16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:06
Jamiyat 👁 352

TEMIR YOʻL TRANSPORTI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN SOBIQ HAMKASBLAR UChRAShDILAR

TEMIR YOʻL TRANSPORTI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN SOBIQ HAMKASBLAR UChRAShDILAR

Oʻzbekistonda 2017-yildan beri avgust oyining birinchi yakshanbasi Temir yoʻl transporti xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ayni paytda mamlakatimizda zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan, aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini toʻliq taʼminlay oladigan yaxlit temir yoʻl tarmoqlari yetib bormagan bironta ham hudud yoʻq hisobi. Amudaryo tumanida ham 1968-1969-yillarda Jumurtov togʻ-kon hududida temir yoʻl tarmogʻi qurilib, Jumurtov stantsiyasi tashkil etilgan. Mazkur stantsiya 1985-yildan Urganch lokomotiv deposi tarkibida, 2000-yildan boshlab esa Jumurtov stantsiyasi Qoʻngʻirot lokomotiv deposi tarkibida faoliyat olib bordi. 2008-yilda Jumurtov stantsiyasi faoliyati tugatilib, mazkur stantsiyada ishlovchi xodimlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Qoraoʻzak stantsiyasida oʻz mehnat faoliyatlarini davom ettirishdi va aksariyat temir yoʻlchi xodimlar shu yerdan nafaqaga chiqdilar.

Joriy yilning 3-avgust sanasida Temir yoʻl transporti xodimlari kuni munosabati bilan oʻzlarining ilk kasbiy faoliyatlarini Jumurtov stantsiyasida ishlashdan boshlagan, 1970-yildan boshlab turli yillarda ushbu sohaga kirib kelgan va nafaqaga chiqqunlariga qadar temir yoʻl transporti sohasida mashinist vazifasida ishlagan, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan sobiq hamkasblar uchrashdilar.

Oʻz hayotlarining asosiy qismini temir yoʻl transporti sohasiga bagʻishlagan sobiq hamkasblar oʻzlari ishlagan davr bilan hozirgi zamon temir yoʻl transporti sohasi oʻrtasidagi keskin farq, sohadagi yangilanishlar va oʻzgarishlar, yuksak taraqqiyot haqida mamnuniyat bilan soʻz yuritdilar. Shu bilan birga oʻzlari ishlagan davr bilan bogʻliq xotiralarini esga oldilar.

Aytish joizki, Amudaryo ustidan oʻtuvchi temir yoʻl va avtomobil yoʻli qoʻshma koʻprigining foydalanishga topshirilishi xalqimiz uchun asr yangiligi boʻlishi bilan birga ushbu qurilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining har tomonlama ravnaq topishida juda katta ahamiyatga ega yirik loyiha boʻldi. 423 metr uzunlikdagi muhtasham koʻprik bilan birga Xorazm viloyatining Shovot va Qoraqalpogʻistonning Qoraoʻzak bekatlarini bogʻlovchi 85 kilometrlik temir yoʻl tarmogʻi, 3 ta zamonaviy qulayliklarga ega vokzal binolari barpo etilib, ushbu yoʻnalish boʻyicha temir yoʻl masofasi 180 kilometrga, yuk tashish tezligi 6 soatga qisqargani sobiq hamkasblarning ham eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Ayniqsa, Jumurtov stantsiyasining 2025-yildan boshlab faoliyati qayta tiklangani Qoraoʻzak konlari, Jumurtov togʻ-kon mahsulotlarini poyezdlarda tashish imkoniyatini yaratib, Orolboʻyi mintaqasidagi aholi va mintaqaga tashrif buyuruvchi turistlarga xizmat koʻrsatadigan avtomobil yoʻllarining sifatli saqlanishiga zamin yaratadi.

Xalqimiz bekorga “yoʻl mashaqqatini yoʻlchi biladi”, degan iborani yaratmagan. Sobiq hamkasblarning deyarli barchasi nafaqaga chiqqunlariga qadar mashaqqatli yoʻl azobini tortgan fidoyilar sifatida temir yoʻl transporti sohasining bugungi yosh mutaxassislariga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Bayramona uchrashuv davomida sobiq hamkasblar ushbu uchrashuvni tashkil etgan hamkasblari Oʻrolboy Rahimov va Oʻrinboy Eshchanovlarga chin dildan minnatdorchilik bildirdilar. Bayram bahona, oʻzlari faoliyat olib borgan sohaga oid yangiliklar, oʻzgarishlardan xabardor boʻlgan, fayzli dasturxon atrofida kasbiy faoliyatlari davomidagi xotiralarni yodga olib, samimiy suhbat qurgan doʻstlar davrasi uzoq davom etdi va qalblarga joʻshqin kayfiyat bagʻishladi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019