16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:14
Jamiyat 👁 301

“Korruptsiya - yoshlar kelajagiga tahdid soluvchi illat” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi

“Korruptsiya - yoshlar kelajagiga tahdid soluvchi illat” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi

Korruptsiya jamiyat va davlat rivoji uchun xavfli illat sanaladi. U inson huquqlari, qonun ustuvorligi va kelajak avlodning yorugʻ istiqboliga putur yetkazadi. Shu sababli yurtimizda korruptsiyaga qarshi murosasiz va tizimli kurash olib borilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik masʼuliyatini yuksaltirish, ularni adolatparvarlik va halollik ruhida tarbiyalash bu borada ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Korruptsiya – yoshlar kelajagiga tahdid soluvchi illat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi B.Matmuratov, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boʻlim boshligʻi R.Sadikov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi M.Xaliyev, institut rektori B.Jollibekov va barcha fakultet dekanlari, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni institut rektori B.Jollibekov kirish soʻzi bilan ochdi va olib bordi. Oʻz nutqida u taʼlim sohasida korruptsiyaga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, bu illat xalq farovonligi uchun amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi, davlat va jamiyat taraqqiyotiga toʻsiq boʻlishi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Shu munosabat bilan yosh avlod ongida adolat, qonuniylik va halollik tamoyillarini shakllantirish ustuvor vazifa ekani taʼkidlandi.

– Agar taʼlim tizimida shaffoflik, halollik va adolat printsiplari taʼminlanmasa, kelajakdagi rahbarlar, olimlar, muhandislar, fermerlar va turli sohalardagi mutaxassislar orasidan yuksak maʼnaviyatli, vijdonli insonlar yetishib chiqmaydi, – dedi institut rektori.

Tadbir davomida masʼullar tomonidan korruptsiyaning jamiyat rivojiga koʻrsatayotgan salbiy oqibatlari, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga keltirayotgan zararli taʼsiri, aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgani batafsil tahlil etildi.

Xususan, qishloq xoʻjaligi sohasi nafaqat iqtisodiyotning asosiy ustuni, balki aholi turmush darajasi, oziq-ovqat xavfsizligi va mintaqaviy barqarorlikni taʼminlovchi hal qiluvchi tarmoq sifatida alohida oʻrin tutadi. Shu bois, ushbu sohada shaxsiy manfaatlar ustuvorligi, asossiz qarorlar, qonunbuzarlik va masʼuliyatsizlik kabi illatlar keng jamoatchilik ishonchiga ham putur yetkazishi, iqtisodiy barqarorlikni izdan chiqarishi mumkinligi taʼkidlandi.

Tadbir davomida yurtimizda korruptsiyaga qarshi shakllantirilgan institutsional tizim, qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Soʻnggi yillarda bu borada Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan dasturlar, nazorat tizimlari va jamoatchilik ishtirokini taʼminlashga qaratilgan choralar natijasida mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy ongi oshgani, murojaatlar sonining oʻsgani va korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanayotgani taʼkidlandi.

Aytish joizki, mazkur uchrashuv Prezident raisligida 2025-yil 5-mart kuni boʻlib oʻtgan kengaytirilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash doirasida tashkil etildi.

Tadbir talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot, hayotiy misollar va tahlillar asosida oʻtkazilib, ularda huquqiy bilim va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qildi. Chunki aynan yoshlar — ertangi kunning hal qiluvchi kuchi, mamlakat taqdirini belgilaydigan avloddir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019