16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:07
Jamiyat 👁 236

"Yuzda yurma – yuzga kir": Amudaryoda mudhish avariyalar oqibatlari aks etgan avtokarvon tadbiri oʻtkazildi

"Yuzda yurma – yuzga kir": Amudaryoda mudhish avariyalar oqibatlari aks etgan avtokarvon tadbiri oʻtkazildi

Bugungi kunda koʻchalarimiz fayzli, yoʻllarimiz ravon, eng muhimi, shaxsiy avtotransport vositasiga ega boʻlgan yurtdoshlarimiz safi soat sayin kengayib boryapti. Bu, albatta, quvonarli hol. Zero, avtomobil uzogʻimizni yaqin, ogʻirimizni yengil qiluvchi, zamonaviy hayot surʼatiga mos ravishda harakatlanishimizni taʼminlovchi eng muhim vositalardan biriga aylanib ulgurgan. Biroq, bu qulayliklarning oʻziga yarasha masʼuliyati va xavotirli tomonlari ham yoʻq emas. Transport oqimining keskin ortishi tabiiyki, avtomobil yoʻllaridagi tirbandliklarni keltirib chiqarish bilan birga, yoʻl-transport hodisalarining koʻpayishidek oʻta dolzarb va ogʻriqli masalani kun tartibiga chiqarmoqda.

Mana shunday masalaga jamoatchilik eʼtiborini qaratish, odamlarni hushyorlikka va masʼuliyatga chorlash maqsadida Amudaryo tumanida “Targʻibot avtokarvoni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirning maqsadi tomoshabinlarga achchiq haqiqatni, qoidabuzarlikning mudhish oqibatlarini jonli ravishda, ochiq-oydin koʻrsatishdan iborat boʻldi. Yoʻl-transport hodisalari oqibatida ayanchli holatga kelib qolgan, majaqlangan va texnik shikastlangan avtomashinalar maxsus evakuatorlarga ortilgan holda tumanning markaziy va gavjum koʻchalari boʻylab harakatlandi. Evakuatorlar ustidagi temir parchasiga aylangan mashinalarni koʻrgan har bir yoʻlovchi, har bir haydovchi beixtiyor chuqur oʻyga toladi, meʼyordan ortiq tezlikning va masʼuliyatsizlikning oxiri qanday fojia bilan tugashi mumkinligini oʻz koʻzi bilan koʻrib, tegishli xulosa chiqaradi. “Yuzda yurma – yuzga kir” shiori ostida oʻtkazilgan tadbir davomida aholiga ham piyoda sifatida harakatlanish qoidalari yana bir bor batafsil tushuntirildi.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlim Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi, leytenant Bekzod Qozoqov va katta leytenant Anvar Yusupovlar tomonidan haydovchilar, ayniqsa, koʻplab insonlar taqdiriga javobgar boʻlgan jamoat transporti haydovchilari bilan ochiq va samimiy muloqotlar oʻtkazildi. Bu uchrashuvlarda transport vositasini boshqarish vaqtidagi xavfsizlik choralari, belgilangan harakat tezligiga qatʼiy rioya etish, shuningdek, piyodalarning haq-huquqlarini hurmat qilish masalalari kun tartibining asosiy mavzusiga aylandi. Qolaversa, koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan faxriy haydovchilar oʻzlarining boy hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashib, rul boshqaruviga endigina oʻtirgan yosh avlod vakillariga yoʻllardagi kutilmagan vaziyatlarda qanday toʻgʻri qaror qabul qilish boʻyicha oʻta muhim amaliy tavsiyalarini berib oʻtdilar.

Profilaktik tadbirlar koʻlami faqatgina koʻchalar va chorrahalar bilan chegaralanib qolmadi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati inspektorlari muammoning ildiziga chuqurroq kirib borish maqsadida tuman hududida faoliyat koʻrsatayotgan kuzov taʼmirlash ustaxonalari va avtomobillarni yuvish shoxobchalarida ham boʻlishdi.

Ustaxona mutasaddilari bilan oʻtkazilgan suhbatlar chogʻida shikastlangan, ayniqsa, avariya holatidagi avtotransport vositalarini taʼmirlashga qabul qilishdan oldin, albatta tegishli maʼlumotnomani talab qilish shartligi taʼkidlandi. Baʼzida haydovchilar yoʻl-transport hodisasi sodir etib, voqea joyidan yashirinishga va mashinani yashirincha taʼmirlatib olishga urinishadi. Inspektorlar ustalarga bunday noqonuniy xatti-harakatlarning oqibatlarini tushuntirar ekan, qonunchilikka koʻra, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan avtomobilni yashirincha taʼmirlash — huquqbuzarlikka va hatto jinoyatga bevosita sherik boʻlish sifatida baholanishini va buning uchun javobgarlik muqarrarligini eslatib oʻtdilar.

Avtomobillarni yuvish shoxobchalarining rahbarlari va ishchi-xodimlariga esa xizmat koʻrsatish uchun olib kelingan transport vositalarini koʻzdan kechirishda hushyor boʻlish, agarda avtomashina salonida yoki sirtida shubhali qon izlari, yoxud kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan jiddiy shikastlanish belgilari koʻzga tashlansa, darhol holatga aniqlik kiritish hamda bu haqda huquq-tartibot organlariga xabar berish zarurligi alohida taʼkidlandi. Bunday eʼtibor va hushyorlik koʻplab qoidabuzarliklarning oldi olinishiga xizmat qilishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019