16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
Siyosat 👁 250

Amudaryo tumanining oʻsimlik va hayvonot dunyosi

Amudaryo tumanining oʻsimlik va hayvonot dunyosi

Amudaryo tumani – Qoraqalpogʻiston Respublikasining janubiy qismida, Amudaryo daryosi boʻyida joylashgan hududlardan biri hisoblanadi. Bu tabiiy oʻlka oʻzining boy va xilma-xil flora hamda faunasi bilan ajralib turadi. Tabiatning noyob neʼmatlari hisoblangan oʻsimlik va hayvonot dunyosi nafaqat ekologik muvozanatni taʼminlashda, balki mahalliy aholi turmush tarzi va iqtisodiyotida ham muhim oʻrin tutadi.

Amudaryo tumani tabiiy sharoitiga koʻra choʻl va daryo boʻyi hududlarini qamrab olgan boʻlib, bu yerda oʻsimlik turlari ham geografik xususiyatlarga mos holda rivojlangan. Xususan, choʻl hududlarida yontoq, cherkez, qandim, shoʻra, saksovul kabi oʻsimliklar oʻsadi. Bu oʻsimliklar asosan qurgʻoqchilikka chidamli boʻlib, ekologik barqarorlikni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.

Saksovul, yontoq va qandim – choʻl zonasidagi shamol eroziyasini kamaytirishda va tuproqni mustahkamlashda bebaho ahamiyatga ega. Bunday oʻsimliklar orqali tuproqning hosildor qatlami saqlanib qoladi va choʻllanish jarayoni sekinlashadi.

Daryo boʻylarida esa qamish, jiyda, tol, qiyoq va turli suv oʻtlari keng tarqalgan. Bu oʻsimliklar daryo boʻyidagi ekologik muvozanatni saqlash, suv muhitini filtrlash, hayvonot uchun yashash muhiti yaratish kabi vazifalarni bajaradi. Shuningdek, ular xalq xoʻjaligi va tibbiyotda ham foydalaniladi. Jiyda mevasi nafas yoʻllari xastaliklarida foydali boʻlib, xalq tabobatida tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Shoʻraning ayrim turlari esa suvda eritilib, peshob haydovchi sifatida foydalaniladi. Tolning barg va poʻstlogʻi yalligʻlanishga qarshi tabiiy vosita sifatida qoʻllaniladi.

Qamish – xalq xoʻjaligida uy-joy qurilishi, ayniqsa tom yopishda qoʻllaniladi. Tol esa savat toʻqish va mebel ishlab chiqarishda keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek, yontoq va shoʻra chorva uchun ozuqa vazifasini ham bajaradi. Tumanda yetishtiriladigan paxta, gʻalla, mevali daraxtlar ham aholining daromad manbai sifatida muhim oʻrin tutadi.

Amudaryo tumani hayvonot dunyosi bilan ham boy. Choʻl hududida jayra, boʻri, shoqol kabi hayvonlar uchraydi. Sudralib yuruvchilardan qum kaltakesaklari, suv kapalaklari, chayonlar, ilonlar koʻp uchraydi.

Qushlardan qirgʻiy, lochin, kaptar, shilliqqanot tumanda uchrab turadi. Suv sohasiga yaqin hududlarda esa suv ilonlari, baliq turlaridan ilvir, sazon, tolstolob va suv qushlari – oʻrdak, oqqush, gʻozlar mavjud. Bu jonzotlar tabiiy muhitdagi biologik xilma-xillikni taʼminlashda, oʻrmon va suv havzalarining tabiiy tozaligini saqlashda muhim oʻrin tutadi.

Ayniqsa, suvda yashovchi baliqlar aholining ovqatlanish manbai boʻlib, baliqchilik xoʻjaliklari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qushlar esa insektlar bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligi hosillarini himoya qilishda bevosita foydali boʻladi.

Amudaryo tumani tabiiy neʼmatlarga boy hudud hisoblanadi. Bu yerdagi oʻsimlik va hayvonot dunyosi nafaqat tabiat goʻzalligi, balki inson salomatligi, xoʻjalik yuritish va ekologik barqarorlik nuqtai nazaridan ham bebaho ahamiyat kasb etadi. Tabiatning ushbu boyliklarini avaylab asrash, ulardan oqilona foydalanish va kelajak avlodga yetkazish barchamizning insoniy burchimizdir.

Nazokat Abdullayeva, 16-sonli umumtaʼlim maktabning geografiya fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019