16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:29
Qishloq xoʻjaligi 👁 433

Amudaryoda paxta yigʻim-terimi — uyushqoqlik va samaradorlik namunasi

Amudaryoda paxta yigʻim-terimi — uyushqoqlik va samaradorlik namunasi

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida paxta — nafaqat iqtisodiyotimizning tayanchi, balki xalqimiz mehnatsevarligi va fidoyiligini namoyon etuvchi ramzlardan biridir. Bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, Amudaryo tumanida ham paxta yigʻim-terim mavsumi uyushqoqlik va yuqori samaradorlik bilan olib borilmoqda.

Tumandagi fermer xoʻjaliklari dalalarida ish qizgʻin. Ayniqsa, zamonaviy paxta terish mashinalari terim jarayonida asosiy yordamchi boʻlib xizmat qilmoqda. Ulardan foydalanish tufayli dalalarda mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshib, paxta yigʻib olish jarayoni ancha tezlashmoqda.

Masalan, Bobur nomli ovuldagi “Sitmomut” fermer xoʻjaligi misolida aytadigan boʻlsak, 100 gektarlik paxta maydonida terim ishlari toʻliq texnika asosida tashkil etilgan. Natijada “Sulton” navli paxtadan gektariga 45–50 tsentnergacha hosil olinmoqda. Paxta terish mashinalari esa kuniga 20–25 tonnagacha paxta yigʻib-terib olish imkonini bermoqda.

Shu kabi, “Umid Azimxoʻja” fermer xoʻjaligi ham ilgʻor texnologiyalardan unumli foydalangan holda yuqori samaradorlikka erishmoqda. 65 gektarlik maydonda gektariga 55–60 tsentner hosil olinayotgani — zamonaviy texnikalar va samarali agrotexnik tadbirlarning yaqqol natijasidir.

Joriy yilda Amudaryo tumanida paxta terimiga jami 12 ta paxta terish mashinasi jalb qilingan boʻlib, ularning 10 tasi 2025-yil mavsumi uchun yangidan xarid qilingan texnikalardir. Bu esa davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, fermerlarga keng imkoniyatlar yaratish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.

Amudaryolik fermerlar bugun oʻz mehnatini zamon talablariga mos tarzda tashkil etib, yangi texnikalar yordamida nafaqat hosildorlikni oshirmoqda, balki oʻz tadbirkorligini ham yanada rivojlantirmoqda.

Paxta terimi — nafaqat daladagi ish, balki haqiqiy mehnat bayramidir. Tumanimizda aholining terim jarayonidagi faolligi buning yaqqol dalili boʻlib xizmat qilmoqda. “Abdulla” fermer xoʻjaligining 60 gektar maydonidagi hosil asosan qoʻl mehnati asosida yigʻib olinmoqda. Bu yerda terimchilarga barcha sharoitlar yaratilgan: issiq ovqatlar tashkil etilgan, terilgan paxtaning har kilogrammi uchun 2000 soʻmdan haq oʻz vaqtida toʻlab berilmoqda.

Mehnatkash terimchilar bundan mamnun holda, yuqori kayfiyat va shijoat bilan paxta terishmoqda. Ularning fidoyiligi va mehnatga boʻlgan mehr-muhabbati tufayli bu yilgi paxta xirmoni baland boʻlishiga ishonch katta.

Bugungi kunda Amudaryo dalalarida olib borilayotgan paxta yigʻim-terimi — texnika va mehnat uygʻunligining, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va xalqimizning fidoyiligini oʻzida mujassam etgan yorqin manzaradir. Hosildor dalalar, samarali texnikalar va fidoyi mehnatkashlar tufayli bu yilgi paxta mavsumi ham yuqori natijalar bilan yakunlanishi shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026