16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:24
Iqtisodiyot 👁 861

IYuN OYIDA TUMAN PENSIYa JAMGʻARMASI TOMONIDAN 25 MING 534 NAFAR FUQAROGA 31,16 MLRD SOʻM PENSIYa HISOBLANDI

IYuN OYIDA TUMAN PENSIYa JAMGʻARMASI TOMONIDAN 25 MING 534 NAFAR FUQAROGA 31,16 MLRD SOʻM PENSIYa HISOBLANDI

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, davlat va jamiyat hayotida yillar davomida amalga oshirgan fidoyi mehnatini ragʻbatlantirish, yoshi ulgʻayganida qadr-qimmatini ulugʻlash davlat siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlardan biri sanaladi. Bu Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 46-moddasida ham oʻz aksini topgan. Unga koʻra, “Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, shuningdek, boquvchisini yoʻqotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega”. Shu bois, mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish orqali ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 4,5 mln. nafardan ziyod fuqaro turli toifadagi pensiyalarni olishadi. Ulardan salkam 216 ming nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qilishadi. Amudaryo tumanida 25 ming 534 nafar pensionerlar boʻlib, ularning pensiyalarini oʻz vaqtida, qiyinchiliklarsiz olishlarini taʼminlashga qaratilgan vazifalar ijrosi davlatimiz tomonidan doimiy nazoratda.

Ayni paytda tuman Pensiya jamgʻarmasida hisobda turuvchilarning pensiya pullarini oʻz vaqtida, hech qanday toʻsiqlarsiz olishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan. Joriy yilning iyun oyida 25 ming 534 nafar fuqaroga jami 31,16 mlrd soʻm pensiya pullari toʻlandi. Shundan 19 ming 863 nafar fuqaroga plastik kartalar orqali 23,56 mlrd soʻm, 5 ming 671 nafar fuqaroga esa naqd pul shaklida 7,6 mlrd soʻm beminnat yetkazib berildi.

Pensiya taʼminoti borasidagi yangiliklar va oʻzgarishlardan xalqimizni vaqtida xabardor qilib borish, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga aniq va puxta javob berish maqsadida tuman Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining malakali mutaxassislari tomonidan muntazam ravishda tushuntirish va targʻibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, Prezident Qaror va Farmonlari yuzasidan aholi bilan yuzma-yuz muloqot tadbirlari oʻzining ijobiy samarasini berib, fuqarolar pensiya tayinlashdagi qulayliklardan oʻz vaqtida xabardor boʻlishmoqda.

Yoshga doir pensiya tayinlash borasidagi qulaylik tufayli 2025-yil 1-martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiya “avtomatik” tarzda, hech qanday hujjat talab qilmasdan, fuqarolarning murojaatisiz tayinlanib, fuqarolarning shaxsiga oid barcha maʼlumotlar vazirlik va idoralar elektron bazalaridan olinadigan boʻldi. Tizimdagi bu oʻzgarish pensiya tayinlash borasidagi qogʻozbozliklarga, behuda ovoragarchiliklarga barham beribgina qolmay, xalqimizning qimmatli vaqtini tejash imkonini yaratdi.

Joriy yil 2-iyunda qabul qilingan, xalqimiz, ayniqsa, pensionerlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni va ushbu Farmondan kelib chiqadigan vazifalar, shuningdek, qanday holatlarda fuqaroga koʻproq, qanday holatlarda kam pensiya tayinlanishi yuzasidan oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari qizgʻin savol-javoblar, munozaralarga boy tarzda oʻtayotganidan ayonki, bu borada xalqimizning huquqiy madaniyati oshib bormoqda va ular oʻz kelajagiga befarq emas.

Tizimda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli fuqarolarga pensiya tayinlash, farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash, pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqidagi, pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar endilikda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilayotgani tizimdagi byurokratik toʻsiqlarga barham berdi va fuqarolarning ovoragarchiligiga chek qoʻydi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi “Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi Qaroriga koʻra, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida aholiga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibini takomillashtirish orqali pensiya oluvchilar va nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilmoqda.

Unga asosan fuqarolarga nogironlikni belgilash munosabati bilan pensiyalarni alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash hamda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqining berilishi, ayrim toifadagi shaxslarga kompensatsiyalarni elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash, fuqaroning pensiya miqdorini har ikki yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash, pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartib-taomillarini raqamlashtirish orqali nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni oluvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda.

“Inson qadri uchun” tamoyili asosida tuman Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi mutaxassislari xalq orasida boʻlib, Prezident Farmon va Qarorlarining mazmun-mohiyati, pensionerlar, nogironlik nafaqasini oluvchi shaxslar uchun beriladigan soliq imtiyozlari, qariganda yaxshi pensiya olish uchun qanday hujjatlar zarurligi yuzasidan oʻtkazilayotgan ochiq muloqot tadbirlari orqali fuqarolar oʻz huquq va burchlarini chuqur anglab olishlariga yaqindan yordam berishmoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019