17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 05:00
Jamiyat 👁 261

Texnologiyalar va insoniylik: muvozanat masalasi

Texnologiyalar va insoniylik: muvozanat masalasi

Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Har birimiz ertalab uygʻonganimizda, avvalo telefonimizga qaraymiz, ishda kompyuter oldida vaqt oʻtkazamiz, kechqurun esa ijtimoiy tarmoqlarda doʻstlarimiz bilan muloqot qilamiz. Ammo shuncha qulayliklar va yengilliklar ortida katta savol turibdi: texnologiyalar insoniylikni yutib yubormayaptimikan?

Texnologiyalar, ayniqsa sunʼiy intellekt va raqamli vositalar, bizga katta imkoniyatlar yaratmoqda. Ish jarayonlari tezlashdi, masofaviy taʼlim va ishlash imkoniyatlari paydo boʻldi, dunyo bilan bir necha soniyada bogʻlanish oddiy holga aylandi. Shu bilan birga, virtual dunyoga haddan tashqari bogʻlanish insoniy qadriyatlar, shaxsiy muloqot va mehr-oqibatga putur yetkazayotganini inkor qilib boʻlmaydi.

Soʻnggi yillarda yoshlar orasida yuzma-yuz muloqot qilish koʻnikmalari susaygani kuzatilmoqda. Doʻstlar bilan samimiy suhbat oʻrnini qisqa xabarlar, emoji va layklar egallamoqda. Shu bilan birga, koʻpchilik texnologiyalar ortidan quvib, oʻz hayotining haqiqiy maqsadini unutib qoʻyayotgani ham sir emas.

Albatta, texnologiyalarni toʻliq rad etib boʻlmaydi va bunga ehtiyoj ham yoʻq. Chunki ular hayotimizni yanada qulay va samarali qilmoqda. Muhimi — ularni toʻgʻri boshqarish va insoniylik bilan muvozanatni saqlash. Oilaviy davralarda telefonni bir chetga qoʻyib, farzandlarimiz bilan yuzma-yuz suhbatlashish, doʻstlar bilan tirik muloqotni davom ettirish, bir soʻz bilan aytganda, haqiqiy hayotning goʻzalligini unutmaslik kerak.

Jamiyatimizda “raqamli detoks” tushunchasi ham ommalashmoqda. Raqamli detoks deganda, telefon, planshet, noutbuk kabi texnologik vositalardan maʼlum vaqt davomida ongli ravishda voz kechish tushuniladi. Vaqti-vaqti bilan texnologiyalardan vaqtincha voz kechib, oʻzimizni ruhiy va jismoniy jihatdan tozalash, tabiiy hayotga qaytish sogʻlom turmush uchun muhim sanaladi. Raqamli detoksni samarali oʻtkazish uchun avvalo vaqt va mashgʻulotlarni oldindan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, dam olish kunlarini telefon va internetdan uzoqda oʻtkazishga harakat qiling. Piyoda sayr qilish, kitob oʻqish, sport bilan shugʻullanish yoki gadjetsiz bajariladigan boshqa sevimli mashgʻulotlarga vaqt ajrating.

Yotishdan kamida ikki soat avval telefon, noutbuk va televizordan foydalanishni cheklash tavsiya etiladi. Shu bilan birga, kechasi telefonda maxsus tungi rejimni yoqishni unutmang. Kitob mutolaa qilayotgan paytda yoki yaqinlaringiz bilan uchrashuv chogʻida telefonni ovozsiz holatga oʻtkazib, uni alohida xonada yoki sumkada qoldirish maqsadga muvofiq.

Shunday ekan, texnologiyalarni dushman sifatida emas, balki yordamchi vosita sifatida qabul qilishimiz lozim. Insoniylik — bizning eng katta boyligimiz. Uni texnologiyalar soyasida yoʻqotmasdan, aksincha, ularni jamiyat rivoji va farovonligi yoʻlida toʻgʻri yoʻnaltirish — barchamizning vazifamiz.

Diyorbek Bozorboyev, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019