16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:02
Siyosat 👁 785

“Hokimlik soati”da aholi murojaatlari bilan ishlashish masalasiga eʼtibor qaratildi

“Hokimlik soati”da aholi murojaatlari bilan ishlashish masalasiga eʼtibor qaratildi

Huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish yoʻlida davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini taʼminlash bugungi kunning eng muhim talablari sirasiga kiradi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning aholi bilan bevosita muloqot qilishi, ularning muammolarini qonuniy hal etishi aynan mana shunday huquqiy bilim va amaliy koʻnikmalarga bevosita bogʻliqdir.

Shu maqsadda, joylarda muntazam ravishda turli oʻquv-seminarlari hamda huquqiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ana shunday muhim va ahamiyatli tadbirlarning navbatdagisi Amudaryo tumani hokimligida boʻlib oʻtdi.

Tuman Adliya boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan “Hokimlik soati” tadbiri davlat xizmatchilarining kasbiy malakasini oshirish, qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbir kun tartibidagi eng asosiy masala – bu bugungi kunda davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro muloqotning asosiy koʻprigi vazifasini oʻtovchi murojaatlar instituti boʻldi. Ishtirokchilarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning hamda ushbu sohaga oid boshqa muhim qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati tushuntirildi.

Maʼlumki, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masʼul xodimdan yuksak masʼuliyat, eʼtibor va qonunlarga qatʼiy itoat etishni talab qiladi. Shu bois, seminar davomida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi, muddatlari va ularni qonuniy hal etishning oʻziga xos jihatlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini buzish, fuqarolarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻluvchi sansolarlik holatlariga yoʻl qoʻyish qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida alohida toʻxtalib oʻtildi.

“Hokimlik soati” doirasida faqatgina huquqiy masalalar bilan cheklanib qolinmadi. Bugungi kunda dolzarb boʻlib turgan ekologik holat, atrof-muhit ozodaligi va hududlarni obodonlashtirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bilamizki, ekologik tozalikni saqlash jamiyatning faol aʼzosi, ayniqsa, rahbar xodimlarning eng asosiy burchlari qatorida turadi. Xususan, tadbir ishtirokchilariga mahallalar va koʻchalarni chiqindilardan tozalash, hududlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishni taʼminlash hamda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha zarur tushuntirishlar va koʻrsatmalar berildi.

Qizgʻin va ochiq muloqot ruhida oʻtgan tadbir yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq va qonunchilikka asoslangan holda batafsil javoblar oldilar.

Bunday formatdagi ochiq muloqotlar xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning kundalik ish faoliyatida duch keladigan turli muammoli vaziyatlarni qonuniy va adolatli hal etishlari uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019