16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:19
Jamiyat 👁 190

Maqsadimiz – Yangi Oʻzbekistonning barqaror taraqqiyotini taʼminlashga hissa qoʻshish

Maqsadimiz – Yangi Oʻzbekistonning barqaror taraqqiyotini taʼminlashga hissa qoʻshish

30-iyun – Yoshlar kuni

Aholisining 60 foizdan ortigʻini yoshlar tashkil etadigan jannatmakon yurtimiz kelajagini maʼnan va sogʻlom, barkamol avlod yaratadi. Shunday oʻta masʼuliyatli, shu bilan birga butun xalq, millat taqdiri bilan bogʻliq ulkan vazifani zimmasiga olishga qodir barkamol yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish uchun mamlakatimizda zarur zamonaviy shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Dunyo hamjamiyati tomonidan “Oʻzbekiston – imkoniyatlar mamlakati” deb tan olinishi ham bejizga emas. Chunki bugungi kunda barcha imkoniyatlardan samarali foydalanib, zamonaviy bilim va tafakkurga, sogʻlom dunyoqarashga ega boʻlayotgan, dunyo yoshlari bilan ilmda, sportda, madaniyat va sanʼatda, qoʻyingki, hayotning barcha jabhalarida bellashishga qodir, “Oʻzbekistonning toza qon tomirlari” – navqiron avlod katta ishonch bilan hayotga dadil kirib kelayotgani qalblarimizga quvonch bagʻishlaydi.

Amudaryolik yoshlar orasida ham bilimdon, intiluvchan va tashabbuskor yoshlar safi tobora kengayib borayotir. Ayniqsa, har bir yoshni oʻz iqtidori va qobiliyatiga muvofiq yoʻnaltirish, kasbiy mahoratini oshirish, ilm-u hunar egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, Yoshlar agentligi Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan 2025-yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish maqsadida mahallabay oʻrganishlar orqali yoshlarning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga koʻra, yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb etish, ular oʻrtasida madaniyat, sport, axborot texnologiyalari va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yanvar-fevral oylarida 14-30 yosh oraligʻidagi 53 227 nafar yoshlar xatlovdan oʻtkazilib, “Yoshlar balansi” shakllantirildi. Yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ularning salkam 40 ming nafari “yashil”, 15 408 nafari “sariq,” 300 nafardan ziyodrogʻi “qizil” toifaga ajratildi. “Sariq” toifadagi 750 nafar ishsiz yoshlar tumandagi 24 nafar rahbarga biriktirildi.

Shuningdek, joriy yil 6 oy yakuni boʻyicha “Yoshlar daftari”ga tuman hududidan 210 nafar yoshlar kiritilib, shundan 175 nafariga kasbga oʻqitish, salomatlik va maʼnaviy rivojlanishga qaratilgan amaliy yordamlar koʻrsatildi. Oʻtgan 2024-yil yakunida daftarda qolgan 38 nafar yoshlar hamda 2025-yilning 6 oy yakuni boʻyicha “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand yoshlarga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi tomonidan 624 mln. 874 ming soʻm miqdorida moddiy yordamlar berildi.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar “Yoshlar daftari”ga qoʻshimcha 428 nafar yoshlar kiritilib, ushbu yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish yuzasidan manzilli rejalar ishlab chiqildi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarni professional sertifikatga oʻqitish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tufayli 8 nafar yoshlar xalqaro darajadagi sertifikatga ega boʻldilar. Kambagʻal oilalarning 160 nafar farzandlari IT va axborot texnologiyalari yoʻnalishida oʻqitildi.

Yoshlarning muammo va takliflarini atroflicha oʻrganish maqsadida 2025-yil yanvar-may oylarida yoshlar bilan 5-marta onlayn, 5 marotaba yuzma-yuz uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlar davomida yoshlar tomonidan 30 ta muammo va takliflar kelib tushdi va ularning barchasi ijobiy hal qilindi.

Prezidentimizning “Yosh­lar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 62-sonli Qarori asosida 7-yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan jismoniy shaxslarga garovsiz 100 mln soʻmgacha, yakka tadbirkor sifatida faoliyat yurituvchi yoshlarga, shuningdek, taʼsischilari yosh fuqarolar boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish oʻrni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7-yilgacha muddatga 5 mlrd soʻmgacha mablagʻlar ajratilishi belgilangan. Mazkur Qaror asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan 50 nafardan ortiq yoshlardan ayni paytda 12 nafariga imtiyozli kreditlar ajratilib, oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻydilar.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilayotgan turli sport musobaqalari, kitobxonlik kechalari, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan, millatlararo totuvlik targʻibotiga bagʻishlangan sheʼriyat kechalari, “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlariga tumanning deyarli barcha hududlaridagi yoshlar qamrab olinmoqda. Xususan, joriy yilning oʻtgan davri davomida tashkillashtirilgan harbiy vatanparvarlik mavzusidagi “Yosh chegarachilar”, “Yosh qutqaruvchilar” va “Yosh gvardiyachilar” musobaqalariga salkam 800 nafar yoshlar jalb etildi.

Bundan tashqari, tumanimiz hududida joylashgan harbiy qismlarda 3-marta "Ochiq eshiklar kuni" tashkil qilinib, ushbu tadbirlarga 250 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Shuningdek, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida 24-marta tungi reyd tadbirlari oʻtkazilib, voyaga yetmagan yoshlarning ota-onalar va vasiylar qaramogʻisiz tungi paytlarda koʻngilochar kafe va restoranlarga chiqish­larining oldi olindi.

Yoshlar hayotiga oid muammolar yechimini topishda tashabbuskor yoshlarning oʻzlari ham ishtirok etayotgani eʼtiborga munosib. Oʻzlarining umummanfaati uchun foydali taklif va gʻoyalari bilan eng chekka qishloqlarda ham sport-sogʻlomlashtirish inshootlarini barpo etish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish istagidagi tadbirkor va volontyor yoshlar safi oshib borayotganidan ayonki, yoshlar kelajagiga daxldorlik hissi bilan yashash amudaryoliklar uchun hayot mazmuniga aylangan. Chunki har bir oilaning farovon va baxtiyor turmush tarzi, ona Vatan farovonligi bugungi yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga qaratilgan eʼtibor va ragʻbatga bogʻliq. Farzandlari sogʻlom va barkamol yurt esa zamon bilan hamnafas, barqaror taraqqiy etaveradi. Maqsadimiz – Yangi Oʻzbekistonning barqaror taraqqiyotini taʼminlashga munosib hissa qoʻshish.

Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz va amudaryolik yoshlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklayman. Ezgu orzular, buyuk imkoniyatlar mamlakati – Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish, mustaqilligimizni mustahkamlash yoʻlidagi ulugʻvor ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.

Behzod Oʻrinboyev, Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tuman boʻlimi rahbari.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019