16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:06
Jamiyat 👁 210

HUQUQNI MUHOFAZA QILISh ORGANLARI TOMONIDAN "YoLGʻIZ KEKSA" REYeSTRIGA KIRITILGAN FUQAROLARGA KOʻRSATILAYoTGAN IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI OʻRGANILDI

HUQUQNI MUHOFAZA QILISh ORGANLARI TOMONIDAN "YoLGʻIZ KEKSA" REYeSTRIGA KIRITILGAN FUQAROLARGA KOʻRSATILAYoTGAN IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI OʻRGANILDI

Dunyoda hech bir inson mukammal emas. Kimdir tugʻma nogiron, yana kimdir baxtsiz hodisa tufayli imkoniyati cheklangan boʻlsa, yana bir toifa odamlar taqdir taqozosiga koʻra, yakka-yolgʻiz, oʻzgalar parvarishiga, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar sifatida hayot kechirishadi. Bu toifa insonlar salgina mehr-oqibat, shirin muomala va maʼnaviy ragʻbatni har qanday xayr-saxovatdan ham ustun qoʻyishadi.

Shuning uchun ham mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili doirasida aynan ana shunday insonlarga mehr-muruvvat koʻrsatish, ularning hayotdan zavq olib yashashlari uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratiladi. Hududlarda faoliyat olib boruvchi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlarning mazmun-mohiyatida ham insonni qadrlash, uning shaxs sifatida jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassam.

Hududlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolgʻiz va yolgʻiz yashovchi keksa hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻligini mustahkamlashlariga koʻmaklashish, ijtimoiy faolligini oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻrganilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan eʼlon qilingan "Dolzarb 15 kunlik" doirasida Amudaryo tumanida ham "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan tumanning ovul va mahallalarida istiqomat qiluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolar, shuningdek, yolgʻiz keksalarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati joylariga chiqqan holda oʻrganildi.

Ayni paytda markaz tomonidan 115 nafar fuqarolar “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan va ulardan 87 nafariga 14 nafar ijtimoiy xodim assistentlari biriktirilgan boʻlib, ularga uyida ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatilmoqda. Shuningdek, 68 nafar yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga minimal isteʼmol xarajatlari uchun muntazam ravishda kompensatsiya pullari toʻlanib kelinmoqda.

Reyestrga kiritilgan 115 nafar keksalarning barchasi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 37 nafar keksalarga zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashildi. 5 nafar keksaning xonadonida taʼmirlash-moslashtirish ishlari olib borilib, 17 nafar keksalarga sogʻlomlashtirish uchun sanatoriylarga yoʻllanmalar ajratildi. 11 nafar keksalarning yaqinlari va boshqa qarindoshlari bilan munosabatlarini tiklashlarida amaliy yordamlar berildi.

“Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimi bilan hamkorlikda tuman mahallalarida 6 turdagi toʻgaraklar tashkil qilinib, keksalarning salomatligini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, fitnes-sogʻlomlashtirish toʻgaragi, kitobxonlik, shaxmat-shashka, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish, psixologik trening, "Keksalar maʼnaviyati" toʻgaraklariga 75 nafar keksalar jalb qilingan.

Shuningdek, “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz va yolgʻiz yashovchi keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiylashuvini taʼminlash, jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ijtimoiy jabhalardagi faolligini oshirish maqsadida yil boshidan turli xil mavzulardagi madaniy va bayram tadbirlari tashkil qilinib, bu tadbirlarda reyestrga kiritilgan keksalarning ishtiroki taʼminlandi.

"Faol hayotga qadam" dasturi doirasida 5 turdagi yangi xizmatlar ishga tushirildi. Unga koʻra, Amudaryo tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish, uy sharoitida qarab turish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati, kunduzgi qatnov asosida qarab turish va shaxsiy yordamchi xizmatlari namunali tarzda amalga oshirilmoqda.

Endilikda davlatimiz gʻamxoʻrligi tufayli mazkur xizmatlardan nafaqat “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻizlar, balki “Kambagʻal oilalar reyestri” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar ham vaucher asosida foydalanishi mumkin boʻladi.

“Faol hayotga qadam” dasturining asosiy maqsadi esa oilani kambagʻallikdan farovonlik sari olib chiqish, bunday toifadagi oilani tibbiy-ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda nogironlikning oldini olishga qaratilgan insonparvarlik tamoyilidan iborat.

Ayni vaqtda Amudaryo tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan barcha ovul va mahallalar masʼullari bilan hamkorlikda mazkur xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan fuqarolar belgilangan mezonlar asosida oʻrganib chiqilib, vaucherlar shakllantirish ishlari olib borilmoqda hamda tadbirkorlar ishtirokida yangi dastur doirasida xizmatlarni tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Insonning oʻz hayotidan rozi, farovon va yaxshi yashashi nafaqat davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, balki atrofidagi yaqinlari va mahalladoshlarining samimiy munosabati va mehr-oqibatiga ham koʻp jihatdan bogʻliq. Shu bois, Amudaryo tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan ularning ijtimoiylashuvini taʼminlash, turli xil koʻngilochar tadbirlar bilan qamrab olish orqali koʻtarinki kayfiyat bagʻishlash, bayram sanalari munosabati bilan tadbirkorlarni jalb qilgan holda sovgʻalar taqdim etishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shunday boʻlsa-da, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Amudaryo tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida "Dolzarb 15 kunlik" doirasida olib borilgan oʻrganishlar jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019