16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 318

Deputatlarning xalq bilan muloqoti: ijtimoiy muammolar hal qilinib, ilgʻor terimchilar ragʻbatlantirildi

Deputatlarning xalq bilan muloqoti: ijtimoiy muammolar hal qilinib, ilgʻor terimchilar ragʻbatlantirildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayni kunlarda Joʻqorgʻi Kenges va xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatlari joylarda saylovchilar bilan uchrashib, 2025-yilning 3-choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati haqida aholiga hisobot bermoqdalar.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining bir guruh deputatlari tomonidan ham Amudaryo tumanida shu kabi muloqotlar oʻtkazildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Ilhom Polvonov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Madamin Kazakov, Yaxshimurod Ahmedov va Ulugʻbek Abdurahmonovlar dastlab Doʻstlik mahallasida saylovchilari bilan uchrashdilar. Deputatlar oʻz nutqlarida Qoraqalpogʻistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning bugungi kunda xalqimiz hayotida tub oʻzgarishlarga sabab boʻlayotgani haqida toʻxtalib oʻtdilar. Ayniqsa, Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston uchun alohida qabul qilayotgan farmon va qarorlari hudud aholisining turmush sifatini yanada oshirish, shahar va qishloqlar, ovul va mahallalardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, bir soʻz bilan aytganda, xalq farovonligini taʼminlashda muhim omil boʻlayotganini qayd qildilar.

Uchrashuvda mahalla aholisi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish, yoʻllar infratuzilmasini yaxshilash kabi dolzarb masalalar boʻyicha deputatlarga murojaat qildilar. Murojaatlar oʻrganilib, ushbu masalalar boʻyicha tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborilishi maʼlum qilindi.

Arna boʻyi mahallasi hududidagi 57-sonli maktab binosida ham saylovchilar bilan muloqot boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda deputatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi tomonidan 2025-yilning oʻtgan toʻqqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida saylovchilarga hisobot berdilar.

Qayd qilinganidek, mahalliy Kengashlar tomonidan hududlarni har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi muammolarni hal qilish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini taʼminlash yoʻnalishlarida qator qarorlar qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda.

Uchrashuvda koʻtarilgan tabiiy gaz va ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq muammolar joyida hal etildi. Deputatlar hududiy gaz taʼminoti tashkiloti va tuman suv taʼminoti korxonasi rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilib, muammolarga zudlik bilan yechim topilishini taʼminladilar. Bu mahalliy aholining muammolariga eʼtiborning ifodasi va adolat tamoyilining amaldagi namoyonidir.

Uchrashuvlarning navbatdagi manzili paxta dalalari boʻldi. OʻzLiDePning bir guruh deputatlari paxta yigʻim-terimida faol ishtirok etayotgan terimchilar holidan xabar olish va ularni ragʻbatlantirish, shuningdek, fermerlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini oʻrganish maqsadida dalalarda boʻldilar.

Deputatlar dastlab Amudaryo tumanining Arna boʻyi mahallasi hududidagi "Ismoilov Eldorbek" fermer xoʻjaligi dalasida boʻldilar. Ushbu xoʻjalik paxtakorlari erta bahorda 49 gektar yerga chigit ekib, shu kungacha gektaridan 50 tsentnerdan ortiq hosil olgani, dalalarda hali ham "oq oltin" hosili moʻl ekani qishloq xoʻjaligidagi islohotlar natijasi ekani qayd etildi.

Dala boshida terimchilar bilan uchrashuvda soʻzga chiqqan deputatlar, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida alohida toʻxtalib oʻtdilar. Qayd qilinganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekistondagi qishloq xoʻjaligidagi islohotlar tufayli sohada katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Xususan, paxta va gʻalla yetishtirishda davlat buyurtmasining bekor qilinishi, yerning haqiqiy egasiga – fermerga mustaqil qaror qabul qilish imkoniyati berilishi, klaster tizimining joriy etilishi mahsulot yetishtirish hajmi va sifatini oshirdi. Subsidiyalar berish va irrigatsiya tizimlarini yaxshilashga qaratilgan choralar esa qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv yakunida ilgʻor terimchilarga deputatlar tomonidan sovgʻalar topshirildi. Qolaversa, Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi Ulugʻbek Abdurahmonov Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan alohida sovgʻalar taqdim etdi.

Tuman Madaniyat boʻlimining xushovoz xonandalari ijrosidagi shoʻx kuy-qoʻshiqlar paxtakorlarning tushlik paytida madaniy hordiq chiqarishlariga va maroqli dam olishlariga imkon yaratdi.

Shuningdek, deputat Ilhom Polvonov oʻz saylov okrugi hududidagi "Raximboyev Azizbek" fermer xoʻjaligi dalalarida ham boʻlib, terimchilar holidan xabar oldi va ularni ham sovgʻalar bilan ragʻbatlantirdi.

Deputat terimchilar bilan muloqotda paxtani qoʻlda terishning ahamiyatiga alohida urgʻu berdi. Qoʻlda terilgan paxta yuqori sifatli tolaga ega boʻlishi va bu terimchilar uchun muhim daromad manbai boʻlib xizmat qilishi alohida qayd qilindi. Qishloq joylarida yashovchi oilalar uchun paxta terimi mavsumida olingan daromadlar qoʻshimcha moddiy koʻmak boʻlib, ularning farovonligini oshirishga xizmat qilishi, bu esa oʻz navbatida, ishsizlikni qisqartirish va aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omil ekani taʼkidlandi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy maqsadi – tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, fermer xoʻjaliklariga har tomonlama qulay sharoit yaratish orqali xalqimiz farovonligini taʼmindir. Bu kabi uchrashuvlar esa deputatlarning saylovchilar bilan doimiy aloqada boʻlishi, ularning muammolarini tezkor hal etishi va oʻz faoliyati yuzasidan hisobdorligini taʼminlashi bilan ahamiyatlidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019