16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:17
Qishloq xoʻjaligi 👁 103

Chigit ekish ishlari zamonaviy texnologiyalar asosida, qatʼiy nazorat ostida amalga oshirilmoqda

Chigit ekish ishlari zamonaviy texnologiyalar asosida, qatʼiy nazorat ostida amalga oshirilmoqda

Qishloq xoʻjaligi sohasida yuqori samaradorlikka erishish, yer resurslaridan unumli va oqilona foydalanish, shuningdek, aholi farovonligini taʼminlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Ayniqsa, mamlakatimizda paxtachilik yoʻnalishida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ilgʻor agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish va zamonaviy klaster tizimi asosida faoliyat yuritish ushbu sohaning mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Shu bilan birga qishloq xoʻjaligida, xususan, paxtachilik tarmogʻida ilm-fanning soʻnggi yutuqlariga tayanish, eng zamonaviy va tejamkor agrotexnologiyalardan foydalanish, ortiqcha xarajatlarni keskin kamaytirish hamda dehqon va fermerlarning real daromadini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.

Yurtimiz dalalarida bahor nafasi kezayotgan, tabiat uygʻonib, tuproq tobga kelgan ayni aprel oyining iliq kunlarida Amudaryo tumanidagi barcha fermer xoʻjaliklarida ham joriy yilgi paxta hosili uchun chigit ekish ishlari jadal surʼatlarda, uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarning borishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tuman boʻlimi mutaxassislari va inspektorlari tomonidan kunlik qatʼiy nazoratga olingan.

Aytish joizki, joriy yilda tumandagi mavjud 335 ta fermer xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi subʼektlari tomonidan jami 13 ming gektar unumdor yer maydoniga chigit ekilishi rejalashtirilgan. Eʼtiborga molik va muhim jihati shundaki, ushbu maydonlarning 6230 gektarida serhosil xorijiy navli chigitlar, qolgan 6770 gektarida esa oʻzimizning mahalliy iqlim sharoitlariga moslashgan, sinalgan mahalliy gʻoʻza navlari ekilishi moʻljallangan. Xorijiy va mahalliy navlarning bunday mutanosiblikda tanlanishi va uygʻunlikdagi ilmiy yondashuv kelgusida hosilning ham sifat, ham hajm jihatidan keskin oshishiga, tolaning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini taʼminlashga xizmat qilishi kutilmoqda. Zamonaviy texnika va texnologiyalarning dalalarga kirib kelishi esa dehqonlarning ogʻirini yengil qilish bilan birga, ish unumdorligini karrasiga oshirmoqda.

Qilichboy ovuli hududidagi “Shirin buloq” fermer xoʻjaligida bu yilgi mavsumda 20 gektar yer maydoniga chigit qadash rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda xoʻjalik dalalarida eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy texnika va agregatlar yordamida, shuningdek, inson omili kamaytirilgan holda, yaʼni avto boshqaruv tizimi asosida chigit ekish ishlari muvaffaqiyatli olib borilmoqda.

Xuddi shunday ilgʻor tajribani Oʻrta Qala ovuli hududida faoliyat yuritayotgan “Ermanov Oʻrazboy” fermer xoʻjaligi misolida ham kuzatish mumkin. Mazkur xoʻjalikning 54 gektar yer maydoniga chigit ekish rejalashtirilgan boʻlib, bu yerda ham ishlar toʻliq zamonaviy texnikalar va yuqori aniqlikda ishlaydigan avto boshqaruv tizimidagi agregatlar yordamida amalga oshirilmoqda. Ushbu smart-texnologiyalar urugʻning bir tekisda, belgilangan chuqurlik va masofada qadalishini taʼminlab, kelgusida nihollarning bir tekis unib chiqishiga zamin yaratadi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, ushbu oʻta masʼuliyatli va tigʻiz mavsum oldidan tumandagi barcha qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari toʻliq koʻrikdan oʻtkazilib, shay va tayyor holatga keltirilgan. Jarayonda jami 150 ta seyalka uzluksiz ishlamoqda. Ularning tarkibida zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan, koʻp funktsiyali Shinjon usulidagi 34 ta seyalka, 8 ta qoʻsh qatorli, 30 ta yakka qatorli seyalkalar mavjud. 78 ta eski rusumdagi seyalkalar esa bugungi talablar darajasida modernizatsiya qilingan. Hozirda ushbu barcha texnika va agregatlar soz holatda ishga tushirilgan boʻlib, chigit ekish kampaniyasida faol ishtirok etmoqda. Texnikalarning uzluksiz ishlashi esa masʼuliyatli pallada vaqtdan unumli foydalanish va namlikni qochirmasdan urugʻ qadashga imkoniyatini yaratadi.

Albatta, har bir qadalgan urugʻdan moʻl hosil olish koʻp jihatdan agrotexnik qoidalarga qanchalik toʻgʻri amal qilinishiga bogʻliq. Shu boisdan ham, tumanda chigit ekish ishlarining har bir bosqichi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi xodimlari tomonidan tizimli va qatʼiy nazorat qilib borilmoqda. Ularning saʼy-harakatlari natijasida barcha agrotexnik tadbirlar, yerni tayyorlashdan tortib chigitni yerga qadashgacha boʻlgan jarayonlar belgilangan qatʼiy talab va meʼyorlarga toʻliq rioya etilgan holda, eng yuqori sifat darajasida amalga oshirilmoqda.

Ushbu jarayonlarda fidokorona mehnat qilayotgan dehqonlar va mutaxassislarning maqsadi bitta, u ham boʻlsa el dasturxoni toʻkinligi va mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshishdir. Shunday ekan, dalalarimizda tunu kun ter toʻkayotgan barcha fermer xoʻjaliklari aʼzolariga va agrar sohada mehnat qilayotgan fidoyi yurtdoshlarimizga ushbu masʼuliyatli mavsumda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019