16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 329

Qishloq xoʻjaligi vaziri ishtirokida oʻtkazilgan respublika miqyosidagi sayyor qabulda fermerlar va klaster vakillarining muammolari joyida hal etildi

Qishloq xoʻjaligi vaziri ishtirokida oʻtkazilgan respublika miqyosidagi sayyor qabulda fermerlar va klaster vakillarining muammolari joyida hal etildi

Qishloq xoʻjaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega soha hisoblanadi. Ayniqsa, Qoraqalpogʻiston hududida bu yoʻnalish aholining barqaror daromad manbai, oziq-ovqat xavfsizligining kafolati hamdir. Shu bois, sohada samaradorlikni oshirish, fermer va dehqonlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini tezkorlik bilan hal etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelmoqda.

Shu maqsadda, joriy yil 12-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Amudaryo tumani Qilichboy ovuli hududidagi “Amirxon” fermer xoʻjaligi dala shiyponida muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirda janubiy hududlarda agrar sohada yechimini kutayotgan masalalarga amaliy yechim topish hamda vertikal boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, respublika boʻyicha barcha tuman hokimlarining soha boʻyicha oʻrinbosarlari, vazirlik tizimidagi tashkilot rahbarlari, sohaga aloqador mutasaddilar, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarishda faol boʻlgan fermerlar, dehqonlar va klaster rahbarlari ishtirok etdilar.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov oʻz nutqida soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga alohida toʻxtaldi. Jumladan, imtiyozli kreditlar ajratish, subsidiya tizimini takomillashtirish, yer ajratishdagi yangiliklar hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, yigʻilishda soʻzga chiqqan Shuhrat Teshayev respublikada qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar, kiritilayotgan yangiliklar va tizimdagi oʻzgarishlar haqida toʻxtaldi. U hududlarda zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, eksport salohiyatini oshirish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash hamda fermer xoʻjaliklari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni taʼkidladi. Shu bilan birga, dehqon va fermerlarning tashabbuslarini ragʻbatlantirish, ularga ilmiy asoslangan agrotexnik tavsiyalar yetkazish tizimini kuchaytirish boʻyicha qilinayotgan ishlarga eʼtibor qaratdi.

Yigʻilish doirasida tashkil etilgan sayyor qabul davomida fermer va klaster vakillari oʻz murojaatlari bilan chiqishdi. Yer ajratilishi, sugʻorish imkoniyatlarini kengaytirish, subsidiya va kredit masalalari, shuningdek, sohaga oid huquqiy masalalar boʻyicha kelib tushgan murojaatlar mutasaddilar ishtirokida joyida ijobiy hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan esa masʼullarga aniq muddatlar belgilangan topshiriqlar berildi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mazkur yigʻilish va sayyor qabul qishloq xoʻjaligida boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish, ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish va muammolarni joyida hal etish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi. Bu jarayon agrar sohani yanada rivojlantirish, faol fermerlarni qoʻllab-quvvatlash hamda tizimda oshkoralikni taʼminlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu kabi uchrashuvlar fermer va dehqonlarda ishonch, tashabbuskorlik hamda mehnatga yangicha yondashuv hissini mustahkamlaydi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019