16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:06
Jamiyat 👁 215

Hududning ijtimoiy qalqoni: Durunki mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyatiga bir nazar

Hududning ijtimoiy qalqoni: Durunki mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyatiga bir nazar

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Soʻnggi yillarda bu borada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. "Inson qadri uchun" tamoyili asosida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi. Xususan, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" tizimi joriy etilib, ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam va nafaqalar tayinlash jarayoni shaffoflashdi. "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" orqali aholining kambagʻal qatlamlari, ishsizlar, nogironligi bor shaxslar va xotin-qizlar manzilli qoʻllab-quvvatlanmoqda. Ijtimoiy xodimlar institutining joriy etilishi esa mahallalardagi muammolarni bevosita oʻrganish va ularga yechim topish imkonini bermoqda. Bu kabi chora-tadbirlar aholining turmush darajasini yaxshilashga va ijtimoiy adolatni taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanining Durunki mahallasida 661 xonadonda 988 ta oila, ular tarkibida jami 3 ming 832 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaning ijtimoiy xodimi Mariyash Kartbayeva ham oʻz ishiga chuqur va ijobiy yondashgan holda, nafaqat hududda ijtimoiy himoyaga oid davlat siyosatini amalga oshiradi, balki har bir fuqaroning hayotini yaxshilashga intiladi.

Ijtimoiy xodimning asosiy funktsiyalaridan biri aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyati boʻyicha xabardorligini oshirishdan iboratdir. Durunki mahallasi ijtimoiy xodimi ham aholiga ijtimoiy himoya sohasida qabul qilingan qonun va qarorlar, dasturlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha muntazam ravishda axborot berib boradi. U fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik oʻrnatgan holda, huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini tashkil qilib, aholiga oʻz huquqlari va imkoniyatlardan foydalanish yoʻllari haqida maʼlumotlar berib boradi.

Mahalladagi har bir xonadon va oilaning ahvolini oʻrganish, ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga boʻlgan ehtiyojini baholash ijtimoiy xodimning yana bir muhim vazifasidir. Durunki mahallasida 6 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yolgʻiz yashovchi keksalar, 110 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatga olingan. Shundan 12 nafari I guruh, 81 nafari II guruh, 4 nafari III guruh nogironi, 13 nafari esa nogironligi boʻlgan bolalardir.

Ijtimoiy xodim tomonidan 2024-yil 1-dekabrdan hozirgi kunga qadar 10 ta oilaga ijtimoiy ish ochilgan. Hududda yashovchi 2 nafar bolaning nogironligi rasmiylashtirilgan va nafaqa tayinlangan. Bundan tashqari, ijtimoiy xodim tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarga, ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi shaxslarga nafaqa va pensiya tayinlash uchun arizalar kiritiladi. Zarurat tugʻilganda, tezkor yordam tashkil etilib, kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda tegishli vakolatli davlat organlari zudlik bilan xabardor qilinadi.

Durunki mahallasi ijtimoiy xodimi Mariyash Kartbayeva mahalla fuqarolar yigʻini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va soliq inspektori bilan birgalikda mahallada oʻrganishlar oʻtkazib, aholini ijtimoiy himoya qilishga doir davlat siyosatini mahalla darajasida amaliyotga tatbiq qilishda faollik koʻrsatmoqda.

Bolalarni ijtimoiy himoya qilishda ham ijtimoiy xodimning hissasi katta. Mariyash Kartayevaning saʼy-harakatlari bilan Durunki mahallasida yashovchi 12 nafar bola vasiylik va homiylikka olingan. Qolaversa, ota-onasi xorijga ketgan 5 nafar bolaga vasiy tayinlangan. U yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oʻz oilasiga olishi mumkin boʻlgan shaxslar roʻyxatini shakllantirishga, hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf mavjud boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli vakolatli davlat organlariga yuborishga alohida eʼtibor bilan yondashadi. Shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga joylashtirish ham ijtimoiy xodimning vakolatiga kiradi.

Durunki mahallasida 92 ta kam taʼminlangan oila va 44 ta kambagʻal oila roʻyxatga olingan boʻlib, ijtimoiy xodimning baholash natijalariga koʻra tezkor, qisqa va uzoq muddatli individual ijtimoiy xizmatlar rejasi tuzilgan. Rejadagi belgilangan xizmatlar mazmunidan kelib chiqib, tegishli vakolatli organlarning mutaxassislari jalb qilingan va kam taʼminlangan oilalarning bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida maʼlumotnomalar olish boʻyicha arizalar kiritilgan.

Ijtimoiy xodim “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida hisobda turgan ijtimoiy xizmat va yordamlardan foydalanuvchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlarning monitoringini ham olib boradi.

Xulosa qilib aytganda, Durunki mahallasi ijtimoiy xodimi Mariyash Kartbayeva faqat Nizomda belgilangan vazifalarni bajaribgina qolmay, mahalla aholisining hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy adolatni taʼminlash, muhtojlarga koʻmak berish orqali davlat siyosatining insonparvarlik tamoyillarini amalda namoyon etmoqda. Mamlakatimiz boʻylab mahallalarda ish yuritayotgan u kabi yuzlab ijtimoiy xodimlarning samarali faoliyati esa fuqarolarning farovonligi va jamiyatning barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019