16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:32
Siyosat 👁 322

Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar muvofiqlashtiruvchi Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman prokurori Bahrom Masharipov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxammetali Xoʻjamuratov hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Taʼkidlash joizki, yigʻilishda joriy yilning birinchi yarmida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda kuzatilayotgan muammolar va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Tuman Prokurori – Muvofiqlashtiruvchi Kengashi raisi Bahrom Masharipov oʻz maʼruzasida  hisobot davrida 100 ga yaqin nazorat tadbirlari oʻtkazilib, 789 ta qonunbuzilish holati aniqlangani, ular boʻyicha 133 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilganini maʼlum qildi.

Shuningdek, 400 ga yaqin murojaatning 78 foizi prokuratura organlarida koʻrib chiqilgani, 200 dan ziyod sayyor qabullar tashkil etilgani va aholini xabardor qilish maqsadida 200 dan ortiq huquqiy-targʻibot tadbirlari oʻtkazilgani qayd etildi.

Prokuratura organlari tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlarining kelib chiqishiga, asosan idora va tashkilotlar rahbarlari, masʼul shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada bilmasligi, kasbiga sadoqat ruhi shakllanmagani, ishlar toʻgʻri tashkil etilmagani, sohadagi tizimli xato va kamchiliklarni, mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish borasida shaxsiy tashabbus yoʻqligi sabab qilib koʻrsatildi.

Bundan tashqari, xizmat vazifasiga yuzaki va masʼuliyatsizlik bilan qarab, qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi lozimligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha masʼullarning tushuntirishlari va hisobotlari tinglandi.

Yigʻilish soʻngida Kengash Qarori bilan, hududda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hokimlik, idora va tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi  va  bu borada yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar atroflicha muhokama etildi.

“Mahalla yettiliklari”ga mazkur Qaror talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Amudaryo tuman Prokuraturasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019