16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:10
Sport 👁 555

MILLIY KURASh BOʻYIChA "GʻAYRATLI KEKSALAR" MUSOBAQASIDA GʻAYRATLI-ShIJOATLI NURONIYLAR BELLAShDILAR

MILLIY KURASh BOʻYIChA "GʻAYRATLI KEKSALAR" MUSOBAQASIDA GʻAYRATLI-ShIJOATLI NURONIYLAR BELLAShDILAR

Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 25-noyabrda qabul qilingan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qaror ijrosini taʼminlash, keksa avlod vakillarining bilim va tajribalaridan foydalangan holda oilalarni kambagʻallikdan chiqarish tizimini joriy etish hamda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish jarayoniga faol nuroniylarni jalb etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish va mahallalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tashkil etilayotgan piyoda yurish madaniyatini shakllantirish tadbirlari, nuroniylar oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazilayotgani keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, salomatliklarini mustahkamlash imkonini bermoqda.

Mazkur Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 14-avgust sanasida “Nuroniy” jamgʻarmasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan “Gʻayratli keksalar” shiori ostida sportning milliy kurash turi boʻyicha sogʻlom turmush tarzi targʻibotiga bagʻishlangan musobaqalar oʻtkazildi.

Keksa yoshdagi kishilarning ijtimoiy faolligini oshirish, salomatliklarini mustahkamlashga koʻmaklashish, ularning hamisha harakatchan, oʻziga eʼtiborli boʻlishlarini kundalik hayot tarziga aylantirishlariga yordam berish maqsadida tashkillashtirilgan sport musobaqalarida ikki xil yosh toifasidagi nuroniylar ishtirok etishib, oʻzlarining nechogʻli gʻayratli-shijoatli ekanliklarini amalda namoyon qildilar.

Amudaryo tumanining barcha ovul va mahallalarida istiqomat qiluvchi ushbu musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan sportsevar va gʻayratli-shijoatli nuroniylar musobaqani tashkillashtirish va oʻtkazish boʻyicha Nizom talablari bilan tanishtirildi. Shundan soʻng barcha ovul va mahallalardan 80 kilogramgacha va 80 kilogramdan yuqori vazn toifasidagi gʻayratli nuroniylar saralab olindi.

Musobaqa qiziqarli taassurotlarga boy, doʻstona va samimiy vaziyatda oʻtkazildi. Gʻoliblarni aniqlashda tajribali sport trenerlari jalb etilib, har bir ishtirokchining milliy kurash sporti qoidalariga qay tarzda amal qilishi, kurashish uslubi shaffoflik asosida baholab borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 80 kilogramgacha boʻlgan vazn toifasida Toʻlqin ovullik eng gʻayratli-shijoatli nuroniy Koʻklan Rahimov 1-oʻrinni egalladi. 2-oʻrin joʻshqin kayfiyatli va gʻayratli nuroniy Alisher Yuldashevga nasib etdi. Ushbu vazn toifasida Boyovul mahallasi polvoni, gʻayratli-shijoatli nuroniy Baxtiyor Eshimbetov 3-oʻrin sohibi boʻldi.

Eng qiziqarli va hayajonli daqiqalarga boy tarzda oʻtgan 80 kilogramdan yuqori vazn toifasidagi nuroniylar bellashuvida Xizr eli mahallasining gʻayratli-shijoatli nuroniy polvoni Qurbonboy Jumaniyozov 1-oʻrinni egalladi. Shuningdek, oʻziga xos kurash tushish uslubini namoyish etgan Xitoy ovulidan kelgan gʻayratli-shijoatli nuroniy Norboy Urozov musobaqa shohsupasining ikkinchi pogʻonasidan joy oldi. Oʻrta qalʼalik gʻayratli-shijoatli nuroniy polvon Davlatboy Eshniyozovga esa 3-oʻrin nasib etdi.

Musobaqada faxrli oʻrinlarni egallagan nuroniylar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Oʻz navbatida musobaqa ishtirokchilari mamlakatimizda keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va ularning salomatliklarini mustahkamlashga qaratilgan gʻamxoʻrlikdan minnatdor ekanliklarini izhor etishib, musobaqa tashkilotchilariga bundan keyin ham doimiy ravishda mana shunday sport tadbirlarini oʻtkazib turish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026