16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Siyosat 👁 334

Amudaryo tumanida ijtimoiy soha obʼektlari qurilishi jadallashmoqda

Amudaryo tumanida ijtimoiy soha obʼektlari qurilishi jadallashmoqda

Soʻnggi yillarda yurtimizda qishloq joylarni har tomonlama rivojlantirish, aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini zamon talablari asosida yangilash, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, ijtimoiy soha obʼektlarini barpo etishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar qishloq joylarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratish va turmush madaniyatini yuksaltirishda muhim oʻrin tutmoqda. Ayniqsa, xalqaro hamkorlikdagi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar orqali hududlardagi infratuzilmaviy muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

Xususan, 2021-yil 18-sentyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ushbu yoʻnalishda muhim dasturulamal boʻlib xizmat etmoqda.

Loyiha Islom taraqqiyot banki hamda OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi moliyaviy koʻmagi asosida amalga oshirilayotgan boʻlib, bugungi kunda Amudaryo tumanida bir qator ijtimoiy soha obʼektlarida qurilish ishlari jadal surʼatda olib borilmoqda. Bu jarayonda 4 ta pudratchi tashkilot faol ishtirok etmoqda.

Qurilish jarayonlari tuman prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda oʻrganib chiqilib, obʼektlar doimiy nazoratga olingan. Xususan, “Zamin qurilish trans servis” MChJ tomonidan bir nechta hududda maktabgacha taʼlim muassasalari barpo etilmoqda. Jumladan, Farovon mahallasining oʻzida 90-oʻrinli, Olmazor mahallasining Birdamlik va Yangibogʻ koʻchalari tutashgan nuqtasida 120-oʻrinli, Arna boʻyi mahallasining Pokizalik koʻchasida 150-oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi yakunlanish arafasida. Ayni paytda ushbu obʼektlarda sinov va texnik nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “Xiva qurilish kompleks” MChJ tomonidan Doʻstlik mahallasining Chamanzor koʻchasida 240-oʻrinli bogʻcha qurish ishlarini olib borilmoqda. “Baken qurilish montaj” MChJ tomonidan esa Oʻrta qalʼa va Toshyop ovullarida 3 qavatli mahalla majmualari barpo etilmoqda. “Shoʻraxan qurilish montaj” MChJ tomonidan esa Toshyop ovulida kuniga 50 nafar fuqaroga xizmat koʻrsata oladigan qishloq vrachlik punkti qurilishi davom etmoqda.

Barcha obʼektlarda ish jarayonlari belgilangan muddatga muvofiq, sifat va xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda. Tuman prokuraturasi, maxsus ishchi guruhlar, masʼul idoralar hamda texnik nazorat xizmati tomonidan qurilish ishlari doimiy monitoring qilib borilmoqda.

Shu bilan birga, inshootlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan pudratchi tashkilotlar hamda mahalliy boshqaruv organlariga aniq vazifalar va topshiriqlar yuklatilgan. Loyihaning toʻliq amalga oshirilishi tumanda taʼlim va tibbiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojni qoplash, aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Natijada, aholi uchun yaqin va qulay shart-sharoitlarda sifatli taʼlim hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi. Tuman prokuraturasi va tegishli tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari ustidan doimiy nazorat amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida koʻp qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obʼektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Doʻstlik mahallasi hududidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida 1015 xonadonli 28 ta koʻp qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha nafaqat aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini qondirish, balki ular uchun zamonaviy va qulay hayot sharoitini yaratish, shu bilan birga, hududning meʼmoriy qiyofasini tubdan oʻzgartirishga xizmat qiladi.

Ayni paytda mazkur massivda 60 xonadondan iborat 2 ta koʻp qavatli uy-joy foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlar “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaldagi ijrosini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Eng muhimi, har bir barpo etilayotgan uy-joy fuqarolarimiz farovonligi, jamiyat taraqqiyoti timsoli sifatida yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

Sharyar Joldasov, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019