16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Jamiyat 👁 211

Siz axborot berishga majbursiz, janob yoxud qonun boʻlsa ham imkoniyat yoʻqmi?

Siz axborot berishga majbursiz, janob yoxud qonun boʻlsa ham imkoniyat yoʻqmi?

Ochiq va adolatli davlat qurishda ommaviy axborot vositalarining roli beqiyos. Ayniqsa, jamiyatni ishonchli va haqqoniy axborot bilan taʼminlashda jurnalistlarning axborot olish huquqi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida mazkur huquq mustahkam himoyalangan. Konstitutsiyada ham, sohaviy qonunlarda ham axborot erkinligi belgilab qoʻyilgan. Ammo amaliyotda nima kuzatilmoqda? Jurnalist maʼlumot soʻraydi, qoniqarli javob ololmaydi. Axborot talab qiladi, bahona eshitadi. Qonun bor – lekin baʼzi mansabdorlar uni pisand qilmaydi. Axborotga erishish jarayonida yuzaga kelayotgan “sunʼiy devor”lar ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyatiga toʻsqinlik qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida har kimning axborot olish huquqi kafolatlangan. 81-moddaga koʻra, ommaviy axborot vositalari erkin boʻlib, davlat ularning axborotni izlash, olish va tarqatish huquqini himoya qiladi. 82-moddada esa tsenzuraga yoʻl qoʻyilmasligi qatʼiy belgilangan. Bundan tashqari, “Axborot olish kafolatlari va erkinliklari toʻgʻrisida”, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va boshqa shu kabi qonunlar ham jurnalistlarning axborot izlash va soʻrash huquqini qonuniy yoʻl bilan taʼminlaydi.

Biroq, hayotda roʻy berayotgan voqelik boshqacharoq. Davlat idoralari koʻpincha jurnalist murojaatiga javob berishdan qochadi. Baʼzi hollarda javob kechiktiriladi, boshqalarida esa umumiy, mazmunsiz va foydalanishga yaroqsiz maʼlumot taqdim etiladi. Bu esa jurnalistning haqiqiy manzarani ochib berish imkonini cheklaydi.

Bu muammoning sabablari koʻp qirrali. Menimcha, ayrim davlat tashkilotlari hali ham axborot erkinligini xavf sifatida qabul qiladi. Ular jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilishga tayyor emas. Shu bilan birga, haddan tashqari qogʻozbozlik, qaror qabul qilishdagi sustlik, masʼuliyatsizlik kabi byurokratik toʻsiqlar hali ham hukm surmoqda. Bundan tashqari, axborot tayyorlash madaniyati yetarli darajada shakllanmagan. Koʻplab tashkilotlarda ish yurituvchi xodimlar yozma nutqda savodsiz, jurnalist soʻrovlariga beparvo munosabatda boʻlishadi. Shu sababli soʻrovlarga shablon, umumiy, hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan javoblar qaytariladi.

Oldingi haftaning oʻzida men mahalliy tashkilotlardan biridan muhim mavzuda axborot soʻradim. Avvaliga “beramiz” deyishdi. Keyin jimlik. Javob boʻlmadi. Yoki berilgan taqdirda ham, faqat umumiy raqamlar, tushunarsiz gap-soʻzlar... Afsuski, baʼzan shunday “ehson” uchun ham quvonib qolamiz. Lekin bu axborot emas! Bu faktlarga asoslangan oʻqishli material tayyorlash imkonini bermaydigan, jamiyatni haqiqatdan uzoqlashtiradigan maʼlumot parchasi, xolos.

Oxirgi yillarda davlat tashkilotlarida matbuot kotiblari faoliyat yuritmoqda. Ular ommaviy axborot vositalari bilan aloqada boʻladigan koʻprik vazifasini oʻtashi lozim. Biroq, koʻp hollarda ular telefon qoʻngʻiroqlariga javob bermaslik, soʻrovlarga munosabat bildirmaslik, yoki eng kamida javobni kechiktirish kabi xatti-harakatlar bilan oʻz majburiyatlariga masʼuliyatsizlik qilishmoqda. Bu esa jurnalistning ishini samarasiz, jamiyatni esa haqiqatdan benasib qoldiradi.

Axborot berilmasligi – bu faqat jurnalist uchun emas, butun jamiyat uchun zarar yetkazadi. Shu sababdan jinoyatlar, korruptsiya holatlari yillar davomida yashirin qoldi, davlat mablagʻlari qay holda va nimalarga sarflanishidan jamoatchilik xabardor boʻlmadi. Oqibatda esa jamiyatda davlat tizimiga ishonch pasaydi. Agar jurnalist toʻliq va haqqoniy maʼlumot bilan taʼminlanmasa, haqiqatni yoritish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Haqiqat yoritilmasa, adolat qaror topmaydi va jamiyatda tengsizlik kuchayadi.

Aslida jurnalist axborotni olish uchun iltimos qilmasligi kerak. U qonuniy asosda axborotni olishga haqli. Lekin koʻplab tashkilotlar hanuz bu haqiqatni anglamay kelmoqda. Ular uchun axborot berish vazifa emas, ixtiyoriy yordamdek tasavvur qilinadi. Holbuki, jurnalist huquqlari davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tomonidan buzilishi — qonunga zid harakatdir va javobgarlikka sabab boʻladi.

Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar haqiqatni jamiyatga yetkazuvchi asosiy omil hisoblanadi. Axborot esa kuch. Lekin bu kuch yashirilsa, haqiqat jim boʻladi. Axborot jamiyatda ijtimoiy fikr shakllanishi, jarayonlarni tahlil qilish va fikr yuritish uchun xizmat qiladi. Ochiq axborotni yashirish orqali faqat jurnalist emas, butun jamiyat notoʻgʻri maʼlumot asosida fikr yuritishga majbur boʻladi. Bunday jamiyatda haqiqat sukut saqlaydi.

Shuning uchun ham axborot siyosatini qayta koʻrib chiqish, javobgarlikni kuchaytirish, media bilan ishlash madaniyatini shakllantirish, davlat organlaridagi masʼul shaxslarni media savodxonlik va axborot berishga oid amaliy koʻnikmalar bilan taʼminlalash davr talabi hisoblanadi.

Jurnalistlar hech kimdan yolvorib axborot soʻrashga majbur emas. Ular qonunga tayanib faoliyat yuritadi. Qogʻozda yozilgan qonunlar esa amalda hamaga birday ishlashi kerak. Chunki bizga “sunʼiy devor”lar emas, haqiqat kerak.

Shohzod Qurbonboyev, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019