16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:20
Fan va taʼlim 👁 409

“KELAJAK SOATI” DARS MAShGʻULOTI DOIRASIDA BOLAJONLAR YOʻL HARAKATI QOIDALARINI OʻRGANDILAR

“KELAJAK SOATI” DARS MAShGʻULOTI DOIRASIDA BOLAJONLAR YOʻL HARAKATI QOIDALARINI OʻRGANDILAR

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tarbiyalanuvchilar hamda oʻquvchi-yoshlarni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, psixologlar ish faoliyatini tizimli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 25-avgustdagi tegishli buyrugʻi taʼlim muassasalarida har haftaning dushanba kuni dars jadvalining birinchi soatida “Kelajak soati” darsi oʻqilishi belgilangan.

Ayni paytda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “milliytarbiya.uz” elektron platformasida joylashtirilgan kontentlardan foydalangan holda “Kelajak soati” darsi muvaffaqiyatli oʻtkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 3-noyabr sanasida Amudaryo tumanidagi 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida “Kelajak soati” dars jadvalidagi maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan “Yoʻl harakati qoidalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida Amudaryo tuman Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Begzod Qazaqov hamda 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari, mazkur tashkilot tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbati jarayonida pedagog-tarbiyachilar tomonidan bolalarga yoʻl harakati qoidalari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Shu bilan birga, yoʻl harakati qoidalariga amal qilish inson hayotini xavf-xatardan saqlashi, svetofor ranglarini bilish va ularga rioya qilish zarurligi, yoʻldan oʻtayotganda har doim diqqatli boʻlishi kerakligi xususida batafsil maʼlumotlar ham taqdim etildi.

Shuningdek, tadbirda Amudaryo tumani Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Begzod Qazaqov bolalarda yoʻl harakati qoidalari haqida boshlangʻich tushunchalar hosil qilish, yoʻlda oʻzini toʻgʻri tutish, xavfsizlikni saqlash koʻnikmalarini shakllantirish, yoʻl belgilari, svetofor va piyodalar yoʻlakchalarining ahamiyati xususida koʻrgazmali vositalar orqali keng va batafsil maʼlumotlar berdi.

4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tayyorlov guruhlarida maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun tashkil qilingan davra suhbati davomida tarbiyalanuvchilar svetoforning uch xil rangi — qizil, sariq, yashil rangli kiyimlarni kiyib, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini amalda namoyish qildilar.

Shundan soʻng tarbiyachi tomonidan “Sirli mehmon” tashrifi eʼlon qilinib, davraga Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi kirib keldi. Ushbu xodim tomonidan svetofor maketi yordamida savol-javob orqali bolajonlarning “Kelajak soati” darsidan olgan bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Bundan tashqari, davra suhbati davomida “Ranglarga qarab yur!” interaktiv oʻyini ham tashkillashtirildi. Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oʻyin davomida svetoforning rangini aytib turdi va bolalarning qizil rangda “qotib turish”, sariq, yashil rangida bolalarning tartibli, belgilangan qoidaga koʻra, oldinga sekin yugurish holatlarini kuzatib, ularning harakatlariga baho berdi. “Zebra yoʻlagida kim birinchi?” oʻyini ham tashkil etilib, bolalar yasama zebra chizigʻidan oʻtishni oʻrgandilar.

Shundan soʻng vizual kontentdan foydalangan holda video namoyish qilindi. Davra suhbati bolalarda keng va qiziqarli taassurot qoldirdi hamda bolajonlar davra suhbati yakunida “Sirli mehmon” — Yoʻl harakati xavfsizligi xodimiga rahmat aytdilar.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Kelajak soati” dars-mashgʻuloti doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar, albatta, jajji bolajonlarning yoʻl harakati qoidalarini juda yoshligidan puxta oʻrganishlarida muhim ahamiyat kasb etadi va bu boradagi taʼlimiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligiga erishish imkonini beradi.

Hulkar Babajanova, Amudaryo tumani MMTB bosh metodisti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019