16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:48
Jamiyat 👁 237

“Yuzda yurma – yuzga kir” shiori ostida “Targʻibot avtokarvoni” koʻrgazmali tadbiri tashkil etildi

“Yuzda yurma – yuzga kir” shiori ostida “Targʻibot avtokarvoni” koʻrgazmali tadbiri tashkil etildi

Mamlakatimizda aholining turmush darajasi oshib borayotgani natijasida shaxsiy avtomashinaga ega fuqarolar soni ham kun sayin ortib bormoqda. Bu esa odamlar hayotida yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratib, uzoq masofalarning yaqinlashishiga, ogʻir ishlar osonlashishiga xizmat qilmoqda. Biroq transport vositalari oqimining koʻpayishi bilan birga yoʻllarda tirbandliklar va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashda yoʻl-patrul xizmati xodimlari va harakat ishtirokchilarining masʼuliyatini yanada oshirish talab etilyapti.

Shu maqsadda Amudaryo tumanida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida “Targʻibot avtokarvoni” koʻrgazmali tadbiri tashkil etildi. Tuman hokimligi binosi oldida masʼul idoralar rahbarlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda yoʻl harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilda yurtimizda 9364 ta yoʻl-transport hodisasi rasman qayd etilgan. Ulardan 3045 tasi yuk mashinalari va yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari ishtirokida sodir boʻlgan. Achinarlisi 351 ta hodisa haydovchilar ish va dam olish tartibiga rioya qilmagani, aniqrogʻi, rulda uxlab qolgani sababli yuz bergan. Bunday holatlar 189 nafar insonning hayotiga zomin boʻlgan, 285 nafar fuqaro esa turli darajada tan jarohati olgan.

Haydovchilar tomonidan avtomobil boshqarayotgan paytda uxlab qolish holati nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham keng tarqalgan fojiali omillardan biri hisoblanadi. Shu bois mutaxassislar uzoq safarlar oldidan majburiy dam olish va hushyorlikni taʼminlash tartibiga qatʼiy amal qilishni tavsiya etmoqda.

Yoʻl-transport hodisalarining ayanchli oqibatlarini keng jamoatchilikka yaqindan tushuntirish maqsadida “Targʻibot avtokarvoni” yoʻl-transport hodisalarida texnik shikastlangan avtomashinalar ortilgan maxsus evakuatorlar tarkibida tumanning markaziy koʻchalari boʻylab harakatlandi. Bu koʻrgazmali tadbir orqali fuqarolarni hushyorlikka chaqirish, qoidalarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglatish koʻzda tutildi.

Avtokarvon “Yuzda yurma – yuzga kir” shiori ostida tashkil etilib, tumanning aholi gavjum va serqatnov koʻchalaridan oʻtdi. Tadbir chogʻida aholiga piyoda sifatida harakatlanish qoidalari batafsil tushuntirildi. Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavsizligi boshqarmasi masʼullari va tuman IIB Yoʻl patrul xizmati guruhi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvlarda haydovchilar bilan jamoat transport vositalarini boshqarishda xavfsizlik, harakat tezligi, piyodalar huquqlari xususida ochiq muloqotlar oʻtkazildi. Shuningdek, tajribali haydovchilar tomonidan yosh avlodga amaliy tavsiyalar berildi.

Soʻnggi yillarda aholi oʻrtasida skuter, moped va elektrosamokatlardan foydalanish keng tarqalmoqda. Ammo ayrim hollarda ushbu transport vositalarini yosh bolalar yoki tajribasiz ayollar boshqarayotgani natijasida yoʻl-transport hodisalari yuz bermoqda. Shu bois targʻibot tadbirlari doirasida aholiga bu vositalar ham toʻlaqonli transport ekani va ularda harakatlanishda ham yoʻl harakati qoidalariga amal qilish shart ekani tushuntirilmoqda.

Yoʻllarda harakatlanish vaqtida transport boshqaruvchilari va piyodalarning har bir harakati inson hayotiga daxldor. Shu sababli yoʻl qoidalariga amal qilish, diqqat va hushyorlik bilan harakatlanish barchamiz uchun masʼuliyatdir. “Targʻibot avtokarvoni” kabi tadbirlar aynan shu masʼuliyatni aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar ongiga singdirishda muhim oʻrin tutadi. Yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash faqatgina davlat idoralarining emas, balki har bir fuqaroning faol ishtiroki va harakatlanish madaniyatiga bogʻliqdir.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026