16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Jamiyat 👁 251

“OʻZBEK ARSLONI” FILMI — QAHRAMONLIK VA JASORAT TARANNUMI

“OʻZBEK ARSLONI” FILMI — QAHRAMONLIK VA JASORAT TARANNUMI

Tarix sahifalarida shunday qahramonlar borki, ularning jasorati va matonati yillar oʻtsa-da, avlodlar xotirasida mangu yashaydi. Yaqinda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida aynan shunday mardlarning asl namunasi, fargʻonalik 2-jahon urushi qahramoni Mamadali Topivoldiyev hayotiga bagʻishlangan “Oʻzbek arsloni” filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Mazkur kartina tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu film xalqimizning mardlik, vatanparvarlik va jasorat kabi yuksak qadriyatlarini tarannum etuvchi, yosh avlodni milliy gʻurur va tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim ekran asari sifatida eʼtirof etilmoqda.

Mamadali Topivoldiyev 1919-yil 20-sentyabrda Rishton tumanidagi Pandigon qishlogʻida, mehnatkash dehqon oilasida dunyoga kelgan. Mamadali oʻzining ilk mehnat faoliyatini Rishton aloqa boʻlimida pochtalonlik vazifasidan boshlaydi. Biroq keyinchalik traktorchilik kasbiga mehr qoʻyib, maxsus kursda oʻqiydi. Uning tinch va mazmunli hayoti 1939-yilda harbiy xizmatga safarbar etilishi bilan butunlay oʻzgarib ketdi.

2-jahon urushi yillarida Mamadali Topivoldiyev oʻzining chinakam jasoratini namoyon etdi. Uning frontdagi harakatlari dushman uchun haqiqiy dahshatga aylandi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, u dushmanning jami 19 ta eshelonini portlatib yuborgan. Qoʻl jangida 76 nafar nemis askarini yer tishlatib, 1 nafar nemis generalini asirga olgan. Asosiy quroli pulemyot boʻlgan bu qahramonning qayd varaqasida 150 dan ortiq nemis askari va ofitserlarini qirib tashlagani, 180 nafarini asirga olgani, shuningdek 20 dan ortiq avtomashinani yoʻq qilgani tarixiy fakt sifatida keltirib oʻtilgan. Bunday ulkan talafotlardan gʻazablangan Gitler Topivoldiyevni tutgan nemis askarlariga 50 ming, ayrim manbalarga koʻra esa 25 ming reyxsmarka miqdorida pul mukofoti vaʼda qilgani ham uning fashistlar uchun naqadar katta xavf tugʻdirganini isbotlaydi.

Urush yakunlangach, 1945-yil 8-mayda xizmatdan ozod etilgan Mamadali maʼlum muddat Minsk shahrida Belorussiya Qishloq xoʻjaligi xalq komissarligida haydovchi boʻlib ishlaydi va soʻng oʻz qishlogʻiga qaytadi. Tinchlik davrida ham u tinim bilmadi. 1947-yil 16-fevralda Oʻzbekiston Oliy Sovetining 1-chaqiriq deputati etib saylandi. Faoliyati davomida 1946-yilda kolxoz raisi, keyinchalik tuman isteʼmolchilar uyushmasi boʻlimi rahbari, Rishton gidroelektr stantsiyasi rahbari, kolxoz raisi kabi lavozimlarda samarali faoliyat yuritadi.

Afsuski, 1969-yil 6-may kuni Mamadali Topivoldiyev oʻz ishxonasida nomaʼlum shaxslar tomonidan pichoqlanib, fojiali tarzda halok boʻladi. Biroq qahramonning yorqin xotirasi xalq qalbidan oʻchgani yoʻq. Koʻplab shahar va qishloqlarda uning haykallari oʻrnatilgan, koʻchalarga, maktablarga uning nomi berilgan. Shubhasiz, bu mard oʻzbek oʻgʻlonining jasorati kelajak avlodlar uchun vatanparvarlikning oliy namunasi boʻlib xizmat qiladi.

"Oʻzbek arsloni" filmining taqdimoti shunchaki madaniy tadbir boʻlib qolmasdan, balki tarixiy haqiqat va oʻlmas jasoratning katta ekranlardagi yorqin aksiga aylandi. Ushbu kinoasar orqali tomoshabinlar faqatgina oʻtmish voqealarini kuzatib qolmay, balki yurt ozodligi yoʻlida jonini fido qilishga tayyor boʻlgan botirlarimizning ichki kechinmalari, qatʼiyati va cheksiz vatanparvarligini oʻz yuraklaridan oʻtkazish imkoniga ega boʻldilar. Ekranda gavdalangan Mamadali Topivoldiyev obrazi har bir insonni bugungi musaffo osmon va tinchlikning qadriga yetishga, bu yoʻlda toʻlangan buyuk badallarni hech qachon unutmaslikka undaydigan kuchli maʼnaviy omil vazifasini oʻtaydi.

Mazkur film, ayniqsa, bugungi kunda safda turgan askarlar va harbiy xizmatchilar uchun tengsiz tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Harbiy libos kiyib, Vatan sarhadlarini qoʻriqlayotgan yosh oʻgʻlonlar ekrandagi "Osiyo arsloni"ning shijoati, sadoqati va yuksak irodasini koʻrar ekan, tomirlarida aynan shunday yengilmas qahramonlarning qoni oqayotganini teran his qiladilar. Film harbiy xizmatchilarda jangovar ruhni shakllantirish, kasbga boʻlgan sadoqatni mustahkamlash va Vatan himoyasidek muqaddas burchni sharaf bilan bajarishga undovchi beqiyos motivatsiya manbai boʻlib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019