16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:55
Siyosat 👁 320

Davlat boshqaruvida vakillik organlari roli oshib bormoqda

Davlat boshqaruvida vakillik organlari roli oshib bormoqda

Mamlakatimizda "Inson qadri uchun" tamoyilini amalga oshirish, xalq bilan davlat idoralari oʻrtasidagi byurokratik toʻsiqlarga batamom barham berish, xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar zamirida aholi farovonligi, hayotdan rozi yashashini taʼminlashdek ezgu maqsadlar mujassam. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish Kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PF-98-sonli Farmoni mazmun-mohiyatida ham hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi hayotiga doir dolzarb masalalarni hal etish borasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlarini yanada takomillashtirish orqali xalqning turmush farovonligini yuksaltirish  nazarda tutilgan.

Ushbu Farmon bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga koʻra,  mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilishi belgilanganidan kelib chiqib, endilikda "Kuchli Kengash, hisobdor va   tashabbuskor hokim" tamoyilini roʻyobga chiqarish orqali davlat va xalq hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish boʻyicha keng qamrovli vazifalar  belgilab berildi. Xususan, ijro hokimiyati organlarining mahalliy xalq   vakillari oldidagi doimiy hisobdorligini oshirish, fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirok etish jarayonlarini mustahkamlash, bunda hududiy boshqaruvni "Aholi manfaatlariga xizmat qilish" tamoyili asosida nomarkazlashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining  vazifalarini aniq belgilash, hududlararo savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash va ularni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish orqali mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar  rivojlantirish Kontseptsiyasini amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl xaritasi" ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Kontseptsiyada belgilangan "Yoʻl xaritasi"ga koʻra, endilikda  koʻchmas mulkdan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilash, dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn qilish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taʼriflar miqdorini tasdiqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish   topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish, yoʻllarning ayrim qismlarida  harakat tezligini oshirishga yoki kamaytirishga doir tegishli yoʻl belgilarni  oʻrnatishga ruxsat berish vakolatlari Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazilmoqda.

Bundan tashqari, byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismini mahalliy Kengash deputatlari tashabbusi asosida shakllantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi. Bu esa mahalliy byudjet mablagʻlarining maqsadli taqsimlanishini taʼminlash imkonini beradi. Shuningdek, Kontseptsiya bilan jamoatchilik asosida mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar guruhlari hamda el ichida yuksak obroʻ-eʼtiborli NNTlar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillaridan iborat  jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Maslahat guruhlarining tashkil etilishi belgilangan. Yana bir muhim tomoni mahalliy Kengashlar  kotibiyatlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari Kengashlarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda hisob-kitob tizimi joriy etilib, Xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisi oʻrinbosari instituti tashkil etilib, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalarida shaffoflik tarzida muhokama qilish, Kengash         sessiyalarida nomzod tomonidan oʻz yoʻnalishi boʻyicha hududni rivojlantirish dasturini taqdim qilish tartibi joriy etiladi.

"Yoʻl xaritasi"ga koʻra, Senat bilan  mahalliy Kengashlar oʻrtasida mustahkam aloqa oʻrnatiladi. Unga koʻra, "Saylovchi — deputat — hokim — Kengash" toʻrt boʻgʻinli oʻzaro hamkorlik tizimi yoʻlga qoʻyiladi. "Kuchli  Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim" tamoyilini amalga oshirishda izchillikni yuqori darajada taʼminlash choralari koʻriladi va mahalliy Kengashlarda deputatlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aholi hayotiga doir ayrim  muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish boʻyicha "Kengash soati"  instituti  joriy etiladi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, endilikda Kengash qarori bilan lavozimga tasdiqlanadigan shaxslarning lavozimga tayinlanishida roziligi olinadigan mansabdor shaxslar tomonidan odob-axloq normalarini buzganlik boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish vakolati ham mahalliy Kengashlarning

Reglament va deputatlik  odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyalariga beriladi. Shu paytgacha Mahalliy Kengash sessiyalarida oddiy fuqarolarning  ishtiroki taʼminlanmagan edi.Kontseptsiyaga koʻra, mahalliy Kengash qarorlarining ochiqligini taʼminlash maqsadida fuqarolarning sessiya ishini bevosita kuzatish   imkoniyati yaratilmoqda. Yaʼni  mahalliy Kengash sessiyalarida  fuqarolarning sessiya  ishiga aralashish huquqisiz kuzatuvchi sifatida ishtirok etish tartibi  belgilandi.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning "Oʻzbekiston Respublikasida  mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar   rivojlantirish Kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PF-98-sonli   Farmonining butun mazmun-mohiyati xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish,  hayotdan rozi yashashlarini taʼminlash, ular hayotiga oid dolzarb muammolarni hal etishda "Mahalla yettiligi"—mahalliy Kengash—viloyat, yaʼni Joʻqorgʻi Kenges —  Senat"  hamkorligini izchil  yoʻlga qoʻyish orqali byurokratik toʻsiqlarga, korruptsiyaviy holatlarga batamom barham berishdek kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar ilgari surilgan. Chunki deputatlik — bu mansab emas, xalq ichida yurib, xalqning dardini eshitadigan, muammolariga yelka tutib, hayotlariga farovonlik baxsh etish choralarini koʻradigan, qolaversa,  saylovchilar ishonchini qozonib,, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organida xalq nomidan faoliyat olib boruvchi  xalqning ishonchli vakilidir. Ana shu ishonchga sazovor boʻlish esa deputatning zimmasidagi eng oliy burchidir.                                                                                                                                                             

XONIMJON RAJABOVA, 2-BOYOVUL SAYLOV OKRUGIDAN XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShI DEPUTATI.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026