16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Madaniyat 👁 257

QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI OʻQITUVChISI OLIMJON YuSUPOV ChOYKOʻLLIK YoShLAR UChUN MAHORAT DARSLARI TAShKIL ETDI

QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI OʻQITUVChISI OLIMJON YuSUPOV ChOYKOʻLLIK YoShLAR UChUN MAHORAT DARSLARI TAShKIL ETDI

Mamlakatimizda iqtidorli, bilimdon yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, intiluvchan, ijodkor yoshlarning alohida qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli koʻplab yosh iqtidor egalari shakllanib, ular orasidan badiiy hunarmandchilik, rassomlik yoʻnalishlari boʻyicha yetuk mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Bu borada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Sanʼatshunoslik kafedrasi ilmiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar alohida eʼtibor va eʼtirofga munosib.

Mazkur fakultet talabalari ishtirokidagi ilmiy-nazariy va amaliy mashgʻulotlar, Respublika tumanlaridagi iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan mahorat darslari izlanuvchan, ijodkor yoshlarni kashf etish imkonini bermoqda.

Yaqinda Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi tasarrufidagi Choykoʻl ovuli hududida joylashgan 36-sonli Amudaryo madaniyat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 405-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida universitetning Sanʼatshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Olimjon Yusupov rahbarligida mahorat darslari tashkil qilindi.

Tadbir jarayonida Sanʼatshunoslik fakultetining amaliy sanʼat (badiiy kulolchilik), tasviriy sanʼat va liboslar dizayni yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy ishlari boʻyicha koʻrgazmalar tashkil qilindi. Koʻrgazmalar bilan tanishgan choykoʻllik yoshlarga Olimjon Yusupov universitetning Sanʼatshunoslik fakulteti va uning bitiruvchilari erishayotgan yutuqlar, xususan, xalqaro miqyosdagi koʻrik-tanlovlardagi sovrindorlar, dizaynerlar va ularning muvaffaqiyatlari xususida batafsil maʼlumotlar berdi.

Shundan soʻng Olimjon Yusupov amaliy sanʼat, tasviriy sanʼat va liboslar dizayni yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan birgalikda choykoʻllik yoshlar uchun mahorat darslarini oʻtkazdi. Mahorat darslari davomida uchta asosiy yoʻnalish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etilib, har bir yoʻnalish yuzasidan yoshlardan tushgan savollarga javoblar berib borildi.

Amaliy dars-mashgʻulotlari badiiy kulolchilik, rassomlik va liboslar dizayni yoʻnalishlariga qiziquvchi yoshlarning zarur maʼlumot va tushunchalarga ega boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir davomida mahorat darslarida ishtirok etgan yoshlar uchun Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish qilindi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019