. Hozirda 1-kursda 4 ta, 2-kursda esa 10 ta yoʻnalish boʻyicha jami 448 nafar oʻquvchi kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim shakllarida tahsil olmoqda. Ularning 156 nafari davlat granti, 292 nafari esa toʻlov-shartnoma asosida taʼlim olmoqda.

Taʼlim muassasasida 7 nafar rahbar xodim, 6 nafar umumtaʼlim va 26 nafar maxsus fan oʻqituvchilari, 4 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hamda 22 nafar texnik xodim faoliyat olib bormoqda. Oʻquvchilarning nazariy bilimlarini amaliy koʻnikmalar bilan boyitish maqsadida 12 ta mutaxassislikka mos zamonaviy oʻquv xonalari va laboratoriyalar tashkil etilgan.

Jumladan, avtomobil tuzilishi, yoʻl harakati qoidalari, avtotrenajyor, agronomiya, veterinariya, elektr va gaz payvandlash, chilangarlik, elektromontaj, tikuvchilik, traktor tuzilishi, qishloq xoʻjalik mashinalari va kompyuter xonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shu bilan birga, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun 8 ta kasbiy, 6 ta sport va 5 ta fan toʻgaraklari muntazam faoliyat yuritmoqda.

Texnikum taʼlim mazmunini takomillashtirish maqsadida qator oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻygan. Qoraqalpoq davlat universiteti, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiya instituti hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi universiteti Nukus filiali bilan tuzilgan shartnomalar asosida professor-oʻqituvchilar tomonidan mahorat darslari oʻtkazilib, metodik yordamlar koʻrsatilmoqda.

Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida taʼlimni ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash, oʻrta boʻgʻin mutaxassislariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish ishlari tizimli amalga oshirilmoqda. Bu borada tuman hokimligi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi bilan hamkorlikda 10 ta yirik tashkilot va korxonalar bilan shartnomalar imzolangan. Ular qatorida Amudaryo tuman elektr tarmoqlari korxonasi, qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, tuman Fermerlari kengashi, moliya boʻlimi va “Tamara TEXTIL” MChJ kabi tashkilotlar bor.

2025–2026 oʻquv yili uchun texnikumda oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha aniq yoʻnalishlar va qabul rejalari tasdiqlangan. Qabul kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.

9-sinf bitiruvchilari uchun 11 ta yoʻnalish boʻyicha 450 ta oʻrin ajratilgan. Ular qatorida agrobiznes va marketing, ekologiya, grafika va dizayn, dasturiy taʼminot sozlovchisi, elektromontyor, avtomobil taʼmiri, tikuvchilik, agrokimyo va oshpazlik kabi kasblar va yoʻnalishlar bor.

11-sinf bitiruvchilari uchun esa kunduzgi taʼlimda 14 ta yoʻnalish boʻyicha 420 ta oʻrin, sirtqi taʼlimda 5 ta yoʻnalishda 150 ta oʻrin, dual taʼlimda esa 3 ta yoʻnalishda 90 ta oʻrin ajratilgan. Ular orasida dasturiy injiniring, ekologiya, elektr stantsiyalari, oziq-ovqat texnologiyasi, metallurgiya, veterinariya, maktabgacha taʼlim tarbiyachisi kabi sohalar mavjud.

Amudaryo tumanidagi Muxandislik texnologiyalari texnikumida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” va “Karera kuni” tadbirlari yoshlarning taʼlimga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni kasbga yoʻnaltirish va ish bilan taʼminlash borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019