16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:06
Jamiyat 👁 158

5-iyun - Butunjahon atrof-muhit kuni

5-iyun - Butunjahon atrof-muhit kuni

Insoniyatni tabiatdan ayro holda tasavvur etish qiyin. Tabiatning holati inson hayoti, salomatligi va kelajagiga bevosita taʼsir qiladi. Ammo sanoat rivoji, aholi oʻsishi va resurslardan haddan tashqari koʻp foydalanish global ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Ana shu sharoitda insoniyatni tabiatga boʻlgan munosabatini qayta koʻrib chiqishga chaqirish maqsadida har yili 5-iyun sanasi Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida dunyo miqyosida keng nishonlanadi.

 Ushbu ekologik bayram BMT Bosh Assambleyasining 1972-yil 15-dekabrda oʻtkazilgan 27-sessiyasida taʼsis etilgan boʻlib, bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatda nishonlanadi. Anjumanda shuningdek, yangi tashkiliy tuzilma —Atrof-muhit muhofazasi boʻyicha BMT Dasturi — YuNEPga asos solingan. Shundan beri YuNEP rahbarligida har yili butun jahonda atrof-muhit kuni nishonlanadi. Bayramning asosiy maqsadi — insoniyat eʼtiborini tabiat, uni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlik masalalariga qaratishdir. Bu kun nafaqat ekologlar, balki har bir fuqaroning tabiatga boʻlgan munosabatini qayta koʻrib chiqish, uni muhofaza qilishda shaxsiy masʼuliyatini anglashga daʼvat etuvchi sana sifatida ahamiyat kasb etadi.

Nega aynan 5-iyun? Bu sana tasodifiy emas. Aynan shu kuni Shvetsiyaning Stokgolm shahrida BMTning Atrof-muhit masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyasi oʻz ishini boshlagan edi. Bu ekologik sana barcha insonlarni tabiat muhofazasiga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, jamoatchilik ongida ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi lozim. Aslida, bu kun insonni nafaqat oʻylashga, balki amaliy harakatlarga chorlaydi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda ham atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, sof tabiatni kelajak avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

2021-yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ekologik sogʻlom muhitni shakllantirishda muhim oʻrin tutmoqda. Unga koʻra, har yili 200 milliondan ortiq daraxt va buta koʻchatlari ekiladi. Bu nafaqat havo sifatini yaxshilash, balki iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda ham samarali chora hisoblanadi. Eng muhimi, bu loyiha odamlarda tabiatga eʼtibor, hurmat va masʼuliyat tuygʻusini kuchaytiradi.

Oʻzbekiston uchun eng ogʻriqli ekomuammolardan biri — Orol dengizi fojiasidir. Davlar rahbari boshchiligida ushbu muammoni hal etish maqsadida qurib qolgan Orol tubida oʻrmonzorlar yaratish, tuproq eroziyasining oldini olish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Orolboʻyi mintaqasida oʻrmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish moʻljallangan. Bu esa nafaqat tabiatni tiklash, balki Orolboʻyi aholisining hayot sifati va ekologik xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

Ekologik barqarorlikka erishish uchun qonunchilik asoslarini takomillashtirish zarur. Shu maqsadda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Unda nazoratning shakllari, uslublari, davlat va jamoatchilikning roli aniq belgilab berilgan. Bu, oʻz navbatida, atrof-muhitga taʼsir qiluvchi faoliyatni samarali boshqarish, huquqbuzarliklarning oldini olishga yordam beradi.

Oʻzbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratayotgan davlatlardan biriga aylanmoqda. 2025-yilda mamlakatda 3,5 GVt quvvatdagi yashil energiya manbalari va 1,8 GVt energiya saqlash tizimlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki energetika tizimini zamonaviylashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiy oʻsishga xizmat qiluvchi muhim omildir.

Atrof-muhitni asrashda jamoatchilik ongini yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodni tarbiyalash juda muhim. Shu boisdan, mamlakatda ekologik taʼlim va madaniyatni rivojlantirish boʻyicha yangi kontseptsiya qabul qilindi. Bu kontseptsiya asosida millionlab bolalar va oʻquvchilar ekologik bilim va tarbiya olishmoqda. Ularning tabiatga mehr va hurmat bilan qarashi kelajakda sogʻlom jamiyat va sof muhitni taʼminlashning muhim kafolatidir.

Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni bayram sifatida nishonlanishi bilan bir qatorda insonni tabiatga nisbatan boʻlgan munosabatini qayta koʻrib chiqishga ham undaydi. Tabiat — bizga berilgan eng buyuk neʼmat. Unga eʼtiborsizlik kelajak avlodlarning hayotiga tahdid soladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli loyihalar va tashabbuslar inson va tabiat oʻrtasidagi muvozanatni saqlash, sof muhitni asrash hamda barqaror taraqqiyot sari intilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiat — bizning umumiy uyimiz. Uni asrash — umuminsoniy burch!

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019