16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:04
Jamiyat 👁 237

Mahallada sodir etilgan ogʻir jinoyat muhokama qilindi

Mahallada sodir etilgan ogʻir jinoyat muhokama qilindi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etildi. Shu maqsadda ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham samarali amalga oshirib kelinmoqda. Afsuski, olib borilayotgan ishlarga qaramay, jamiyatda jinoyatchilik holatlari kuzatilib turibdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekov raisligida Amudaryo tumanining Tor yop mahallasi hududidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabi faollar zalida jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxammetali Xoʻjamuratov, Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev, profilaktika inspektorlari, “Mahalla yettiligi” aʼzolari hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda joriy yil 20-iyun kuni Tor yop mahallasi hududida sodir etilgan oilaviy nizo oqibatida yuz bergan jinoyat muhokama markazida boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Zaxmatkash koʻchasida yashovchi 1978-yilda tugʻilgan fuqaro uyidagi oʻgʻay ukasi tomonidan tan jarohati yetkazilib, ogʻir holatda tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga olib kelingan va shoshilinch jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.

Tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida, voqea kuni kechki payt uy ishlari bilan bogʻliq kelishmovchilik tufayli jabrlanuvchi va uning oʻgay ukasi — 2003-yilda tugʻilgan yigit oʻrtasida janjal kelib chiqqanligi maʼlum boʻlgan. Janjal chogʻida gumonlanuvchi tovuqxona devoriga suyab qoʻyilgan belni olib, jabrlanuvchining ortidan borgan va kesuvchi temir qismi bilan jabrlanuvchining boshining ensa sohasiga zarba bergan. Jabrlanuvchi yerga yiqilgandan soʻng, gumonlanuvchi uning boshining ensa va yuz qismlariga yana bir necha marta urgan. Oqibatda belning temir qismi yogʻoch dastasidan ajralib tushgan va gumonlanuvchi harakatini toʻxtatgan.

Hushini yoʻqotgan jabrlanuvchini koʻrib qolgan oʻgay onasi tez tibbiy yordam xizmatiga qoʻngʻiroq qilgan va jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Gumonlanuvchining koʻrsatmasida qayd etilishicha, oʻsha kuni parrandalar qoʻrasining eshigi yopilmay qolgani tufayli u va oʻgay opasi oʻrtasida ogʻzaki tortishuv yuzaga kelgan. Unga koʻra, janjal chogʻida opasi uni haqorat qilgan va u oʻzini tutib turolmasdan, bel bilan uning bosh qismiga bir necha marta zarba bergan.

Yigʻilish yakunida masʼullar tomonidan jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishda fuqarolarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Ayniqsa, oilaviy nizolarni barvaqt bartaraf etish, mahalladoshlar va profilaktika inspektorlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish, jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish jamiyat xavfsizligining muhim kafolati ekani alohida qayd etildi. Darhaqiqat, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda har bir fuqaroning javobgarligi va faolligi hal qiluvchi oʻrin tutadi. Shunday ekan, jamiyatda tinchlik va xotirjamlikni taʼminlashga har birimiz hissa qoʻshishimiz lozim.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019