16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:07
Jamiyat 👁 204

Ayoqchi mahallasidagi “yettilik” yurt farovonligi yoʻlida

Ayoqchi mahallasidagi “yettilik” yurt farovonligi yoʻlida

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida mahalla instituti faoliyati yangicha mazmun kasb etmoqda. Davlat rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahalla yettiligi” tizimi mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, aholining turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanining markazdan olis hududida joylashgan Ayoqchi mahallasida aholi asosan dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi sohalar bilan shugʻullanib keladi. Hududda “Mahalla yettiligi” faoliyati natijasida kichik biznes va tadbirkorlikning oʻsishi kuzatilmoqda. Mahalla raisi boshchiligida barcha xodimlar mahalladoshlarini ishbilarmonlikka undab, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

Yosh tadbirkor Yulduz Ismoilova koʻp yillardan buyon tikuvchilik bilan shugʻullanib keladi. Soʻnggi yillarda ish koʻlamini kengaytirib, mustaqil tsex faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Hozirda buyurtma asosida koʻrpa, toʻshak, yostiq, koʻrpacha kabi har bir xonadonga zarur boʻlgan mahsulotlar tayyorlaydi. Zamonaviy tikuv uskunalari faoliyatga jalb etilganidan soʻng ish samaradorligi ancha oshdi. Tadbirkorga mahalladagi masʼullar, jumladan, xotin-qizlar faoli Nargiza Ahmedova tomonidan zarur yordamlar koʻrsatilyapti.

Ayoqchi mahallasining deyarli har bir xonadonida chorvachilik va parrandachilik faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Ilhom Matjonov xonadonida ham chorvachilik oila uchun barqaror daromad manbaiga aylangan. Chorvadorning aytishicha, oʻz vaqtida parvarishlangan va toʻgʻri ozuqa bilan taʼminlangan chorva tez oʻsadi va yaxshi foyda beradi. Mamlakatimizda goʻsht mahsulotlarining katta qismi aynan yakka tartibda parvarishlanayotgan chorva hissasiga toʻgʻri keladi. Bu esa bozorda goʻsht narxining barqaror boʻlishiga xizmat qilmoqda.

Guliston Yoʻldosheva esa mahalladagi 69-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlash bilan bir qatorda xonadonida parranda yetishtirishni ham yoʻlga qoʻygan. Aprel-may oylarida tuxumlardan chiqqan joʻjalar alohida parvarish qilinadi. Ularni parvarishlash oson emas aslida. Joʻjalar turli kasalliklar va zararkunanda hasharotlarga qarshi muntazam ravishda emlanishi, zarur vitaminlar bilan taʼminlanishi lozim, deydi qahramonimiz.

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning bandligini taʼminlashda ham ijobiy natijalar koʻzga tashlanmoqda. Yer – dehqon uchun daromad, mahalla farovonligi, bozorlarimizga esa mahsulot manbai. Mahallada yashovchi Shohrux Matkarimovga ham yer ajratilgan. U mavsumga mos tarzda ekin ekib, yaxshi daromadga ega boʻlmoqda. Ayni kunda dalasidagi tarvuz palaklari hosilga kirib, yetilib ulgurgan. Sara hosilning esa bozori chaqqon boʻladi, xaridorlar dalaning oʻzidan ham olib ketishadi. 1 ta tarvuz oʻrtacha 10 kilogramm tosh bosadi.

Shohrux Matkarimov faqat tarvuzdan tashqari mavsumga mos boshqa poliz va sabzavot mahsulotlarini ham yetishtirib kelmoqda. Mehnat va bozor ehtiyojini hisobga olgan holda tashkil etilgan faoliyat samara berishi shubhasiz. Yoshlar yetakchisi Zafarjon Oʻrazmetov boshchiligida gʻalladan boʻshagan yerlar ham takroriy ekin uchun yoshlarga berilyapti.

Ayoqchi mahallasida shlakoblok va gʻisht ishlab chiqarish faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan. Tadbirkor Gʻulomjon Rahimov tashabbusi bilan tashkil etilgan tsexda mahallaning yoshlari ish bilan band. Ular bu yerda daromad topish bilan birga, kasb-hunar ham oʻrganmoqda. Mamlakatimizda kech bahordan kuzgacha qurilish ishlari avj oladi. Ayniqsa, hovli atrofini devor bilan oʻrashda shlakoblok mahsulotlariga talab yuqori.

Ayoqchi mahallasining bugungi qiyofasi — mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, “Mahalla yettiligi” tizimi va aholi mehnati samarasini oʻzida aks ettiradi. Har bir ovul va mahallaning taraqqiyoti, farovonligi, tinch va obod hayoti unda yashovchi yurtdoshlarimizning jonkuyar saʼy-harakatlariga bogʻliq. Mahalla ahli bir maqsad – yurtni rivojlantirish uchun mehnat qilsa, bu yerda albatta rivojlanish boʻladi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019