16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Fan va taʼlim 👁 243

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar 46-sonli maktabda iqtidorli yoshlarni kashf etish imkonini bermoqda

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar 46-sonli maktabda iqtidorli yoshlarni kashf etish imkonini bermoqda

Insonning shaxs sifatida shakllanish jarayoni uning bolalik va oʻsmirlik davrida olgan bilim va koʻnikmalariga bogʻliq, deyishadi. “Yoshlikda olgan bilim – toshga oʻyilgan naqsh” iborasi esa insonga ilm-u hunar egallash borasidagi eng maqbul davri – yoshlikning har bir daqiqasidan unumli foydalanishga daʼvat etayotgan kabi jaranglaydi.

Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan boʻlsak, joriy yilning 15-may sanasida Prezidentimiz rahbarligida boʻlib oʻtgan, taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida shaxsan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida butun mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoygan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham mohiyatan yoshlarning iqtidor va salohiyatlarini rivojlantirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish, umrning oʻtayotgan har bir kuni, har bir daqiqasidan unumli foydalanishga daʼvat qilayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada Amudaryo tumani hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda boshqada hamkor tashkilotlar masʼullari ishtirokida ishlab chiqilgan reja asosida tashkillashtirilayotgan dildan muloqot tarzidagi davra suhbatlari, “Uch avlod uchrashuvi”, sheʼriyat va kitobxonlik kechalari, turli sport musobaqalarida 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar, oʻsmir-yoshlar ishtirok etishmoqda.

Ana shunday koʻngilochar tadbirlardan biri tumanning Xizr eli mahallasi hududidagi 46-sonli umumtaʼlim maktabida ham boʻlib oʻtdi. Mazkur taʼlim muassasasida oʻquvchilar taʼtilga chiqqan kundan eʼtiboran “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi va shu asosda oʻquvchi-yoshlarning taʼtil davrini mazmunli oʻtkazishlari, oʻzlarining qiziqish va iqtidorlarini amalda namoyon etishlari uchun bir necha yoʻnalishlarda toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan sport-sogʻlomlashtirish musobaqalari, badiiy havaskorlik toʻgaraklari aʼzolari ishtirokidagi maʼnaviy-maʼrifiy koʻngilochar tadbirlar oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini mustahkamlab,, vatanparvar, oʻzaro mehr-oqibatli insonlar sifatida voyaga yetishlarida muhim omil boʻlmoqda.

“Biz vatanparvar yoshlarmiz!” shiori ostida tashkillashtirilgan uch avlod uchrashuvi tarzidagi tadbirda Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari Goʻzal Saburova, Ekologiya partiyasi Amudaryo tuman Kengashi raisi Saʼdulla Sodiqov, Amudaryo muhandislik texnikumi direktori Shuhrat Yuldashevlar va maktab pedagogika jamoasi hamda oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida mehmonlar maktab direktori Odilbek Jumaboyev taklifiga koʻra, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. “Ekologiya”, “Yosh kitobxon”, “Yosh musavvir” toʻgaraklari aʼzolari tomonidan tashkil etilgan jonli tabiat, kitoblar va rasmlar, qoʻl mehnati va toʻqimachilik mahsulotlari koʻrgazmalari, shuningdek, yoshlarni sogʻlom turmush tarziga rioya qilishga undovchi toʻgʻri ovqatlanish va vaqtida dam olish boʻyicha yoʻnaltirishga qaratilgan sanitariya-gigiyena talablari boʻyicha tashkil etilgan koʻrgazmalar tadbir mehmonlarida katta taassurotlar qoldirdi.

Ayniqsa, matematika va mantiq toʻgaragi aʼzolari tomonidan tashkillashtirilgan savol-javoblar tarzidagi, ingliz tili toʻgaragi aʼzolarining jonli muloqot koʻrinishidagi koʻrgazmali taqdimotlari Xizr eli mahallasi hududidagi 46-sonli maktabda haqiqiy bilimdon va yuksak salohiyatli yoshlar taʼlim-tarbiya olib, yozgi taʼtil davrini ham oʻzlari uchun foydali mashgʻulotlar bilan shugʻullanish orqali ijodkorlik bilan mazmunli oʻtkazayotganliklarni tadbir mehmonlari alohida eʼtirof etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar maktabda tashkil etilgan boks, shaxmat-shashka, voleybol va futbol toʻgaraklari faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mazkur toʻgaraklar aʼzolari bilan muloqotda boʻldilar.

Shu kuni “Dolzarb 90 kun” doirasida 2-sinf oʻquvchilari uchun yoʻl harakati qoidalari boʻyicha dars-mashgʻulotlari, 5-sinflarda “Zakovat” intellektual oʻyini, kitobxonlik darsi hamda 2-sinflarda “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirlari ham tashkil qilinib, bu tadbirlarda oʻquvchilar oʻzlarining yozgi taʼtil paytida egallagan bilim va koʻnikmalarini amalda namoyon etdilar.

Maktab badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar tadbirga yanada joziba, koʻngillarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Tadbir yakunida Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari Goʻzal Saburova, 2024-2025 oʻquv yilida alohida yutuqlarga erishgan bir guruh oʻqituvchilarga tuman hokimining tashakkurnomalarini taqdim etdi va yoshlarning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, yozgi taʼtil davrida ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish borasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan maktab pedagogika jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019