16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:20
Jamiyat 👁 405

EL-YuRT TAShVIShIGA YeLKA TUTIB...

EL-YuRT TAShVIShIGA YeLKA TUTIB...

Mamlakatimizda Ijtimoiy himoya milliy agentligining mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgani kam taʼminlangan, yordamga muhtoj, nogironligi bor insonlarni qoʻllab-quvvatlab, ularning munosib turmush kechirishlarida muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Mahallalarda istiqomat qiladigan bu toifadagi insonlarning muammolari keys-menejment asosida, "mahalla yettiligi" va ijtimoiy xodim hamkorligida, uyma-uy kirib borish orqali oʻrganilib, ularga zarur yordamlar koʻrsatilayotgani ehtiyojmand va nogironligi bor yurtdoshlarimizning turmushini oʻnglab olishlarini taʼminlamoqda.

Aslida inson qadrini ulugʻlashga alohida eʼtibor bilan yondashilib, yangi jamiyat barpo etish borasida keng islohotlar amalga oshirilayotgan mamlakatimizda eng xayrli vazifalardan birini bugungi kunda mahallada kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bajarishmoqda. Chunki ularning saʼy-harakatlari bilan koʻplab insonlar turmushi izga tushib, hayotdan oʻz oʻrinlarini topishmoqda.

BEShTOM MAHALLASIDAGI IShLAR

Amudaryo tumanidagi Beshtom mahalla fuqarolar yigʻinida salkam 3500 nafar aholi istiqomat qiladi. "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining mahallada faoliyat olib boruvchi kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimi Umida Yusupovaning kundalik ish rejalari daftarida 673 xonadon tarkibidagi 872 ta oilaning moddiy-ijtimoiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan.

"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda uyma-uy kirib borib oʻrganishlar natijasida:

94 ta oila kam taʼminlangan, farzandlariga nafaqa oluvchi, turmush sharoitlari ogʻir, daromadlari past oilalar sifatida alohida tizimga olindi.

67 nafar nogironligi bor fuqaro bilan birma-bir uchrashib, ularning muammolari, shu bilan birga orzu-istaklari oʻrganildi.

Ilm olish istagida boʻlgan nogironligi bor bolaning uyda taʼlim olishi uchun sharoit yaratildi.

Jamiyatga faol aralashish orzusidagi yana bir fuqaroga nogironlar aravachasi olib berildi.

Qaddini tik tutib turishga qiynalayotgan fuqarolardan birining koʻkrak protezi bilan taʼminlanishiga koʻmaklashildi.

Bir necha yildan beri oʻz salomatligini mustahkamlash niyatida sanatoriylardan birida davolanishni orzu qilgan fuqarolarning orzulari ushalishiga yaqindan yordam koʻrsatib, yoʻllanmalar olib berildi.

"INSON QADRI UChUN" TAMOYILI AMALDA

"Inson qadri uchun" tamoyili asosida ish yuritishni oʻzining ham kasbiy, ham insoniylik burchi deb bilgan Umidaxon Yusupovaning faoliyatida moddiy yetishmovchilik tufayli qiyin vaziyatga tushib qolgan oilalarga qoʻl-qanot boʻlish, ularni ijtimoiy himoya xizmatlari bilan qamrab olish, himoya orderiga ega xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish, muammolarini tizimli hal etish borasidagi masalalar muhim oʻrin tutadi.

U ayni kunlarda kam taʼminlangan oilalarning kuz-qish mavsumida qiynalib qolmasliklari uchun:

Energiya manbalaridan belgilangan limitdan ortiq foydalangan isteʼmolchilar roʻyxatini shakllantirish va kommunal toʻlovlarga kompensatsiya olishlariga koʻmaklashish.

Moddiy ahvoli ogʻir boʻlgan oilalar farzandlarini qishgi issiq kiyim-kechak bilan taʼminlash choralarini koʻrish bilan mashgʻul.

Ana shu burch va masʼuliyat hissi bilan u har kuni beshtomliklarning xonadonlariga kirib boraveradi. Zero, el-yurt tashvishiga yelka tutib, ogʻirini yengil, mushkulini oson qilib yashash, inson qadr-qimmatini joyiga qoʻyish — milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizning asosidir.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019