16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:19
Siyosat 👁 740

“Biz korruptsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi doirasida Qilichboy OFYda davra suhbati tashkil etildi

“Biz korruptsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi doirasida Qilichboy OFYda davra suhbati tashkil etildi

Korruptsiyaga qarshi kurashish — faqat davlat idoralarining emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Mamlakatimizda mazkur illatning oldini olish, aholi oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Biz korruptsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi doirasida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tashabbusi bilan joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Shu kabi tadbirlardan biri yaqinda Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida boʻlib oʻtdi. Unda huquqshunoslar, jamoatchilik faollari va mahalliy aholi vakillari ishtirokida jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xonimjon Rajabova, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Davron Pirmonov, Qilichboy OFY raisining Nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi Amina Yusupova, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva, loyiha koordinatorlari, mahalliy aholi vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida loyiha koordinatorlaridan biri, jurnalist Shohzod Qurbonboyev “Biz korruptsiyaga qarshimiz!” loyihasining maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalari, aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan yondashuvlar haqida ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva soʻzga chiqib, korruptsiyaning tarixiy ildizlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, manfaatlar toʻqnashuvi, urugʻ-aymoqchilik, firibgarlik va poraxoʻrlik kabi illatlarning kelib chiqish sabablari toʻgʻrisida hayotiy misollar orqali keng tushuncha berdi. Shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashishning eng samarali yoʻli — jamiyat aʼzolari ongida huquqiy immunitetni shakllantirish lozimligi alohida taʼkidlandi.

Muloqot davomida “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Davron Pirmonov soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, davlat va jamiyat qurilishida korruptsiyaviy omillarga chek qoʻyish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.

Shuningdek, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunlar qabul qilinib, bu borada davlat siyosati yoʻnalishlari aniq belgilab olinganini taʼkidlab,  tadbir ishtirokchilariga korruptsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar, poraxoʻrlik va manfaatlar toʻqnashuvining huquqiy tavsifi hamda ularning oldini olish boʻyicha amaliy choralar haqida tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi faoliyati va aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar xususida ham ishtirokchilarga atroflicha maʼlumot taqdim etildi.

Uchrashuv davomida soʻzga chiqqan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xonimjon Rajabova korruptsiya jamiyat hayotidagi eng xatarli illatlardan biri ekanini taʼkidlar ekan, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatayotganini alohida qayd etdi.

Korruptsiya davlat organlariga nisbatan ishonchni susaytirib, jamiyatda adolat mezonlarining buzilishiga, imkoniyatlar tengsizligining yuzaga kelishiga, eng asosiysi esa fuqarolarda beqarorlik tuygʻularining kuchayishiga sabab boʻladi. Shuningdek, har qanday holatda ham jinoyat jazosiz qolmasligi, javobgarlikning muqarrarligi taʼkidlandi.

Tadbir yakunida Qilichboy OFY raisining Nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi Amina Yusupova va boshqalar soʻzga chiqib, shunday muhim va dolzarb mavzu yuzasidan oʻtkazilgan uchrashuv uchun tadbir tashkilotchilariga samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, bu kabi targʻibot tadbirlarini muntazam oʻtkazish orqali aholining huquqiy ongi va fuqarolik masʼuliyatini oshirish, davlat xizmatchilari faoliyatining ochiq va shaffofligi taʼminlanishi taʼkidlandi.

Korruptsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazorati, huquqiy ong va fuqarolik masʼuliyatini oshirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois, bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar nafaqat huquqbuzarliklarning oldini olish, balki jamiyatda halollik, adolat va qonuniylik tamoyillarini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shohzod Qurbonboyev, loyiha koordinatori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019