16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:45
Siyosat 👁 377

Amudaryo tumanida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtohalokatlarning oldini olish boʻyicha muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtohalokatlarning oldini olish boʻyicha muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalari ishtirokida sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, ularning ayanchli oqibatlarini bartaraf etish hamda ushbu sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov ham ishtirok etib, avtohalokatlarning borgan sari koʻpayib borayotgani, ularning salbiy ijtimoiy-psixologik va iqtisodiy oqibatlari haqida keng tushuntirish berdi. Yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida hokim oʻrinbosarlari, tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, haydovchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov oʻz soʻzida bu borada profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, aholiga, xususan, haydovchilarga qoidabuzarliklarning oqibatlari haqida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borish zarurligini taʼkidladi. U, shuningdek, har bir tashkilot, mahalla va jamoatchilik vakillari bu masalada befarq boʻlmasligi lozimligini qayd etdi.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov esa oʻz nutqida yoʻl-transport hodisalari oqibatida oilalar ogʻir fojialarga uchrayotgani, ayrim hollarda butun oilaning parokanda boʻlishi, farzandlarning yetim qolishi kabi ayanchli holatlar yuz berayotganini afsus bilan tilga oldi. U yoʻl harakati madaniyatini yuksaltirish, haydovchilar va piyodalar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanishi zarurligini taʼkidladi.

Yigʻilish davomida yoʻl-transport hodisalarining ayanchli oqibatlarini aks ettirgan videorolik hamda taqdimot namoyish etildi. Unda hayotdan olingan misollar orqali yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik qanday ogʻir oqibatlarga olib kelishi koʻrsatildi. Bu esa yigʻilish ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, tumanda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni kuchaytirish, bu borada aholi oʻrtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borish, yoʻllardagi nosozliklarni bartaraf etish hamda yoʻl belgilarining toʻgʻri oʻrnatilishi boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi belgilandi.

Yigʻilish ishtirokchilari yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash – bu nafaqat IIB, balki har bir fuqaroning, har bir haydovchining fuqarolik burchi ekani toʻgʻrisida yakdil fikrga kelishdi.

Shubhasiz, yoʻl – bu har bir insonning hayot yoʻli. Bu yoʻlda har bir qadam ehtiyotkorlik, har bir harakat masʼuliyat bilan oʻlchanmogʻi lozim. Avtomobil ruliga oʻtirgan inson oʻz hayotini emas, boshqalarning ham taqdirini boshqarayotganini unutmasligi kerak. Chunki birgina beparvolik – bir umrning xazon boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Bu kabi uchrashuvlar, profilaktik tadbirlar aholining huquqiy ongini oshirish, yoʻl harakati madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, inson hayoti – bebaho qadriyat, har bir haydovchi va piyoda buni chuqur anglab yetishi zarur.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026