16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Qishloq xoʻjaligi 👁 202

Gʻoʻza tunlami va oqqanotga qarshi kompleks kurash usullari

Gʻoʻza tunlami va oqqanotga qarshi kompleks kurash usullari

Qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishi, xususan paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishda asosiy eʼtibor gʻoʻza yetishtirishning agrotexnik qoidalariga rioya qilish va zararkunandalarga qarshi samarali kurash choralarini koʻrishga qaratilmogʻi lozim. Ayniqsa, soʻnggi yillarda agroiqtisodiy jihatdan muhim boʻlgan gʻoʻza, pomidor, makkajoʻxori, dukkakli va sabzavot ekinlariga jiddiy ziyon yetkazayotgan gʻoʻza tunlami hamda oqqanot kabi zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Gʻoʻza tunlami – koʻplab ekin turlari uchun katta tahdid soluvchi va tez koʻpayuvchi zararkunanda hisoblanadi. U asosan gʻoʻza, makkajoʻxori, pomidor, dukkakli ekinlar, yer yongʻoq va oshqovoqlarni shikastlaydi. Qurtlari shuningdek, atirgul, xrizantema va boshqa gullarga ham ziyon yetkazishi mumkin. Ular gʻoʻza va pomidordan boʻshagan dalalarda, 8–12 santimetr chuqurlikdagi tuproq qatlamlarida gʻumbak holatida qishlaydi.

Bahor mavsumida, aprel–may oylarida, tuproq harorati 16°S darajaga yetganda, kapalaklar parvozi boshlanadi va tuxum qoʻyadi. Bir kapalak 20–30 kun mobaynida oʻrtacha 400 tadan 3000 tagacha tuxum qoʻyishi mumkin. Bu esa mavsum davomida 3–4-marta avlod berish imkonini yaratadi va oʻsimliklarga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻladi. Gʻoʻzaga asosan iyun oyida oʻtadi, tuxumlar esa oʻsish nuqtalari, gul kosalari va barglarga qoʻyiladi. Qurtlar pomidor mevalariga ham sezilarli ziyon yetkazadi.

Bu zararkunanda asosan choʻl va oʻrmon-dasht zonalarida keng tarqalgan boʻlib, Yevropa-Sibir faunistik majmuasiga kiradi. U Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari, Sibir, Qozogʻiston, Markaziy Osiyo, Gʻarbiy Yevropa, Kichik Osiyo va Shimoliy Afrikada ham uchraydi.

Gʻoʻza tunlamiga qarshi samarali kurashish uchun agrotexnik, biologik va kimyoviy chora-tadbirlarni kompleks ravishda qoʻllash zarur. Eng avvalo, kuzda yerni 28–30 sm chuqurlikda shudgorlash, urugʻlarni davlat reyestrida qayd etilgan maxsus preparatlar bilan dorilash, ekinlarni almashlab ekishni oqilona tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bir turdagi yoki bir oilaga mansub ekinlarni bir yerda uzoq vaqt qayta-qayta ekish zararli organizmlarning koʻpayishiga olib keladi.

Biologik kurash usullaridan – tuxumxoʻr trixogramma, brakon va oltinkoʻz kabi tabiiy kushandalardan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, brakon qurtlarning oʻrta va katta yoshdagi bosqichlarida tekinxoʻrlik qilib, ularning rivojlanishini cheklaydi. Oltinkoʻz esa gʻoʻza tunlami va boshqa zararkunanda hasharotlarning samarali kushandasi hisoblanadi.

Kimyoviy usullardan foydalanishda ehtiyot choralariga qatʼiy amal qilish lozim. “Beneviya” (Tsiantraniliprol – 0,5 l/ga), “Turil” (Emamektin benzoat – 0,25 l/ga), “Lepidotsid” (Bacillus thuringiensis – 1 kg/ga) kabi preparatlar 1–3 yoshli qurtlarga qarshi samarali hisoblanadi. Biroq hosil yigʻishdan kamida 30 kun oldin kimyoviy vositalarni qoʻllash toʻxtatilishi shart.

Yana bir muhim zararkunanda – oqqanot (Bemisia tabaci) Hemiptera turkumiga mansub boʻlib, gʻoʻzaga may oyining oxiri – iyun boshidan boshlab zarar yetkaza boshlaydi. U yosh barglarning orqa qismida joylashib, shira soʻrib oziqlanadi va tezda tuxum qoʻyadi. Qulay sharoitlarda – harorati 22–27°S va namlik 70–80% boʻlganda – 5–8 kun ichida lichinka hosil boʻladi. Bu jarayon oqibatida ular yil davomida 11–13-marta avlod berish qobiliyatiga ega boʻladi.

Oqqanot Oʻzbekistonda keng tarqalgan boʻlib, Turkmaniston, AQSh, Afrika mamlakatlari, Yevropaning bir qator davlatlari, Iroq, Hindiston, Xitoy, Misr va Yaponiya hududlarida ham kuzatiladi. U kuz-bahor davrida issiqxonalarda faol rivojlanib, yozning ilk issiq kunlari bilan ochiq maydonlarga tarqaladi va turli ekinlarga ziyon yetkazadi.

Ularga qarshi samarali kurash yoʻllaridan biri – yuqori agrotexnik asosda sogʻlom va bardoshli oʻsimlik yetishtirish, shuningdek, issiqxonalardagi zararkunandalarning ochiq maydonlarga tarqalishi oldini olishdir. Buning uchun enkarziya, eretmotserus kabi afelinid kushandalarni laboratoriya sharoitida koʻpaytirib, issiqxona va dalalarga tarqatish tavsiya etiladi.

Oqqanotlar soni 1 ta bargda 25–50 taga yetganda kimyoviy himoya choralari koʻrilishi zarur. Bunday holatda “Nurell-D” (1,5 l/ga), “Sumi-alfa” (0,5–0,6 l/ga), “Mospilan” (0,15 kg/ga) kabi samarali preparatlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Qishloq xoʻjaligida yuqori hosildorlikka erishish faqat ekinlar parvarishiga bogʻliq emas, balki ularni zararkunanda hasharotlardan himoya qilish ishlarini toʻgʻri va muntazam tashkil etish bilan ham uzviy bogʻliq. Gʻoʻza va boshqa muhim ekinlarga ziyon yetkazayotgan hasharotlarga qarshi agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash choralarini kompleks ravishda qoʻllash yuqori samara beradi. Bu borada har bir dehqon, agronom va fermer oʻz vaqtida xabardor va masʼul boʻlishi shart. Faqat shundagina yetishtirilayotgan hosilning sifat va miqdori kafolatlanadi hamda milliy iqtisodiyotga munosib hissa qoʻshiladi.

Internet maʼlumotlari asosida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tuman boʻlimi fitosanitar davlat nazorot inspektorlari

Murotboy Ibragimov, Davron Soburov, Ulugʻbek Xudaybergenov, Azamat Ollabergenov, Otabek Kenjaboyevlar tomonidan tayyorlandi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019