16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Jamiyat 👁 324

MATONATLI UMR SOHIBI

MATONATLI UMR SOHIBI

Inson oʻz taqdir bitigi bilan tugʻiladi, deyishadi. Balki rostdir. Agar shunday boʻlmaganida har kim oʻz taqdirini faqat yaxshiliklar bilan bezab, dilida neki orzu-umidi boʻlsa, barchasiga toʻsiqlarsiz erishib yashar, hayot tashvishlariga oʻralashib, muammolar girdobida qolmasdi.

Amudaryo tumanining Xolimbeg elida tugʻilib-oʻsgan Otamurod bobo Matyoqubovning bolaligi qatagʻon siyosati avj olgan yillarga, oʻsmirligi esa ikkinchi jahon urushi davriga toʻgʻri keldi. 1930-yilda tavallud topgan Otamurod Matyoqubov oʻtgan asrning 30-yillaridagi nohaqliklarni, xolimbeglik bilimdon, boy-badavlat, tadbirkor insonlarni birin-ketin oʻz domiga tortgan qatagʻon siyosati azob-uqubatlarini oʻz koʻzi bilan koʻrgan. Birining otasi, birining akasi va qarindoshlari bemavrid qamalgan, Rossiyaning olis va sovuq Sibir oʻrmonlariga surgun qilingan, otilgan tengqurlarining ayanchli hayotlariga guvoh, qalblari oʻksik insonlar dardlariga sherik boʻlib ulgʻaydi. Ogʻir, tahlikali qatagʻon yillaridan qalblari yaralangan xalq uchun Ikkinchi Jahon urushi yanada ogʻir azob-uqubatlarni boshlab keldi. Ishga yaroqli xolimbeglik erkak zoti borki, barchasi urushga safarbar qilinib, qish­loq huvullab qoldi.

Oʻshanda qishloq keksalari endigina 10-12 yoshga kirgan Otamurod va u tengi bolalarga bosh boʻlib, kolxoz dalasidagi ishlarni qoʻlga olishdi. Hayot goʻyo keksalarni yashartirib, murgʻak bolalarni juda erta ulgʻaytirib qoʻygan, mamlakatning gʻarbida ham, sharqida ham xalq taqdirning azob-uqubatlarga toʻla damlarini boshlaridan kechirishardi. Qish­loq ayollari va oʻsmir bolalarga bosh boʻlgan keksalar yilning toʻrt faslida ham betinim mehnat qilishar, bahor-u yozda kunduzlari gʻoʻza parvarishi bilan band boʻlsa, kechalari oy yogʻdusida bugʻdoy oʻrogʻiga chiqishar, bu holat kuzda ham takrorlanib, kun boʻyi paxta terib, charchagan bolalar kechalari kattalar bilan bab-baravar sholi oʻrimiga chiqishardi...

– Xalq juda matonatli, sabr-toqatli, hamjihat edi, – olis yillarda qolgan azobli damlarni mahzunlik bilan eslaydi Otamurod bobo. – Hech kim “charchadim”, deb nolimasdi, minnat qilmasdi, aksincha, qilinayotgan ishlarda hissamiz borligidan quvonardik. Hamma borini oʻrtaga qoʻyib, birgalikda baham koʻrishardi. Bugungi yoshlarga biz bosib oʻtgan hayot yoʻli ertakday tuyu­ladi. Shukr, bugungiday toʻkin-sochin, farovon kunlarga yetdik. Bunday farovonlikni ota-bobolarimiz faqat orzu qilishgan.

Hayot mashaqqatlarida toblangan Otamurod Matyoqubov davrning tahlikali suronlarida juda erta ulgʻaydi. Bolaligi va oʻsmirligidanoq kolxoz dalasida kattalar bilan bab-baravar mehnat qilgan Otamurod Matyoqubov balogʻat yoshiga yetib-yetmay traktor ruliga oʻtirdi, Ikkinchi Jahon urushidan keyingi tiklanish yillarida tun-u kun oʻzini ayamay ishladi. Oʻzi kabi mehnatkash, oila­parvar Yoqutjon Toʻrayeva bilan turmush qurdi.

Oila qoʻrgʻonining obodligi va farovonligi er-xotinning oʻzaro ahilligiga, mehr-u oqibati, fidoyiligiga bogʻliq. Bu jihatdan Otamurod ota bilan Yoqutjon ona hamjihatlikda bunyod etgan oila goʻshasi havas va ibratga munosib. Oddiy traktorchi va kolxoz ishchisi boʻlgan bu fidoyi insonlar 5 oʻgʻil va 3 nafar qizni oʻzlari kabi mehnatsevar, biri-biriga mehr-oqibatli, oilaparvar insonlar qilib voyaga yetkazdilar, ilm-u hunarli qildilar.

Bugungi kunda Otamurod boboning barcha farzandlari pir-u badavlat bobo va buvi maqomiga yetishganlar. Oila­ning toʻngʻich farzandi Olimboy ogʻa umr boʻyi muhandis-mexanik vazifasida ishlab, ayni paytda keksalik gashtini surmoqda. Katta qizi Norguloy ham bir etak nevaraning sevimli buvisi, nafaqadalar. Yana bir oʻgʻli Qurbonboy ogʻa Andijon paxtachilik institutini tamomlab, ota-onasi mehnat qilgan Xolimbeg qishlogʻidagi sobiq Turkmanis­ton jamoa xoʻjaligida agronom boʻlib ishlab, tuman qishloq xoʻjaligini rivoj­lantirishga munosib hissasini qoʻshdi, ayni paytda pensiyada. Egizak farzandlari Farhod va Shirin, Erkinoy va Tohirjonlar ham oʻzlarining halol va fidoyi mehnatlari bilan elda obroʻ-eʼtibor topgan ibratli oila sohib va sohibalari.

Inson hayot mashaqqatlarini, ogʻir mehnat damlarini oʻzining kuchli irodasi, sabr-qanoati bilan yengib, orzu­sidagi farogʻatli kunlarga yetganida yonida eng yaqin va aziz insonlari bilan birga boʻlishni istaydi. Lekin yuqorida aytganimizday, taqdir bitigimi, Yaratganning sinovimi, Otamurod Matyoqubov dorilomon kunlarga yetib, endi 40 yoshdan hatlaganida umr yoʻldoshi Yoqutjon onadan ayrilib qoldi. 8 nafar farzandini yolgʻiz tarbiyalab voyaga yetkazdi.

Farzandlari oq-qorani tanib, ulgʻaygach, ularni uyli-joyli qilishdek xayr­li tashvishlariga yelkadosh boʻlsin, dedimi, qarindoshlari bosh boʻlib, uni Nurjida ismli ayolga uylantirib qoʻ­yishdi. 2013-yilda taqdir Otamurod boboning irodasini yana bir sinovdan oʻtkazdi. Haydovchi boʻlib ishlovchi oʻgʻli Aminboydan ayrilib qoldi. Oʻshanda 83 yoshga toʻlgan Otamurod bobo dunyolarga sigʻmay ketdi. Bor armonini ichiga yutdi, farzandlari, hali voyaga yetmagan, taqdirning bemavrid zarbasidan dovdirab qolgan nevaralarining koʻngliga taskin berish ilinjida tomorqaga bogʻlanib qoldi. Goʻyo oila qoʻrgʻonining bemavrid qulagan ustunlaridan biri oʻrniga yelkasini tutdi.

– Inson hamma narsaga chidashi mumkin, lekin farzand dogʻini koʻtarish qiyin. Taqdirimda bor ekan, shugina bolam nega mening izimda qolmadi, deb armon bilan yashab yuribman, – dey­di mahzunlik bilan Otamurod bobo. – Aminboyning farzandlari bari aqlli, mehnatkash, oilaparvar. Shunisiga shukr qilaman, barchasi omon boʻlishsin.

Otamurod bobo ayni paytda 95 yoshga toʻldilar. 8 nafar farzandi salkam 20 baravarga koʻpayishgan. Bugungi kunda bu fayzli xonadondan Amu eliga chuqur ildiz qoʻyib, sermeva bogʻ-u chamanzorga aylangan baxtiyor oilalarda 35 nafar nevara, 110 nafar chevara, 3 nafardan ziyod evaralar el-yurtga munosib farzandlar sifatida kamolotga yetishmoqda.

– Bobomning hayoti biz uchun ibrat, – deydi Otamurod boboning nevaralaridan biri Jasur Otamurodov. – Qanday ishga qoʻl ursak-da bobomning fotihasini olishga intilamiz. Qiyinchilik­lardan qoʻrqmaslik, hayot sinovlariga bardoshli boʻlishni, mehnatsevarlik va oʻtayotgan har bir kunimizni ezgu amallar bilan boyitib yashashni, vaqtning qadriga yetishni bobomdan oʻrgandik.

Darvoqe, 10 yoshidan front orti mashaqqatlariga kattalar bilan bab-baravar yelkasini tutgan, Buyuk Gʻalaba onlarini mehnat frontida qarshilab, balogʻat yoshiga yetmay turib kolxoz dalasida traktor haydagan, butun umr tuman qishloq xoʻjaligini rivojlantirishdek ezgu maqsad yoʻlida fidoyi, halol mehnat qilib, Amu eliga mehr-muhabbat bilan singib ketgan Otamurodovlar sulolasini yaratgan boboning hayot yoʻli nafaqat uning avlodlari, balki har bir xolimbeglik, amudaryolik uchun haqiqiy ibrat va namuna maktabidir. Zotan, Vatan obodligi, xalq farovonligi uchun ezgulik yoʻlida matonatli mehnat qilgan insonlar hamisha qadrli, hurmat va eʼzozga munosib.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019