16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Adabiyot 👁 468

"TARAQQIYoT KOʻZGUSI" GAZETASI TAHRIRIYaTINING GRANT LOYIHASI DOIRASIDA OʻTKAZILGAN INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

"TARAQQIYoT KOʻZGUSI" GAZETASI TAHRIRIYaTINING GRANT LOYIHASI DOIRASIDA OʻTKAZILGAN INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

Korruptsiya — jamiyat farovonligining eng xavfli dushmani, davlat taraqqiyotiga toʻsiq boʻluvchi illatdir. Shaxsiy manfaatni koʻzlab pora berish yoki olish, boylik ortidan taʼmagirlik qilib, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, oʻzganing yoki davlat va jamoatchilikning mulkini egallash — bularning barchasi korruptsiyaning eng jirkanch koʻrinishlaridir.

Bugungi kunda korruptsiyaga qarshi kurashish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Jamiyatning barcha boʻgʻinlarida ushbu illatga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida adolat va poklik tuygʻusini mustahkamlash maqsadida keng qamrovli tadbirlar tashkil etilmoqda.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan “Biz korruptsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi ham ana shu illatga qarshi kurashishga qaratilgan. Loyiha doirasida huquqshunoslar, jamoat faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazilib, fuqarolar hamda yoshlar ongida korruptsiyaga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Grant loyihasi ish rejasiga muvofiq, joriy yil avgust oyining birinchi oʻn kunligida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda “Korruptsiyasiz jamiyat quramiz!” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda tuman umumtaʼlim maktablarining 5–11-sinflarida tahsil oluvchi 50 ga yaqin oʻquvchi ishtirok etdi. Ular oʻz insholarida korruptsiyasiz jamiyat haqidagi fikr va orzu-istaklarini ifoda etdilar.

Tanlovda “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaraklarida shugʻullanuvchi oʻquvchilar faol ishtirok etishdi. Tanlov eʼlon qilingach, toʻgarak rahbarlari tomonidan oʻquvchilarga korruptsiyaning jamiyatga zarari va unga qarshi davlat miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushunchalar berildi. Savol-javoblar orqali ularning bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Insho yozish jarayonida ishtirokchilarga oʻz fikrlarini erkin ifoda etish imkoniyati yaratildi, jarayon maktab pedagoglari tomonidan kuzatib borildi.

Maktab bosqichida “Mental arifmetika” va biologiya toʻgaraklari aʼzolari tomonidan yozilgan eng sara insholar tanlab olinib, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining hakamlar hayʼatiga taqdim etildi.

2025-yil 7-avgust kuni grant loyihasi koordinatorlari “Barkamol avlod” bolalar maktabida boʻlib, tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimini oʻtkazdilar. Ular maktab jamoasiga yosh avlod ongida korruptsiyaga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirish va iqtidorlarni rivojlantirish borasidagi ishlarida muvaffaqiyat tiladilar.

Tanlov natijalariga koʻra “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Mental arifmetika” toʻgaragi aʼzosi Javohir Maqsudov “Korruptsiyasiz jamiyat qurish borasidagi ilgʻor fikrlari uchun” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻringa loyiq deb topildi.

“Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha eng yaxshi targʻibotchi” yoʻnalishida esa 55-maktabning 5-sinf oʻquvchisi, “Barkamol avlod” toʻgaragi aʼzosi Oydinoy Ismoilova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ushbu yoʻnalishda “Mental arifmetika” toʻgaragi aʼzosi, 31-sonli maktab oʻquvchisi Temurbek Oʻrozmatovga esa 2-oʻrin nasib qildi.

“Korruptsiyaga qarshi kurashishda tengdoshlarini ruhlantiruvchi fikrlari uchun” nominatsiyasiga 38-sonli maktab oʻquvchisi, biologiya toʻgaragi aʼzosi Dinora Fayzullayeva va 40-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Hilola Shukurullayevalar sazovor boʻldilar.

Gʻoliblarga “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019