16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Siyosat 👁 721

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 14-sessiyasi haqida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 14-sessiyasi haqida axborot

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 14-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida deputatlar, hokim oʻrinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi – tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “17-Jumurtov” saylov okrugidan deputat Baxram Shermanovni tayinlash toʻgʻrisidagi taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Kun tartibdagi “Tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Faxriddin Yusupov hisobot berdi.

Hisobotda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan maqbullashtirilgan mablagʻlarni koʻp qavatli turar joylar hamda ijtimoiy soha binolarini 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumida doimiy ishlashga tayyorlash, shuningdek, ijtimoiy turar joylarni taʼmirlash xarajatlari uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga oʻtkazib berish toʻgʻrisidagi taklif ilgari surildi. Ushbu taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibidagi tuman hududida “Yashil bogʻ” tashkil etish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Baxodir Ernazarov hisobot berdi.

Hisobotda keltirilishicha, tegishli idora-tashkilotlar bilan hamkorlikda tumanning Xizr eli, Choykoʻl, Doʻstlik, Farovon, Kuyuk koʻpir ovul va mahallalari hududidan jami 20,07 gektar yer maydonlari “Yashil bogʻ” yaratish uchun tanlab olingan. Ushbu taklif ham bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiya majlisida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan tuman prokurori Bahrom Masharipov axborot berdi.

Axborotda prokuratura tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoyani roʻyobga chiqarish, hududda qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning yangi tizimi joriy qilindi. Oʻtgan 2024-yildagi 8 ta “qizil” toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va yangicha yondashuv asosida profilaktika ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida aniq tadbirlar, masʼul ijrochilar belgilandi va “yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi. Amalga oshirilgan samarali ishlar natijasida oʻtgan davr mobaynida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar “qizil” toifadan chiqarildi.

Sessiya kun tartibidan oʻrin olgan “Amudaryo tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Ruslon Narimbetov axborot berdi.

Axborotda keltirilishicha, Amudaryo tumani hokimining “Amudaryo tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, tumanda 33 ta muassasa, korxona va tashkilotlarda 77 ta ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish belgilangan.

Sessiya majlisida “Amudaryo tumani boʻyicha 2025-2026-yillar kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Baxtiyor Davekov hisobot berdi. Deputatlar tomonidan 2025-2026-yillar kuz-qish davri uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari, aholi va fermer xoʻjaliklarining suv olish limitlari tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar atroflicha muhokama qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi, savollarga javoblar berildi va fikr-mulohazalar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu bilan Xalq deputatlari tuman kengashining 14- sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019