16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:39
Siyosat 👁 191

Harbiy xizmatchilarning ota-onalari sharaflandi

Harbiy xizmatchilarning ota-onalari sharaflandi

Mamlakatimizda yosh avlodni yuksak vatanparvarlik, milliy gʻurur va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Vatan sarhadlari himoyasida sadoqat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish, ularning ota-onalariga hurmat koʻrsatish va mehnatini munosib qadrlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu kabi chora-tadbirlar Vatan himoyasida xizmat qilayotgan yoshlarni yanada ruhlantiradi.

Yaqinda ana shunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanidagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda tashkil etildi. Unda mamlakatimiz sarhadlarida yurt himoyasi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning ota-onalariga hurmat va eʼtirof ramzi sifatida “Minnatdorlik xati” topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar tomonidan harbiy xizmat — bu yurt, millat va xalq oldidagi yuksak insoniy masʼuliyat ekani taʼkidlandi. Shuningdek, bugungi tinch va osuda hayotimiz, mamlakat taraqqiyoti zamirida ana shunday jasur va intizomli yoshlarning xizmatlari mujassam ekani alohida qayd etildi. Shu maʼnoda, har bir ota-ona farzandining bu yoʻldagi xizmatidan faxr tuyayotgani eʼtirof etildi. Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati tomonidan yuborilgan “Minnatdorlik xati” oʻqib eshittirilib, harbiy xizmatchilarning ota-onalariga tantanali ravishda topshirildi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyatidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan kichik serjant Shohzod Yodgorovning Vatan oldidagi burchiga sadoqati, davlat chegaralarini qoʻriqlashdagi jasorati, intizomi va namunaviy faoliyati yuksak eʼtirof etildi. Uning ota-onasi — Amudaryo tumanida istiqomat qiluvchi Farhod Xaqnazarov va Maqsuda Yusupovalarga “Minnatdorlik xati” tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Jizzax viloyatidagi harbiy qismda  oʻz xizmat  burchini oʻtayotgan kichik serjant Akmal Xolboyevning faoliyati ham namuna sifatida qayd etildi. Uning onasi — Amudaryo tumanidagi Toʻlqin ovulida istiqomat qiluvchi Nasiba Saparboyeva ham shu mazmundagi “Minnatdorlik xati”ni faxr bilan qabul qilib oldi.

Qashqadaryo viloyatida xizmat qilayotgan oddiy askar Olimboy Gulimbatovning ham Vatan oldidagi xizmati munosib baholandi. Uning ota-onasi — Amudaryo tumani Xitoy ovulida istiqomat qiluvchi Anvar Aytbayev va Gulchexra Karimovalarga ham Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati tomonidan “Minnatdorlik xati” topshirildi.

Shubhasiz, bunday tadbirlar yurtimizda xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolariga faxr-iftixor bagʻishlaydi. Farzandini Vatanga sadoqatli, fidoyi inson sifatida tarbiyalagan ota-onalar mehnatining eʼtirof etilishi — jamiyatda inson qadrini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yoshlar qalbiga mustahkam singdirishga xizmat qiladi. Bu esa, oʻz navbatida, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, muqaddas Vatan sarhadlarini qoʻriqlashdek sharafli burchni sidqidildan ado etayotgan yurt farzandlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019