16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Fan va taʼlim 👁 249

Jasorat sinfi – Vatanga sadoqat maktabi

Jasorat sinfi – Vatanga sadoqat maktabi

Amudaryo tumani Xotira maydonida yurtimiz kelajagi, ertangi kunimiz bunyodkorlari boʻlgan yoshlar uchun muhim va esda qolarli tadbir – 56-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan jasorat sinfi oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida masʼul rahbarlar, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar hududiy rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Shundan soʻng oʻquvchilar birin-ketin vaʼda berish maydoniga chaqirildi.

Jasorat sinfi tashkil etilishidan maqsad – yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, taʼlim oluvchilarni “Temurbeklar maktabi” va “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi harbiy akademik litseylar hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun maqsadli tayyorlashdir. Bu sinfda tahsil olayotgan oʻquvchilar nafaqat nazariy bilim, balki dastlabki harbiy tayyorgarlik koʻnikmalarini ham egallab boradilar. Shuningdek, ularning ijodiy qobiliyatlari, jismoniy tayyorgarligi ham rivojlantiriladi.

Shu jihatdan qaraganda, jasorat sinfi yoshlarning nafaqat kelgusida harbiy xizmatga munosib boʻlishi, balki ularning mustahkam irodali, qatʼiyatli va intizomli inson boʻlib voyaga yetishida ham muhim oʻrin tutadi.

Tantanali marosimda soʻzga chiqqanlar oʻquvchilar va ularning ota-onalarini ushbu muhim voqea bilan samimiy tabrikladilar. Ular yoshlar zimmasiga yuklanayotgan masʼuliyatni yuksak qadrlab, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish har bir fuqaroning sharafli burchi ekanini taʼkidladilar.

Shuningdek, tadbir davomida tuman Sport maktabi shugʻullanuvchilari oʻz chiqishlari bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdilar. Yosh sportchilarning kuch-quvvat, epchillik va matonatni namoyish etgan chiqishlari tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.

Qayd etish joizki, ushbu jasorat sinflariga maktablarning 4-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. Jasorat sinflarida oʻqish muddati 7-yilni tashkil etadi. Ushbu sinflardagi oʻquvchilar soni 26 nafardan ortiq boʻlmasligi belgilangan.

Bugun yurtimizda yosh avlodni maʼnaviy barkamollik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jasorat sinflarining tashkil etilishi ham ana shu ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi boʻlib, ertangi kun egalari boʻlgan oʻgʻil-qizlarimiz uchun mustahkam poydevor vazifasini oʻtamoqda.

Zero, Vatan taqdiri, uning kelajagi yoshlarning bilimdonligi, matonati va sadoqatiga chambarchas bogʻliqdir. Tumanimizda oʻtkazilgan ushbu marosim esa navqiron avlod qalbida yurtga mehr, sadoqat va fidoyilik tuygʻularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019