16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Jamiyat 👁 291

AMUDARYo IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABIDA "MARTABANG BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!" MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

AMUDARYo IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABIDA "MARTABANG BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!" MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Xalqimiz sevib nishonlaydigan bayram sanalari koʻp. Bunday sanalar insonlar qalbida tinchlik-osoyishtalikka shukronalik, oʻzaro mehr-oqibat, millatlararo totuvlik tuygʻularini yanada mustahkamlaydi, milliy oʻzlikni anglash, bobomeros maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat, vatanparvarlik hissi bilan yashashga undaydi. Ana shunday bayram sanalaridan biri shu kunlarda 1-dekabr — qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan oʻtkazilayotgan bayramona tadbirlar ham nafaqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, balki butun mamlakatimiz xalqlari uchun millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik bayrami sifatida umumtaʼlim maktablarida, davlat va jamoat tashkilotlarida, oliy taʼlim muassasalarida tantanali ravishda nishonlanmoqda.

Qoraqalpoq tili bu zaminda yashovchi har bir insonning faxr-u iftixori, millatidan qatʼiy nazar, oilalarda, taʼlim-tarbiya muassasalarida farzandlarimiz sevib oʻrganadigan, ushbu tilda muloqot qilishdan iftixor hissini tuyadigan jarangdor til sifatida qadrlidir. Shu bilan birga bu til xalqimizning koʻrki, ziynati, qoraqalpoq millatini dunyoga tanituvchi betakror koʻzgusidir.

Bu haqda Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib oʻtgan, qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bagʻishlangan “Martabang baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusidagi bayram tadbirida maktab oʻquvchi-yoshlari, ularning ustozlari iftixor bilan soʻz yuritdilar.

Tantanali bayram tadbirining avvalida mazkur maktab oʻquvchilari qoraqalpoq tilining tarixi, shakllanish jarayonlari va qardosh xalqlar orasidagi nufuzi xususida maʼruzalar oʻqidilar. Shuningdek, maktabning qoraqalpoq tili va adabiyot toʻgaragi aʼzolari qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodi namunalari, maqol va matallar asosida soʻz oʻyinlari tashkil etishib, qoraqalpoq mumtoz va hozirgi zamon adabiyotining taniqli namoyandalari ijodlariga mansub asarlardan parchalar va sheʼrlarni ifodali oʻqib berdilar.

Tadbirning adabiy qismi qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Unda maktabning badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari tomonidan kichik sahna koʻrinishlari namoyish etilib, unda qoraqalpoq tilining oʻziga xos jilvalari, soʻz boyligi, milliy-maʼnaviy jihatdan tarbiyaviy ahamiyati mahorat bilan ochib berildi. Sahna koʻrinishlari orqali halollik, toʻgʻrisoʻzlik, xalqparvarlik, ona Vatanga cheksiz mehr-muhabbat tuygʻulariga ustuvorlik berilgani tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor boʻldi.

“Martabang baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-musiqiy tadbirning musiqiy qismi barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Unda Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan maxsus tayyorlangan “Kuylarimga jarang bergan ona tilim!” deb nomlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Amudaryo tumanining iqtidorli sanʼatkorlari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan qoraqalpoq kuy va qoʻshiqlari, jozibador raqslari bayram tadbirining yanada joʻshqin taassurotlarga boy oʻtishini taʼminladi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019