16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:06
Jamiyat 👁 172

MANGʻIT ShAHRI MAHALLALARIDA NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

MANGʻIT ShAHRI MAHALLALARIDA NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Maʼlumki, aholi yashash manzillaridan oqava suvlarini belgilangan muddatlarda chiqarib yubormaslik koʻpdan-koʻp noxush holatlarning yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ayniqsa, oqava suvlarining aholi yashash manzillarida uzoq vaqt turib qolishi natijasida yerning meliorativ holati yomonlashadi, shoʻrlanish darajasi ortib, aholi tomorqa yerlarida parvarishlanayotgan ekinlar, mevazor bogʻlarning hosildorligi keskin kamayib ketadi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonunida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, shuningdek, mazkur sohadagi tadbirlarda ishtirok etishi belgilangan.

Ushbu Qonunda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yilning 19-aprel sanasida Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi bilan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolangan edi. Mazkur Memorandumda taraflar respublika aholisini ichimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari bilan taʼminlash borasida oʻzaro hamkorlik qilishi belgilangan.

Ushbu hujjat doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahallalari uyushmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasini nazorat qilish Inspektsiyasi va “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatining Amudaryo tumani filiali masʼul xodimlari hamkorlikda nazorat va targʻibot tadbirlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Hamkorlikdagi ana shunday nazorat tadbirlaridan biri joriy yilning 18-iyun sanasida ham oʻtkazilib, mazkur tadbirda Doʻstlik, Yangiobod va Farovon mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari va aholi vakillari ham ishtirok etdilar.

Oʻrganishlar jarayonida mahallalar aholisi tomonidan ayrim eʼtirozlar ham bildirildi. Tegishli soha masʼullariga tarmoqdagi avariya holatlari oʻz vaqtida bartaraf etilishi, ichimlik suvining yetarli bosimda va belgilangan vaqtda yetkazilishi boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi. Oʻz navbatida aholi tomonidan ichimlik suvining sifati belgilangan meʼyoriy talablarga muvofiqligi va boshqa kamchiliklar mavjud emasligi ham bildirildi.

Bundan tashqari, mazkur mahalla fuqarolar yigʻinlarida isteʼmolchilarning “Ichimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarini chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qay darajada amal qilishini aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari ham olib borildi. Isteʼmolchilarga ichimlik suvidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, suv taʼminoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma shartlariga va unda belgilangan talablarga rioya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, kommunal toʻlovlarni, ayniqsa ichimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish xizmatlaridan foydalanganlik boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha tushuntirishlar ham olib borildi.

Qoraqalpogʻiston Mahallalari uyushmasi bilan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasini nazorat qilish Inspektsiyasi hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati Amudaryo tuman filiali masʼullari hamkorligida tashkillashtirilgan mazkur nazorat tadbiri jarayonida ichimlik suvi taʼminoti va oqava suvlarini chiqarib yuborish borasidagi Doʻstlik, Yangiobod va Farovon mahallalari aholisini qiynab kelayotgan boshqa muammolar ham atroflicha oʻrganilib, joyida hal etildi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019