16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:27
Jamiyat 👁 488

"Choykoʻl" suvni chuchuklashtirish stantsiyasining faoliyati oʻrganildi

"Choykoʻl" suvni chuchuklashtirish stantsiyasining faoliyati oʻrganildi

Aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash – ijtimoiy farovonlikning asosiy mezoni hamda xalq salomatligini saqlashning eng muhim omilidir. Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 2 million 29 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shundan 1 million 505 mingdan ortigʻi, yaʼni aholining 74,2 foizi markazlashgan ichimlik suvi tarmoqlari orqali toza suv bilan taʼminlangan. Shuningdek, hududda oqova suv xizmati bilan qamrab olish darajasi 5,4 foizni tashkil etadi. Bugungi kunda respublika boʻyicha ichimlik suv tarmoqlarining umumiy uzunligi 7 961 kilometrni, oqova suv tarmoqlarining uzunligi esa 223,2 kilometrni tashkil qilib, bu ulkan infratuzilma tunu kun aholi xizmatida.

Qoraqalpogʻiston aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimi asosan uchta yirik suv tozalash inshooti hamda mahalliy suv manbalariga asoslangan. Birinchi va eng yirik manba – bu sutkasiga 140 ming kub metr suv tozalash quvvatiga ega boʻlgan "Tuyamoʻyin" suv tozalash inshootidir. Ushbu strategik obʼekt Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan tumanlarga hamda Nukus shahriga umumiy uzunligi 356 kilometr boʻlgan magistral suv quvurlari orqali ichimlik suvi yetkazib beradi.

Ikkinchi yirik manba esa "Taxiatosh" suv tozalash inshootidir. Sutkalik quvvati 60 ming kub metr boʻlgan ushbu inshoot Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi tumanlar aholisiga jami uzunligi 197,6 km boʻlgan quvurlar orqali suv uzatadi.

Uchinchisi esa bevosita poytaxt aholisi uchun moʻljallangan "Nukus" suv tozalash inshootidir. Markaziy tarmoqlar yetib bormagan chekka hududlar, shahar va tuman markazlaridan olisdagi qishloq aholi punktlariga esa ochiq suv havzalari va yer osti suvi manbalaridan foydalanuvchi 308 ta lokal suv inshootlari xizmat koʻrsatadi.

Amudaryo tumanining "Choykoʻl" ovulida joylashgan "Choykoʻl" suvni chuchuklashtirish stantsiyasi ana shunday aholi uchun hayotiy muhim obʼektlardan biridir. 2019-yilda davlat dasturi asosida qurilgan mazkur inshoot yer ostidan olinadigan shoʻr suvni zamonaviy texnologiyalar yordamida tozalashga ixtisoslashgan boʻlib, soatiga 1 kub metr suv tozalash quvvatiga ega. Ushbu ixcham stantsiya ovuldagi 80 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan taʼminlab kelmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy inspektsiyasi masʼul xodimlari mazkur stantsiyada boʻlib, nazorat tadbirlarini oʻtkazdilar. Inspektsiyaning Ichimlik suvdan oqilona foydalanish va sotishni muvofiqlashtirish hamda oqova suv xizmatlaridan foydalanish boʻlimi mutaxassislari nafaqat suvning vaqtida berilishini, balki texnik jarayonlarning barcha bosqichlarini chuqur tahlil qildilar.

Oʻrganish davomida mutaxassislar tomonidan yer osti suvlari tarkibidagi tuz va zararli moddalarni ushlab qoluvchi maxsus membranalarning yaroqlilik muddati, ularning oʻz vaqtida yuvilishi va almashtirilishi jarayonlari tekshirildi. Mutaxassislar isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan suv namunalarining kimyoviy va bakteriologik tahlil natijalari qayd etilgan jurnallarni ham oʻrganib, suv sifatining davlat standartlariga muvofiqligini ham oʻrgandilar.

Inspektsiya tomonidan olib borilayotgan bunday oʻrganishlar chekka hududlardagi aholining ham sifatli suv isteʼmol qilish huquqini kafolatlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026