16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:07
Jamiyat 👁 359

“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda

“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda

Hashar – asrlar davomida avloddan avlodga oʻtib kelayotgan umrboqiy anʼana, xalqimizga xos boʻlgan birdamlik, saxovat va fidoyilikning yorqin koʻrinishidir. Xalqimiz ayniqsa, bayramlar, toʻy-tomoshalar oldidan hamjihatlikda hasharlar tashkil qilib, hovli-joylari, koʻcha-guzarlar, ovul va mahallalar hamda shahar-u qishloqlarni obod qilishga odatlangan. 22-23-avgust kunlari butun mamlakatimiz boʻylab “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida oʻtkazilayotgan umumxalq xayriya hashari ham ushbu asriy anʼanalarning amaliy ifodasidir.

Mustaqillik bayrami oldidan tashkil qilingan umumxalq xayriya hashari Vazirlar Mahkamasining maxsus farmoyishi asosida oʻtkazilayotgan boʻlib, unda fuqarolar, korxona va tashkilotlar jamoalari faol ishtirok etmoqda.

Amudaryo tumanida ham umumxalq xayriya hashari keng koʻlamda oʻtkazilib, tuman aholisi va tashkilotlari bu ezgu ishda bir yoqadan bosh chiqarib qatnashmoqda. Ayniqsa, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari hasharda hammadan faol ishtirok etishmoqda. Sababi, toza va ozoda, saranjom va sarishta hovlida sanitariya holati, shu bilan birga bu yerda yashovchi odamlarning salomatligi ham aʼlo darajada boʻladi.

Hashar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar keng qamrov kasb etmoqda. Hasharchilar nafaqat koʻcha va hovlilarni tozalash, balki koʻp qavatli uylar atrofini, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarni tartibga keltirish, ariq va zovurlarni tozalash kabi ishlarda ham faollik koʻrsatmoqdalar. Bundan tashqari, daraxtlarni oqlash va butash ishlari ham amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ushbu tadbirning ijtimoiy jihati alohida eʼtiborga loyiq. Hashar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan keksalar va nogironligi boʻlgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga yordam berilmoqda. Bu esa jamiyatda mehr-oqibat tuygʻularini qaror toptirishda muhim vosita sanaladi.

Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi jamoasi ham hudud obodligiga oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar. Ularning bu ishtiroki aholi salomatligini muhofaza qilish bilan birga, ona Vatanimizga boʻlgan yuksak mehrlarini ham namoyish etadi.

Bu tadbirning muhim jihati shundaki, hashar jarayonida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu “Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori bilan qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Har bir fuqaro hasharda oʻz istagi bilan, ixtiyoriy asosda ishtirok etmoqda. Bu oʻz navbatida, tadbirning maʼnaviy qiymatini oshiradi, chunki insonlar oʻz yurti obodligi uchun chin yurakdan, ixlos bilan mehnat qilsa, natija ham shunga yarasha goʻzal boʻladi.

“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari – bu faqatgina tozalik va obodonlashtirish ishlaridan iborat emas. Bu tadbir xalqimizning maʼnaviy birdamligini, mehnatsevarligini va bir-biriga boʻlgan mehr-muruvvatini namoyon etadigan ulkan ijtimoiy-siyosiy tadbir boʻldi. Har bir sarflangan kuch, har bir terilgan chiqindi va oqlangan daraxt bizning kelajak avlodlarga toza, obod va fayzli Vatan qoldirishga boʻlgan intilishimizning amaliy isbotidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019