16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 327

Amudaryolik ilgʻor fermerlar mehnati samarasi hosildor dalalarda namoyon

Amudaryolik ilgʻor fermerlar mehnati samarasi hosildor dalalarda namoyon

Bugun yurtimizda qishloq xoʻjaligi sohasida tub oʻzgarishlar, yangilanishlar, modernizatsiya jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan yaratilayotgan keng koʻlamli imkoniyatlar esa tom maʼnoda mehnatkash dehqon va fermerlar faoliyatida oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Amudaryo tumanida ham bu islohotlar amalda oʻz aksini topmoqda. Ayniqsa, tumandagi ilgʻor fermer xoʻjaliklarining izchil harakati, innovatsiyalarga asoslangan yondashuvlari tumanda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlamoqda.

Namuna mahallasida joylashgan “Murodbek Zebo” fermer xoʻjaligi bugungi kunda nafaqat Amudaryo tumani, balki butun viloyat boʻyicha eng namunali xoʻjaliklardan biri sifatida tanilgan. 2015-yilda asos solingan ushbu xoʻjalik rahbari Mansur Eshchanov oʻzining fidokorona mehnati, puxta bilim va tajribasi, eng muhimi, davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishi orqali yuksak natijalarga erishib kelmoqda.

Fermer xoʻjaligi tasarrufidagi 65 gektar ekin maydonining bugungi kundagi holati har qanday eʼtirofga loyiq. 2025-yilgi mavsum uchun bu yerlarning 35 gektariga paxta, 11 gektariga esa gʻalla ekilgan. Qizigʻi shundaki, agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda, zamonaviy usullarda amalga oshirilganligi sababli, hosildorlik ham yuqori darajada taʼminlanmoqda. Jumladan, gʻalla maydonlaridan 70-80 tsentnergacha hosil olinishi bu sohadagi fidokorlik va oʻz ishiga sadoqatli yondashuv natijasidir.

Ahamiyatlisi shundaki, joriy yil boshida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholining farovon turmushini taʼminlash borasidagi 10-sonli Farmoni asosida xoʻjalikka qoʻshimcha 23 gektar yer maydoni ajratildi. Bu yerda mevali bogʻlar barpo etish, yirik hajmdagi muzlatkich qurish, mahsulotlarni eksport holatida saqlash infratuzilmasini yaratish rejalashtirilgan. Yer maydoni 49-yil muddatga ijaraga berilishi esa uzoq muddatli va barqaror rivojlanish kafolatidir. Bugun mazkur yerda 250 kilovattli quyosh panellari oʻrnatilmoqda. Bu esa fermer xoʻjaligining nafaqat hosildorlikka, balki “yashil energiya” tashabbusiga asoslangan zamonaviy texnologiyalarga ham alohida eʼtibor qaratayotganini koʻrsatadi.

Tosh yop ovulidagi “Bekmon Allaberganov” fermer xoʻjaligi esa tumandagi eng yirik va tajribali xoʻjaliklardan biri hisoblanadi. Xoʻjalik rahbari     Ilhomjon Polvonov nafaqat fermer, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Amudaryo tumani Fermerlar Kengashi raisi sifatida uzoq yillardan beri tumanning agrar taraqqiyotida faol ishtirok etib kelmoqda. Uning rahbarligidagi xoʻjalikda 110 gektar ekin maydoni mavjud boʻlib, unda paxta, gʻalla, dukkakli ekinlar, shuningdek, mevali daraxtlar yetishtirilmoqda.

Ushbu xoʻjalikda ham davlatimizning agrar sohadagi siyosati doirasida ajratilayotgan imkoniyatlar samarali qoʻllanilmoqda. Ayniqsa, 10 dan ortiq paxta navlarini parvarish qilish orqali har bir iqlim va tuproq sharoitiga mos navni topishga, eng yuqori hosildorlikni taʼminlashga erishilmoqda. Bundan tashqari, gʻalla yigʻib olinganidan soʻng boʻshagan yer maydonlariga mosh ekilib, ikki karra hosildorlik tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa fermerning yerga boʻlgan mehri, har qarich zaminga baraka keltirish maqsadini yaqqol namoyon etadi.

Qayd etish joizki, joriy yil boshida imzolangan muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholining farovon turmushini taʼminlash borasidagi yana bir alohida muhim farmoni bilan qishloq xoʻjaligi sohada ham qator yangi imkoniyatlar belgilab berildi. Xususan, ushbu farmon bilan 2025-2026-yillar davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi yengillashtiriladi, yaʼni, muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan ijara muddati 30-yildan 49-yilga uzaytirildi, 35 ming gektar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auktsion savdolariga chiqariladi.

Shuningdek, elektron onlayn auktsion savdolarida yer uchastkasining boshlangʻich narxi yer uchastkasi normativ qiymatining 20 foizi miqdorida, qayta foydalanishga kiritiladigan yer uchastkalarining boshlangʻich narxi normativ qiymatining 10 foizi miqdorida belgilanadi, yer uchastkasi narxini 10-yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Qolaversa, ushbu farmon bilan ijaraga beriladigan yer uchastkalari chetlarida, 20 sotixgacha oʻlchamda mulk huquqisiz yengil konstruktsiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qayta ishlash va qadoqlash obʼektlari, suv tejovchi texnologiyalar, suv saqlash hovuzlari, dala shiyponlari va texnika parklarini qurishga ruxsat berildi.

Taʼkidlash joizki, bugun ushbu imkoniyatlardan foydalangan yurtimiz dehqoni va fermeri oʻz mehnati, fidoyiligi va zamonaviy yondashuvi bilan yurt taraqqiyotiga, milliy iqtisodiyotimizning mustahkam poydevoriga aylanmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019