16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Madaniyat 👁 321

Nukus shahridagi madaniyat markazlariga media tur tashkil etildi

Nukus shahridagi madaniyat markazlariga media tur tashkil etildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Nukus shahar Madaniyat boʻlimi hamda unga qarashli madaniyat markazlariga media tur tashkil etildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar hamda vazirlik masʼul xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuvni vazirning matbuot kotibi, axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi Gulmira Palvanova olib bordi. Media tur davomida markazlarning faoliyati va erishilgan natijalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Nukus shahrida aholiga madaniy xizmat koʻrsatayotgan 6 ta madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda bu muassasalarda jami 86 nafar xodim ishlamoqda. Xodimlarning malakali tarkibi markazlar faoliyatining samaradorligini taʼminlamoqda.

Yoshlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda markazlarda turli yoʻnalishlarda 17 ta toʻgarak tashkil etilgan boʻlib, ularga 233 nafar yoshlar va oʻsmirlar qatnashmoqda. Shuningdek, 11 ta havaskor xalq jamoasi faoliyat yuritib, 177 nafar ishtirokchini oʻz saflariga birlashtirgan. Jami 481 nafar havaskor yoshlar bu toʻgarak va jamoalarga aʼzo boʻlgan holda, madaniyat va sanʼat sirlarini oʻrganmoqda, oʻz isteʼdodlarini namoyish etmoqda. Drama, milliy qoʻshiq, estrada, bichish-tikish, milliy oʻyin, baxshichilik, sozandalik va rassomchilik kabi yoʻnalishlar yoshlar orasida katta qiziqish uygʻotmoqda.

Yil boshidan buyon shaharning barcha joylarida jami 288 ta madaniy tadbir oʻtkazildi. Xalq sayllari, bayram sanalari, yubiley kechalari va turli koʻngilochar tomoshalar orqali 55 mingdan ortiq aholiga madaniy xizmat koʻrsatildi. Buning oʻzi markazlarning jamoatchilik bilan olib borayotgan faol ishidan dalolat beradi. Shuningdek, 66 ta pullik madaniy tadbirlar tashkil etilib, salkam 40 million soʻm mablagʻ boʻlimning maxsus hisob raqamiga oʻtkazildi.

Shahar markazidagi 1-sonli madaniyat markazi 2015-yilda taʼmirlangan. 250-oʻrinli tomoshabinlar zaliga ega bu markazda 2 ta toʻgarak va 10 ta maxsus unvonlarga ega jamoalar faoliyat yuritmoqda. Bu markazga 177 nafardan ortiq ishtirokchi jalb etilgan.

2-sonli maxsus madaniyat markazi esa 2022-2023-yillarda "Ochiq byudjet" loyihasi doirasida 1 milliard 800 million soʻm mablagʻ evaziga rekonstruktsiya qilingan. 250-oʻrinli tomoshabinlar zaliga ega bu markazda 3 ta toʻgarak faoliyat yuritmoqda va 56 nafar ishtirokchini oʻz saflariga birlashtirgan. 3-sonli "Tamasha" madaniyat markazi 2020-yilda "Obod mahalla" dasturi doirasida joriy taʼmirlangan.

Markazlardan ayrimlari oʻz binolariga ega emasligi sababli boshqa muassasalarda joylashgan. Jumladan, 4-sonli "Amudaryo" madaniyat markazi koʻzi ojizlar kutubxonasida, 5-sonli "Jayxun" madaniyat markazi esa 20-sonli umumtaʼlim maktabida faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, 6-sonli "Doʻstlik" madaniyat markazi 4-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida joylashgan boʻlib, imo-ishorali qoʻshiqchilar, mohir qoʻllar va tasviriy sanʼat toʻgaraklariga jami 64 nafar ishtirokchilar qamrab olingan.

Bu markazlarning barchasidagi ijodiy va texnik jamoa oʻz hududidagi aholiga madaniy xizmat koʻrsatish, yoshlarni ijodiy faoliyatga jalb etish va milliy madaniyatimizni saqlash yoʻlida jonbozlik koʻrsatib, samarali mehnat qilishmoqda. Madaniyat markazlarida tashkil qilingan toʻgaraklarda esa hududning minglab yoshlari sanʼatga oshno boʻlib ulgʻaymoqda. Eng muhimi, ushbu markazlar tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan madaniy xizmatlar ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va maroqli hordiq chiqarishiga imkoniyat yaratmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019