16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:56
Jamiyat 👁 293

Taniqli fotorassom Maxsetbay Xabibullayevning "Vatan yagona va muqaddasdir!" nomli fotokoʻrgazmasi ochildi

Taniqli fotorassom Maxsetbay Xabibullayevning "Vatan yagona va muqaddasdir!" nomli fotokoʻrgazmasi ochildi

Har yili 1-sentyabr sanasida nishonlanadigan mustaqillik kuni — bu shunchaki sana emas, balki xalqimizning asriy orzusi ushalgan kundir. Istiqlol sharofati bilan xalqimiz turmushida buyuk oʻzgarishlar roʻy bermoqda, shahar va qishloqlarimiz zamonaviy qiyofa kasb etib, yurtdoshlarimiz turmush tarzida har kuni ijobiy oʻzgarishlar, yangilanishlar boʻy koʻrsatmoqda.

Ushbu oʻzgarishlar, yangilanishlardan ijodkorlar yanada zavq va ilhom oladi. Shu ilhom sababli yaralgan shoirlarning sheʼrlarida, rangtasvir ustalarining sanʼat asarlarida, fotomuxbirlar olgan suratlarda oʻz yurtiga boʻlgan cheksiz muhabbat mujassam boʻladi.

Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha fotomuxbiri, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, "Vatan fidoyisi" va "Xalqlar doʻstligi" koʻkrak nishonlari sohibi, "Oltin qalam" XVII Milliy mukofoti uchun oʻtkazilgan xalqaro tanlovning "Eng yaxshi fotoreportaj" nominatsiyasi gʻolibi, taniqli fotorassom Maxsetbay Xabibullayev fotokoʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlangan "Vatan yagona va muqaddasdir!" nomli koʻrgazmadan muallifning mustaqillik yillarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida sodir boʻlgan yangilanishlar, shahar va qishloqlarimizdagi oʻzgarishlar, jamiyatimizda va xalq xoʻjaligining turli sohalarida amalga oshirilgan islohotlar hamda erishilgan yutuqlarni aks ettirgan 40 dan ortiq asari oʻrin olgan.

Fotoreportaj, fotoxabar, fotoocherk, fotoetyud kabi bir qator janrlarda olingan rasmlardan iborat ushbu koʻrgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad Prezidentimizning joriy yil 10-iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash, sana munosabati bilan madaniy bayram kechalarini oʻtkazish, ayniqsa keng jamoatchilikni, shu jumladan yoshlarni fidoyi ijodkor insonlarning Vatanga muhabbat tuygʻularini tarannum etuvchi asarlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Fotokoʻrgazmaning ochilish marosimida Oʻzbekiston rassomlar ijodiy uyushmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi Navroʻz Aytmuratov, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi, "Doʻstlik" ordeni sohibi Dovud Abibullayev, shuningdek, fotorassomning bir qator hamkasblari, qarindoshlari, shogirdlari va boshqalar soʻzga chiqib, ijodkorning jurnalistika va sanʼat sohalaridagi xizmatlari haqida toʻxtalib oʻtdilar.

Maxsetbay Xabibullayevning fotomateriallari Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining uza.uz saytida, "Yangi Oʻzbekiston", "Xalq soʻzi", "Ishonch", "Qishloq hayoti", shuningdek, mahalliy "Yerkin Qaraqalpaqstan", "Vesti Karakalpakistana", "Qoraqalpogʻiston tongi", "Qaraqalpaqstan jaslari" kabi respublika nashrlarida muntazam eʼlon qilib kelinmoqda.

Uning fotorassom sifatida bir qancha ijodiy ishlari Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalarda namoyish etilgan. 2020-yilda "Moʻynoq: kecha va bugun", "Oltin kuz", "Kumush qish" kabi onlayn fotokoʻrgazmalari hamda 2023-yil 15-oktyabrda "Xalqaro qishloq ayollari" kuniga bagʻishlangan "Qadri baland qishloq ayoli" nomli shaxsiy fotokoʻrgazmalari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, 2024-yil avgust oyida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga qarashli Toshkent Fotosuratlar uyida oʻtkazilgan "Moʻynoq: kecha, bugun, ertaga" nomli, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bagʻishlangan fotokoʻrgazmalardan ham ijodkorning bir qancha suratlari oʻrin olgan. Joriy yilda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ijodkorning "Hayot gultojisan, muqaddas ayol!" nomli fotokoʻrgazmasi ham keng jamoatchilikka taqdim etilgan edi.

Navbatdagi fotokoʻrgazmadan oʻrin olgan eng ajoyib fotosuratlar ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.  Tadbir soʻngida Nukus shahridagi 2-sonli madaniyat uyining isteʼdodli sozandalari tomonidan ijro etilgan joʻshqin qoʻshiq va milliy kuylar ham mehmonlarga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019