16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 339

Qishloq xoʻjaligi rivoji – barqaror kelajak garovi

Qishloq xoʻjaligi rivoji – barqaror kelajak garovi

Qishloq xoʻjaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda agrar sohada samaradorlikni oshirish, ilgʻor tajribalarni keng joriy etish, hosildorlikni koʻpaytirish va eng asosiysi, xalqimiz dasturxonini toʻkin qilish yoʻlida qilinayotgan ishlarning ahamiyati beqiyos. Shu maqsadda joylarda muntazam ravishda oʻtkazilayotgan seminar va amaliy uchrashuvlar fermerlar, mutaxassislar va masʼullar uchun katta maktab boʻlib xizmat qilmoqda.

Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, ilgʻor tajribalarni yanada ommalashtirish maqsadida 24-avgust kuni Amudaryo tumanida ham qator seminarlar tashkil etildi. Seminarlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, sohaga masʼul tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar va fermer xoʻjaliklari egalari faol ishtirok etdilar.

Dastlabki seminar Qangli ovuli hududidagi “Mangitova Aziza” fermer xoʻjaligida oʻtkazildi. Tadbirda 2026-yil hosili uchun gʻalla ekish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev soʻzga chiqib, gʻalla ekish jarayonida qoʻllanilishi lozim boʻlgan ilgʻor tajribalar, samarali agrotexnik tadbirlar hamda fermerlar oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, fermerlar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashib, yangi ekin uslublari, hosildorlikni oshirish va yer unumdorligini yaxshilash yoʻllari yuzasidan fikr-mulohaza yuritdilar.

Keyingi seminar Qipchoq paxta qabul qilish maskanida davom etdi. Unda yaqinlashib kelayotgan paxta yigʻim-terimi mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganildi. Yigʻilganlar barcha texnikalarning mavsumga toʻliq shayligi, kombayn va agregatlarning ishchi holatga keltirilgani bilan yaqindan tanishdilar. Bu yilgi paxta yigʻim-terimini oʻz vaqtida va sifatli yakunlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganini seminar ishtirokchilari amalda koʻrdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganidek, paxta yigʻim-terimi qishloq xoʻjaligi sohasidagi yilning eng masʼuliyatli davri biri sanaladi. Hosilni oʻz vaqtida, sifatli va betalafot yigʻib olishda tayyorgarlik jarayonlari, ayniqsa, texnikalarni toʻliq ishchi holatga keltirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki paxta yigʻim-terimida har bir daqiqa, har bir texnika unumli ishlashi hosilning taqdirini belgilaydi.

Shularni inobatga olgan holda tumanda mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrilib, barcha mavjud kombaynlar, traktorlar va boshqa yordamchi agregatlar toʻliq koʻzdan kechirildi, zarur ehtiyot qismlar almashtirildi hamda mexanik jihatdan shay holatga keltirildi. Bu esa kelgusi mavsumni betalofat oʻtkazish, hosilni qisqa fursatda yigʻishtirib olish imkonini beradi.

Shuni taʼkidlash joizki, texnika vositalarining shayligi nafaqat hosilni yoʻqotishsiz yigʻib olishga, balki mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va yakunda paxta sifatini yuqori darajada saqlab qolishga xizmat qiladi. Ayniqsa, mexanizatsiya darajasi yuqori boʻlgan hududlarda terim jarayonlari ancha yengil, samarali va tejamkor kechadi.

Seminarlarning keyingi manzili Choykoʻl ovuli hududidagi “Jayxun Choykoʻl” fermer xoʻjaligi boʻldi. Bu yerda 2025-yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida defoliatsiya qilish ishlariga alohida eʼtibor qaratildi. Paxta bargini toʻkish orqali hosilni tez pishirish va sifatli yigʻib olish, terim jarayonida mehnat samaradorligini oshirishda defoliatsiyaning ahamiyati alohida qayd etildi.

Oʻtkazilgan uchrashuvlar jarayonida fermerlar va mutaxassislar oʻzaro tajriba almashdilar, yangicha yondashuvlar boʻyicha maslahatlar berdilar. Eng muhimi, bunday seminarlar sohaga oid muammolarni joyida oʻrganish va tezkor hal qilish imkonini beradi. Bu esa, albatta, qishloq xoʻjaligi rivojida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Bugun yurtimizda qishloq xoʻjaligi sohasi oldiga qoʻyilgan maqsadlar ulkan. Hosildorlikni oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, ekologik toza mahsulot yetishtirish, eksport salohiyatini kuchaytirish – bularning barchasi xalqimiz farovon hayot kechirishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Oʻtkazilgan seminarlar esa bu maqsadlarga erishishda muhim vosita boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019