16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:54
Fan va taʼlim 👁 426

Pedagog kadrlar uchun amaliy-oʻquv seminari: unda oʻqituvchilarni majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha dolzarb masalalar muhokama etildi

Pedagog kadrlar uchun amaliy-oʻquv seminari: unda oʻqituvchilarni majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha dolzarb masalalar muhokama etildi

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevral kungi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash va uni amaliyotga tatbiq etish maqsadida umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari uchun amaliy-oʻquv seminari tashkil qilindi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlar bilim va malakalarini baholash shuʼbasi metodisti Bahodir Habibullayev, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish shuʼbasi boshligʻi Bayram Hamidullayev, Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, boʻlim metodisti Rayhon Yakubova, tumandagi 86 ta umumtaʼlim maktablari hamda 53 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirok etishdi.

Amaliy-oʻquv seminarini Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov ochdi va ishtirokchilarni amaliy-oʻquv seminarda oʻrganiladigan mavzular bilan batafsil tanishtirdi. Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlar bilim va malakalarini baholash shuʼbasi metodisti Bahodir Habibullayev "Bugungi globallashuv jarayonida pedagog kadrlarning bilim va salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarning ahamiyati" mavzusida maʼruza qildi.

U oʻz maʼruzasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi 130-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuncha va maʼlumotlar berdi.

Xususan, ushbu qaror nizomiga asosan 2025-yil 1-sentyabrga qadar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi hamda ularga amaldagi malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanishi borasidagi belgilangan talablar bilan tanishtirdi.

Qayd qilinganidek, oliy malaka toifasiga ega boʻlganidan soʻng ushbu toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek, pedagogik faoliyat boʻyicha 25-yil va undan koʻp ish stajiga ega, yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan, pensiya yoshiga toʻlgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

Bundan tashqari, pedagogik faoliyat boʻyicha 25-yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan pedagoglarga, yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan pedagoglarga, oliy malaka toifasiga ega boʻlganidan soʻng ushbu toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagoglarga nizom talablariga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifalari berilishi koʻzda tutilgan.

Bunda pedagoglar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtib, malaka toifasi oshirilgan taqdirda, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi boʻyicha sertifikatning amal qilish muddati davomida haq toʻlanadi.

Shuningdek, Bahodir Habibullayev 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan pedagoglar belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha yuqoridagi nizom talablaridan kelib chiqadigan vazifalar haqida ham amaliy-oʻquv seminar ishtirokchilariga zarur tavsiyalar berdi.

Amaliy-oʻquv seminari davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish shuʼbasi boshligʻi Bayram Hamidullayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 312-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi qarori mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar toʻgʻrisida maʼruza qildi.

Shundan soʻng seminar ishtirokchilari 2025-2026 oʻquv yili boshlanguniga qadar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozimligi xususidagi belgilangan talablar bilan tanishtirildi. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati taqdim etilib, bu borada keng tarzda tushunchalar berildi.

Har ikkala maʼruza amaliy-oʻquv seminar ishtirokchilari tomonidan qizgʻin muhokama etildi va munozara-bahslarga boy boʻldi. Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha savollar bilan murojaat qildilar. Ishtirokchilarning barcha savollariga soha masʼullari toʻliq javob berdilar.

Yangi oʻquv yili boshlanishi arafasida boʻlib oʻtgan mazkur amaliy-oʻquv seminari pedagog kadrlarining oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasini zamon talablari darajasida olib borishlari uchun birinchi galda oʻz bilim va malakalarini yanada takomilga yetkazishlari bugungi kunning eng dolzarb masalasi ekanligining amaldagi ifodasi boʻldi.

Robiya Yoʻldosheva tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026