16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:32
Salomatlik 👁 494

BOLALAR OʻRTASIDA VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGIGA QARShI EMLASh IShLARI OLIB BORILMOQDA

BOLALAR OʻRTASIDA VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGIGA QARShI EMLASh IShLARI OLIB BORILMOQDA

Xalqimiz orasida hayot sinovlaridan oʻtgan ibratli iboralar juda koʻp. Ayniqsa, salomatlik borasidagi hikmatli ibora va maqollar ham mazmunan, ham mohiyatan hayotiy isbotini topgan. Xususan, “sogʻligimiz oʻz qoʻlimizda”, “sogʻlikni asrash – kelajakni asrashdir”, “tozalik – mustahkam sogʻlik garovi” kabi iboralarda jamiyat aʼzolarini har tomonlama sogʻlom va barkamol rivojlantirishdek ezgu maqsad mujassam.

Ushbu maqsadni mukammal ado etish, aqlan va jismonan yetuk avlodni voyaga yetkazish, xalq, ayniqsa, bolalar orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish esa nafaqat tibbiyot sohasi xodimlarining, balki har bir fuqaroning, ota-onalarning ham zimmasidagi masʼuliyatli vazifa hisoblanadi.

Shu bois, Respublikamiz tibbiyot sohasida yuqumli kasalliklarga qarshi muntazam profilaktik emlash ishlarining amaliyotga tatbiq etilishi va ayniqsa, bolalarni emlash bilan qamrab olish koʻrsatkichlarining yuqoriligi tufayli kasalliklar tarqalishining oldi olinishiga erishilmoqda. Ayniqsa, bolalar oʻrtasida yuqumli kasalliklarning sezilarli darajada kamayishiga hamda shol, boʻgʻma, qoqshol kabi kasalliklar yoʻqolishiga erishildi.

Shunday boʻlsa-da, soʻnggi yillarda mamlakatimizda, xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham virusli gepatit “A” kasalligi koʻplab qayd etilayotganligi kuzatilmoqda. Xalqimiz orasida “sariq kasalligi” deb atalib, odamlarga ogʻiz orqali yuqadigan va koʻproq bolalarda uchraydigan virusli gepatitning A turi umumiy gepatitlarning 95-96 foiziga teng boʻlib, bemorlarning 70-80 foizini 14 yoshgacha boʻlgan bolalar tashkil qiladi.

Kasallik ayniqsa, maktab oʻquvchilari, maktabgacha taʼlim muassasalariga qatnovchi va uyushmagan bolalar orasida qayd etilmoqda. Sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va sanitariya xizmatlari tomonidan doimiy ravishda, joylarga chiqqan holda sanitariya-gigiyenik, epidemiyaga qarshi majmuaviy tadbirlarning oʻtkazilishiga qaramasdan, kasallik koʻrsatkichi yuqoriligicha qolmoqda.

Virusli gepatitga qarshi kurashishning samarali usullaridan biri bu profilaktik emlash boʻlib, epidemik koʻrsatmaga koʻra olib borilganligi uchun ushbu emlash “Milliy emlash kalendari”ga hozircha kiritilmagan. Shu sababli bolalarni virusli gepatit “A”ga qarshi emlash ota-onalar hisobiga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Shuni mamnuniyat bilan eʼtirof etish joizki, soʻnggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2025-yil 27-yanvarda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda aholi farovonligini taʼminlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 10-sonli Prezident Farmoni qabul qilingan va ushbu Farmonning 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 8,4 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, mazkur mablagʻning maʼlum qismi bolalar salomatligini muhofaza qilishga yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.

Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi orasida virusli gepatit “A” infektsiyasi bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida 6 yoshdagi bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini emlash uchun davlat byudjeti hisobidan ushbu infektsiyaga qarshi vaktsina olib kelindi.

Amudaryo tumaniga ham 2025-yil 30-may kuni 6 yoshli bolalarni virusli gepatit “A” kasalligiga qarshi emlash ishlarini samarali amalga oshirish maqsadida 3760 doza, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini emlash uchun yana 500 doza virusli gepatit “A”ga qarshi vaktsina olib kelinib, tumandagi 14 ta emlash punktlariga joriy yil 2-iyun sanasida maxsus transport vositasi orqali yetkazib berildi. Hozirgi kunda 2019-yilda tugʻilgan bolalarga va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga emlash ishlari muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda.

Hech qanday kasallik oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi. Ayniqsa “iflos qoʻllar kasalligi” nomini olgan virusli gepatit “A” kasalligini kundalik sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilmaslik, toza boʻlmagan, turib qolgan suv havzalarida choʻmilish, meva va sabzavotlarni yuvmasdan isteʼmol qilish, ayniqsa, yoz oylarida oldingi kundan ortib qolgan ovqatlarni isteʼmol qilish, “sariq kasalligi” bilan ogʻrigan bemor bilan muloqotda boʻlish, bemorning buyumlaridan, ayniqsa, oʻyinchoqlaridan foydalanish, kiyimlarini kiyish, bemordan ortib qolgan ovqatni tamaddi qilish, bitta oʻrinda uxlash orqali yuqtirib olish holatlari juda yuqori.

Shu bois, hurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz salomatligiga eʼtiborli boʻling va albatta, bolangizda kasallikning dastlabki belgilari – qayt qilish, ishtaha boʻgʻilishi, charchoq va uyquchanlik, tana haroratining koʻtarilishi, peshob rangining qizarishi, najasining oqarishi, xuddi gripp kasalligidagi kabi burun bitib, oqishi, koʻz oqi va pastki qovoq shilliq pardasi, tirnoq hamda terining sargʻayishi kabi alomatlarni sezsangiz, zudlik bilan bemor bolani oiladagi boshqa farzandlaringizdan izolyatsiyalang va albatta, vaqtni oʻtkazmasdan shifokor koʻrigiga olib boring.

Shuni unutmangki, bugungi bolaning salomatligi – jamiyat farovonligi va salomatligining, mamlakatimiz kelajagining kafolatidir. Zero, sogʻlom avlod – sogʻlom kelajak tamoyili har bir fuqaroning, ayniqsa, ota-onalarning zimmasidagi yuksak masʼuliyat boʻlib, bu masʼuliyatni unutishga aslo haqqimiz yoʻq!

ROBIYa YOʻLDOShEVA tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019