16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Madaniyat 👁 534

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Mumtoz navolar” nomli kontsert dasturi boʻlib oʻtdi

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Mumtoz navolar” nomli kontsert dasturi boʻlib oʻtdi

Sanʼat — xalq qalbining teran qatlamlaridan suv ichgan holda, uning orzu-umidlari, milliy qadriyatlari va turmush tarzini oʻzida aks ettiradigan betakror hodisadir. Ayniqsa, musiqa inson tuygʻularini eng samimiy va taʼsirchan tarzda ifoda etadigan sanʼat turidir. Milliy musiqa esa avloddan avlodga oʻtuvchi maʼnaviy boylik, xalq qalbini yuksaltiruvchi ruhiy manba hisoblanadi. Shu maʼnoda, sanʼat va musiqa tarbiyasi taʼlim tizimida alohida oʻrin tutadi va yosh avlodni vatanparvarlik, milliy gʻurur ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yaqinda Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida joriy oʻquv yili yakunlanishi munosabati bilan “Mumtoz navolar” nomli sinf kontserti boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir maktabning anʼanaviy xonandalik yoʻnalishi oʻqituvchisi Sayfulla Gulmanov tashabbusi bilan tashkil etildi. Kontsert nafaqat oʻquvchilarning bir yil davomida olgan bilim va koʻnikmalarini namoyon etish, balki milliy musiqa merosini keng targʻib etishga ham xizmat qildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining Nukus filialida maqom tarixi fanidan dars beruvchi Muyassar Madaminova, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Islom Matkarimov, faxriy ustozlar, maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Dastur davomida milliy Xorazm maqomlari, shashmaqomning oʻziga xos namunalari hamda oʻzbek xalq bastakorlarining asarlari jonli ijro etildi. Har bir kuyda xalqimiz madaniyati, oʻziga xos zavqi va ruhiyati aks etdi. Sayfulla Gulmanov tomonidan mahorat bilan ijro etilgan yakkaxon qoʻshiqlar esa kontsertga alohida fayz bagʻishladi. Uning ijrosidagi qoʻshiqlar tinglovchilar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

Kontsert davomida oʻquvchilarning musiqaga boʻlgan ijodiy salohiyati, sahna madaniyati va mahoratlari yaqqol namoyon boʻldi. Bu esa ustoz va shogird oʻrtasidagi samarali hamkorlik natijasida qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatning yorqin dalilidir.

Sayfulla Gulmanov 2009-yilda Matyusup Xorratov nomidagi Urganch musiqa va sanʼat kollejini anʼanaviy xonandalik yoʻnalishi boʻyicha tamomlab, shu yildan boshlab Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida mehnat faoliyatini boshlagan. U oʻz pedagogik faoliyati davomida Respublika miqyosidagi qator musiqiy koʻrik-tanlovlarda, jumladan, Muhiddin Qori Yoqubov nomidagi koʻrik-tanlov va “Yoshlar ovozi” kabi loyihalarda oʻquvchilari bilan faol ishtirok etib, koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Hozirgi kunda maktabda 11 ta yoʻnalish boʻyicha 200 nafarga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. Ushbu dargohda ular nafaqat musiqa va sanʼat bilimlarini, balki insonparvarlik, Vatanga muhabbat va milliy iftixor tuygʻularini ham oʻz qalblariga singdirib borishmoqda.

Milliy musiqaga boʻlgan muhabbatni yosh avlod qalbiga singdirish, ularni milliylik ruhida tarbiyalashda Sayfulla Gulmanovning fidokorona mehnati alohida eʼtirofga loyiq. Uning saʼy-harakatlari Amudaryo tuman hokimligi hamda tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Musiqiy tarbiya — bu faqatgina kuy-qoʻshiq oʻrgatish emas, balki maʼnaviy yuksalish, milliy oʻzligimizni anglash va qalbda xalq merosini yuksaltirishning muhim yoʻlidir. “Mumtoz navolar” nomli kontsert dasturi ham yoshlarda milliy musiqaga muhabbat uygʻotib, ijodiy izlanishlarga ilhom bagʻishladi.

Nigora Usmonova, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019