16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Siyosat 👁 249

"NURONIY" JAMGʻARMASI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOʻLIMI TOMONIDAN "GʻAYRATLI KEKSALAR" ShIORI OSTIDA SPORT MUSOBAQALARI TAShKIL ETILDI

"NURONIY" JAMGʻARMASI  QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BOʻLIMI TOMONIDAN "GʻAYRATLI KEKSALAR"  ShIORI OSTIDA  SPORT MUSOBAQALARI TAShKIL ETILDI

Mamlakatimizda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan  barcha ezgu ishlarning mazmun-mohiyatida xalqimizning hayotdan rozi yashashini taʼminlash, turmush tarzini ijobiy va yaxshi tomonga oʻzgartirish, qaysi yosh toifasida boʻlishidan qatʼiy nazar har bir insonning  ijtimoiy faolligini oshirish, ularning yashash, dam olish sharoitlarini zamon talablari darajasiga koʻtarishdek ezgu maqsadlar mujassam. Ayniqsa, oʻzlarining yoshlik shijoatini, kuch-gʻayratini el-yurt farovonligi yoʻlidagi fidoyi mehnat onlariga bagʻishlagan, bugungi kunda  keksalik pallasiga kirgan nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Bu borada   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori muhim dasturulamal  boʻlib xizmat qilmoqda. Mazkur Qarorga koʻra,  keksa yoshdagi fuqarolar uchun  sport tadbirlarini tashkil etish,  ularni  jismoniy tarbiya va  sport bilan shugʻullanishga jalb qilish, shuningdek, keksalarning sport tadbirlarida qatnashishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni tashkil etish  hamda  ularni sportga keng jalb qilish uchun  "Nuroniy" jamgʻarmasi hisobidan  har bir mahallaga  yiliga 10 mln soʻm miqdorida mablagʻ ajratish belgilangan edi.  Ushbu  Qaror  ijrosini taʼminlash maqsadida "Nuroniy" jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimi  tomonidan ishlab chiqilgan rejaviy jadvalga muvofiq tumanning deyarli barcha hududlarida istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqarolarning qiziqishlarini inobatga olgan holda tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy koʻngilochar   tadbirlarda va sport musobaqalarida barcha yosh toifasidagi keksalarning ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, nuroniylar oʻrtasida tashkillashtirilayotgan sport musobaqalarida qatnashish istagidagi fuqarolar safi kun sayin oshib bormoqda.

Ana shunday sport musobaqalaridan biri yaqinda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining sport maydonida ham oʻtkazilib, unda tumandagi ovul va mahallalarda tashkil etilgan keksa yoshdagi fuqarolardan iborat  nuroniylar futbol jamoalari oʻzaro bellashdilar. "Gʻayratli keksalar" shiori ostida, sportning mini futbol turi boʻyicha tashkil etilgan mazkur musobaqaning ochilish marosimida "Nuroniy" jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Tursunbay Abdijabbarov, jamgʻarmaning Amudaryo tuman boʻlimi masʼullari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari  xodimlari, shuningdek, aholi vakillari ishtirok etdilar.

Qizgʻin va qiziqarli bahslarga boy tarzda oʻtgan musobaqalarda  tumanning ovul va mahallalarida  tashkil etilgan nuroniylar mini futbol jamoalari aʼzolari, haqiqatdan ham gʻayratli keksalar gʻoliblik uchun  kurash olib bordilar. Musobaqa yakunlariga koʻra, oʻz oʻyinlari orqali yuksak sabr-toqat bilan epchillik, kurashchanlik namunalarini koʻrsatgan Kuyuk koʻpir ovul fuqarolar yigʻinining "Kuyuk koʻpir" mini futbol jamoasining gʻayratli keksa sportchilari faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

2-oʻrin Beshovul MFYning "Beshovul" jamoasiga, 3-oʻrin esa Olmazor mahallasining nuroniy sportchilar jamoasiga nasib etdi. Oʻzaro hamjihatlik va doʻstona ruhda oʻtkazilgan musobaqa yakunida "Nuroniy" jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Tursunbay Abdijabbarov gʻolib jamoalar aʼzolariga "Nuroniy" jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi  boʻlimi tomonidan tayyorlangan Diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdi.

ROBIYa  YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019